Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi
innovatsion
rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.
36
ABDUSHUKUROVA MAFTUNA
FARHOD QIZI,
“STARS International University”
21/2 guruh talabasi
farkhodovnamaftuna@gmail.com
ILMIY RAHBAR:
SAIDOVA MARHABO
HABIBULLO QIZI,
PhD, Dotsent “STARS International University”
o‘qituvchisi. saidovamarhabo1991@gmail.com
HUDUDIY BIZNES
RIVOJLANISHINING
ASOSIY TAMOYILLARI,
TASHKILIY-HUQUQIY
ASOSLARI VA JAHON
TAJRIBASI
Annotatsiya:
Ushbu maqola biznesning nazariy va amaliy jihatlari, uning O‘zbekiston
iqtisodiyotida rivojlanish yo‘llari va strategiyasini tanlash. O‘zbekistonda faoliyat yurita-
yotgan biznes subyektlari haqida, biznesning ulushlari va ular haqida ma’lumotlar yig‘ish,
biznesning rivojlanish istiqbollari, taqqoslash va pragnozlash ma’lumotlari taqdim etil-
gan.
Kalit so‘zlar:
Biznes, yakka tartibdagi tadbikorlik, kichik biznes, mikrorayon, kichik
kompaniya, korxona resurlari, o‘zgarish dinamikasi, raqobatbardoshlik, tovar aylanishi,
samaradorlik, pragnoz
KIRISH
Bugun insoniyat sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatish bilan birga, iqtisodiyotni ham
izdan chiqarib yuborgan koronavirus pandemiyasi yuqori sur’atlarda tarqalayot-
gan bir paytda, biznesni rivojlantirishning mavjud tamoyillariga muhim o‘zgarish-
larni kiritishni taqozo etmoqda. COVID-19 inqirozi iqtisodiyotni
raqamlashtirish ja-
rayonini yanada jadallashtirishi bilan birga, elektron hukumat va masofadan turib
biznes yuritishni ham tezlashtirdi. Bu esa yurtimizda biznes rivojlanish jarayonla-
rini chuqur tahlil qilish, amaliy yechimlarni ilmiy asoslangan va hayot tajribasidan
o‘tgan usullarni qo‘llashga olib keldi.
Shuningdek, biznesning rivojlanishi uchun
yangi qonun va qonun osti hujjatlari qabul qilindi va shu bilan birga xorijiy mamla-
katlar tajribasi o‘rganildi.
Hududiy biznesni rivojlantirish iqtisodiyotning o‘sish nuqtalaridan biri va band-
likni ta’minlashning katta manbaidir. Shu sababli, yurtimizda biznes rivojlanishi-
ning yangi bosqichiga o‘tish, biznes sub’ektlariga yanada
yaxshi shart-sharoitlar
yaratish maqsadida prezidentning farmon va qarorlari qabul qilinib, barcha zarur
sharoitlar yaratib berilmoqda.
Dunyoda rivojlangan, rivojlanayotgan va qoloq davlatlarda biznes rivoji ho-
latini solishtirish maqsadida, yurtimiz va boshqa davlatlardagi o‘xshashlik va
farqli tomonlarini ko‘rib chiqamiz.
https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp36-40
STARS
International University
37
O‘zbekiston Respublikamizda biznes sub’ektlarining tashkiliy asoslari korxona
va tashkilotlarning ishchilari soniga ko‘ra farqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Pre-
zidentining 1998-yil 9-apreldagi “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantiris-
hni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF–1987-sonli Farmoniga
muvofiq quyidagilar kichik tadbirkorlik
(biznes)
subyektlari hisoblanadi:
1. Yakka tadbirkorlar – yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati-
ni amalga oshiruvchi jismoniy shaxs
(yakka tartibdagi tadbirkor)
.
2. Mikrofirmalar – band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ishlab chiqarish
tarmoqlarida ko‘pi bilan 20 kishi, xizmat ko‘rsatish sohasida
va ishlab chiqarish
bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa tarmoqlarda ko‘pi bilan 10 kishi, ulgurji, chakana
savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlarida ko‘pi bilan 5 kishi bo‘lgan sub’ekt-
lardir.
3. Kichik korxonalar – qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yengil, oziq – ovqat va
qurilish materiallari sanoatlaridagi, band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni
ko‘pi bilan 200 kishi, yengil sanoat ishlab chiqarish (metalga
ishlov berish, yog‘o-
chsozlik kabilar) sohalarida 100 kishi, sanoat ishlab chiqarish (
mashinasozlik, me-
tallurgiya, yoqilg‘i – energetika, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qu rilish
kabilar
) sohalaridagi band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 50
kishi, fanda ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, savdo va umumiy ovqatlanish
hamda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan sohalarda band bo‘lgan
xodimlari-
ning o‘rtacha yillik soni 25 kishidan oshmaydigan subyektlar.