STARS International University
39
Shuni qayd etish lozimki, Respublikamizda xizmat ko‘rsatish sohasi eng og‘riqli
nuqtalarimizdan biri bo‘lib, aholiga xizmat ko‘rsatishning nisbatan sustligi, yashash
sharoitlarining bir muncha rivojlangan davlatlarga qaraganda sezilarli darajada
pastligi, yaqin 3-5 yillikda ko‘zga tashlandi. Hozirgi
pandemiya sharoiti esa ush-
bu sohaga talabni yanada oshirdi. Yurtimizda 2007-yilga kelib, bu soha rivojlana
boshladi va statistik ko‘rsatkichlarda 6202,7 mlrd. So‘mni tashkil etdi. 2020-yil na-
tijalari bilan solishtirganda, 2007-yilga nisbatan 16,6 marotaba oshgan. 2020-yil
natijalarida esa 112743,5 mlrd. so‘mni tashkil etmoqda. Bu esa iqtisodiyot ravnaqi
uchun ijobiy holat sanaladi.
Ta’kidlash kerakki, deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida biz-
nesni rivojlantirishga asosiy urg‘u berilib, taraqqiyotning asosiy omili sifatida qa-
ralmoqda. Biznes o‘zining bir qator xususiyatlari bilan iqtisodiyotda sezilarli o‘rin
egallashi, sog‘lom raqobat
muhitini vujudga keltirishi, talab va taklifga samarali
ta’sir ko‘rsatishi orqali muhim sektor ekanligini namoyon qilmoqda. AQSh
(Ame-
rika Qo‘shma Shtat)
larida XІX asrda qishloq xo‘jaligiga asoslangan kichik biznes
rivojlana boshlagan. Bunda asosiy kuch o‘z xaridorlarini shaxsan bilishlari va aynan
iste’molchiga nima zarurligini yaxshi anglashlari kerak edi. Shuning uchun ham,
kichik kompaniyalar milliy va xalqaro iqtisodiyotda asosiy
ishtirokchilarga aylan-
gan. Amerikada kichik biznes boshqaruvi
(Small Business Administration)
900 dan
ortiq kichik biznesni rivojlantirish markazlarini
(Small Business Development Cen-
ters)
boshqaradi hamda texnik va boshqaruv jihatidan ko‘maklashadi.
AQShda biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kichik biznes ishlari bo‘yicha Ad-
ministrasiya, Milliy ilmiy fond, tarmoq vazirliklari shug‘ullanadi. O‘z navbatida, biz-
nes korxonalari yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish darajasi o‘sishining va aho-
li bandligini ta’minlashning muhim manbai hisoblanadi. Quyida
AQSHda mavjud
bo‘lgan biznes korxonalarining turlari keltirilgan:
Kanada davlatida biznes rivojlantirishda asosiy urg‘u korxonalar holatini yaxshi-
lashga qaratilgan axborot ta’minotiga qaratilib, biznes subyektlari, asosan mahsu-
lot va xizmatlar sifatini 70%ga; ishdan qoniqish hissini 66%; ishlash muhitining si-
fatini 63%; samaradorlik 61%; raqobatbardoshlikni 50%; daromadlilikni 45%;
tovar
aylanishi 23%ga har yili yaxshilab borishlari lozim.
Kanadaning innovasiya, fan va iqtisodiy rivojlantirish vazirligi (ISED) biznes
sub’ektlarini maosh to‘lanuvchi ishchilar soniga ko‘ra aniqlaydi:
•
kichik biznesda 1 tadan 99 tagacha ishchiga maosh to‘lanadi;
•
o‘rta biznesda 100 tadan 499 tagacha ishchiga maosh to‘lanadi;
•
yirik biznesda 500 va undan ortiq ishchiga maosh to‘lanadi.
Shuningdek, 1 tadan 4 tagacha ishchilari bo‘lsa, mikrofirma sifatida qaraladi.
Yevropa davlatlari. Yillik biznes tuzilmasi statistikasi kichik va o‘rta biznes
sub’ektlarining tahlili uchun asosiy manba bo‘lib, uning standartlariga muvofiq tas-
hkilotlar soni, tovaroborot,
ishchilar soni, yaratilayotgan qiymat miqdori va boshqa
mezonlarga qarab guruhlarga ajratiladi. Deyarli barcha Yevropa davlatlarida 3-gu-
ruh, ya’ni ishchilar soniga ko‘ra biznes sub’ektlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
•
mikrofirmalar: ishchilar soni 10 tadan ko‘p bo‘lmagan;
•
kichik korxonalar: ishchilari soni 10 tadan 49tagacha bo‘lgan;
•
o‘rta biznes korxonalari: ishchilari soni 50 tadan 249 tagacha bo‘lgan;
•
kichik va o‘rta biznes korxonalari: ishchilari soni 1 tadan 249 tagacha bo‘lgan;
•
yirik korxonalar: ishchilari soni 250 va undan ortiq bo‘lgan korxonalardir.
Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion
rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.
40
2021-yil 28-yanvardagi ma’lumotlarga qaraganda, Evropa davlatlaridan biri
bo‘lgan Italiya davlatida 2020-yilda 6mln. dan ortiq biznes korxonalari ro‘yxatdan
o‘tgan. Yakka tartibdagi korxonalar eng katta segmentga ega bo‘lib, 3131611 tani,
ustav kapitali bo‘lgan kompaniyalar 1791853 tani, sherikchilik
asosidagi korxonalar
945236 ta va boshqa shakldagi korxonalar 209 331 tani tashkil etgan.
XULOSA
Demak Italiya davlatida ham ko‘plab davlatlar kabi yakka tartibdagi tadbirkorlik
sub’ektlari faoliyati kengaymoqda. Rossiya Federasiyasi 1980-yillar oxirida Rossi-
yada biznes tushunchasi rasmiy tarzda paydo bo‘lib, biznesni rivojlantirish maqsa-
dida davlat korxonalarini xususiylashtirish boshlangan.
O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil 1-iyul holatiga kichik tadbirkorlik subyekt-
larining soni har 1000 aholiga 13,9 birlikni tashkil qildi. Kichik tadbirkorlik subyekt-
larining soni har 1000 aholiga hududlar kesimida eng ko‘p Toshkent shahrida –
34,4
birlikni, Navoiy viloyatida – 20,7 birlikni va Sirdaryo viloyatida – 16,2 birlikni
tashkil qildi.