Ilmiy rahbar: saidova marhabo habibullo qizi




Download 145,85 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana25.05.2024
Hajmi145,85 Kb.
#253302
1   2   3   4
Bog'liq
38 (1)

O‘rganilish darajasi:
O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkin-
ligining kafolatlari” to‘g‘risidagi qonunining 5-moddasida esa kichik tadbirkorlik 
sub’ektlari quyidagicha keltirilgan: 
• 
yakka tartibdagi tadbirkorlar; ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan 
xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 20 kishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi 
va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha 
yillik soni ko‘pi bilan 10 kishi, ulgurji va chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish 
tarmoqlaridagi band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 5 kishi 
bo‘lgan 
• 
mikrofirmalar: quyidagi tarmoqlardagi yengil va oziq-ovqat sanoatidagi, me-
tallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik, mebel sanoati hamda qurilish 
materiallari sanoatidagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 
100 kishi, mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qish-
loq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa 
sanoat, ishlab chiqarish sohalaridagi band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni 
ko‘pi bilan 50 kishi;
• 
fan: ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari 
(sug‘ur-
ta kompaniyalaridan tashqari)
, savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa no-
ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi 
bilan 25 kishi bo‘lgan kichik korxonalar.
• 
kichik tadbirkorlik: subyektlari xodimlarining o‘rtacha yillik soni qonun hujjatla-
rida belgilangan tartibda aniqlanadi. Bunda unitar (sho‘ba) korxonalarda, filiallarda 
va vakolatxonalarda ishlovchilarning soni ham hisobga olinadi.
Tadbirkorlik shakllarining umumiy klassifikatsiyasi iqtisod fanlari nomzodi 
N.C. Kasimovaning “O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlikni tashkil etish masalala-
ri” dissertasiya ishida keltirilgan. Shuningdek u tadbirkorlik mulk shakllariga ko‘ra 


Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion 
rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.
38
davlat, nodavlat, xususiy, aralash shakllarida namoyon bo‘ladi deya ta’kidlagan. 
Biznes subyektlariga taqdim etilayotgan imtiyozlar, preferentsiyalar va xo‘jalik yu-
ritishning qulay sharoitlarini ta’minlash, biznesni rivojlantirish uchun zarur resurs-
larga erishish mexanizmlarini takomillashtirish, qayta tayyorlash va ularning soha-
siga doir malaka va amaliy ko‘nikmalarini oshirish to‘g‘risidagi axborot ta’minoti va 
maslahat berishning yaxlit tizimini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Download 145,85 Kb.
1   2   3   4




Download 145,85 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilmiy rahbar: saidova marhabo habibullo qizi

Download 145,85 Kb.
Pdf ko'rish