TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI O‘RMON XO‘JALIGI VA LANDSHAFT DIZAYN FAKULTETI “DORIVOR O‘SIMLIKLAR” KAFEDRASI




Download 1.85 Mb.
bet2/4
Sana27.08.2022
Hajmi1.85 Mb.
#25437
1   2   3   4
Bog'liq
ISI (Автосохраненный)
Tushuncha, O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a, ,,Ilk qadam’’ davlat dasturida haqida ma’lumot
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI O‘RMON XO‘JALIGI VA LANDSHAFT DIZAYN FAKULTETI “DORIVOR O‘SIMLIKLAR” KAFEDRASI
5A411101 – “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi” mutaxassisligi magistr talabasi Muydinov Rustamning Ilmiy ishlarini olib borishda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari bo‘yicha Ilmiy seminardagi ma’ruzasi
(08. 09. 2021)

Samarqand bo’znoch o’simligini hosinini yig’ish
Toshkent viloyati Parkent tumani So’qoq qishlog’i So’qoq gilosi MCHJ ning dorivor o’simliklar ekish maydonida tajriba sifatida ekib o’stirilayotgan Samarqand bo’znoch gul to’plamlari terib olindi. Samarqand bo’znoch gullari takribida flavanoidlar borligi va ularning miqdorini sifat reaksiyalari orqali aniqlab maxsulotning sifatini aniqlash maqsadida O’simlik moddalar kimyosi institutining laboratoriyasida keraklireaksiyalar olib borildi. Samarqand bo’znochi gullari tarkibidagi flavanoidlar inson organizmiga ta’siri adabiyotlardan o’rgandim.
Samarqand bo’znochi — Helichrysum maracandicum Popov ex Kipr, Astradoshlar — Asteraceae ( Murakkabguldoshlar — Compositae) oilasiga kiradi. O’simlikning bo’yi 20–35 (75) sm, yog’ochlangan kaudeksi kuchsiz rivojlangan, poyasining soni 4 – 6 (10) ta egatchali, qattiqlashgan, qo’ng’ir, egri – bugri tuklar bilan birga bezli ruklr mavjud, ba’zan o’rgimchak tursimon tuklar bilan qoplangan bo’ladi. Barglari och – yashil yoki sariq qong’ir, o’rgimchal to’rsimon tuklar bilan qalin qoplangan. Gullari tuklar bilan qalin qoplangan, ba’zan bezli tuklar ham aralashgan, savatchalari bilan tutashgan bo’lib, ularga tenglashadi yoki kaltaroq. Savatchalari ko’p gulli (60 – 75), (6) 15 – 50 (100) tadan bo’lib, boshcha yoki murakkab qalqonsimon to’pgullarga o’rnashgan. Gullarining diametri 7 – 10 mm, yarimsharsimon, keng qo’ng’iroqsimon, kosachasimon, o’ramabarglari 5 qatorli, sariq – limon rangli, uzunchoq o’ramali, tashqi tomondagilari lensetsimon shaklli, ichki gulbargchalari uzunchoq kuraksimon qalin bezchali bo’ladi. Urug’larining uzunligi 0.5 – 0.8 mm, prizmatik, noaniq qovirg’ali, to’q qo’ng’ir rangda, oq bezchalar bilan qalin qoplangan. 1000 dona urug’ vazni 1- 1.5 gram keladi. Gullari iyun – avgust oylarida ochilib kech kuzgacha ochilib turadi va urug’lari sentyabrda yetiladi.
Tayyor maxsulot yakka yoki bir nechtasi bir bo’lgan savatcha (gulto’plami)dan tashkil topgan. Savatcha sharsimon bo’lib diametri 5 – 7 mm. Maxsulot kuchsiz o’ziga xos xid va o’tkir achchiq mazaga ega. Maxsulotda gullari ochilmagan (gullamasdan oldin yig’ilgan) yoki gullari tushib ketgan (gullab bo’lgandan so’ng yig’ilgan) savatchalar va uzun poyalar bo’lmasligi kerak. IX DF ga ko’ra tayyor maxsulot tarkibida flavonoidlar yig’indisining miqdori izossalipurpozid, gelixrizin bo’yicha hisoblaganda 5 % dan kam bo’masligi kerak.
So’qoq gilosida Samarqand bo’znochi o’simligidan tashqari yana bir qancha dorivor o’simliklar yetishtiriladi xususan:
Dorivor valeriana, dorivor limono’ti, oq karrak, tog’ piyozi, qalampir yalpiz, arislonquyruq, qizil do’lana, qizil exinatsiya, ekma zafaron, tog’ jambil, dorivor romashka, achchiq shuvoq, dorivor mavrak, oddiy mavrak, itbutun na'matak va 70 dan ortiq dorivor o’simliklar bor.
Yetishtirilayotgan doviror o’simlikarning ichida turli guruhlarga mansub turlar aloxida – alohida qilib o’stirilishi kerak chunki bir biriga oziq va boshqa ta’sirlar natijasida sifatiga va biofaol moddasi buzilishiga olib kelishi mumkin. Misol uchun tarkibida alkaloid saqlovchi oddiy bangidevona os’imligi atrofida dorivor moychechak yetishtirladigan bo’lsa efir moyi ifloslanishga xattoki sifatsiz xon – ashyoga aylanishi mumkin.
Dorivor o’simliklarni yetishtirish bilan shug’ullanadaigan tashkilotlarga borib Samarqand bo’znoch o’simligining o’sishi va yetishtirishdagi yangiliklarni bilib oldim. Dorivor o’simliklarini yetishtirish va dastlabki qayta ishlash ishlarini to’g’ri tashkil qilish maxsulot sifatini va tannarxini oshishiga yaxshi omil hisoblanadi. Samarqand bo’znoch o’simligini yetishtirishda sug’orish rejimiga e’tibor qilish hosildorlikni 3-4 baravar oshishiga sabab bo’ladi.
O’simlikning yozda hosilini yig’ishda kunni hisobga olish kerak, chunki falavanoidlar va uchuvchan birikmalari bor bo’lgan dorivor o’simliklar erta tongdan yig’ishtirilsa tarkibidagi biofaol moddalar suv bilan tezda reaksiyaga kirishib tarkibi o’zgaradi. Shuning uchun o’simlik gullari kunning yarmida ya’ni soat 09:00-10:00 atroflarida olib bordim.


  1. Download 1.85 Mb.
1   2   3   4




Download 1.85 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI O‘RMON XO‘JALIGI VA LANDSHAFT DIZAYN FAKULTETI “DORIVOR O‘SIMLIKLAR” KAFEDRASI

Download 1.85 Mb.