• Adabiyotlar bilan ishlash.
  • rasm O’lmaso’t (Helichrysum Gaerth.) – Бессмертник turkumi




    Download 1.85 Mb.
    bet4/4
    Sana27.08.2022
    Hajmi1.85 Mb.
    #25437
    1   2   3   4
    Bog'liq
    ISI (Автосохраненный)
    Tushuncha, O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a, ,,Ilk qadam’’ davlat dasturida haqida ma’lumot
    2.rasm O’lmaso’t (Helichrysum Gaerth.) – Бессмертник turkumi
    TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI O‘RMON XO‘JALIGI VA LANDSHAFT DIZAYN FAKULTETI “DORIVOR O‘SIMLIKLAR” KAFEDRASI
    5A411101 – “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi” mutaxassisligi magistr talabasi Muydinov Rustamning Ilmiy ishlarini olib borishda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari bo‘yicha Ilmiy seminardagi ma’ruzasi
    (22. 09. 2021)

    Adabiyotlar bilan ishlash. Sobiq Ittifoqda farmakognoziya fanini ravnaq topishida A.F. Gammermanning (1888-1978 y.), P.S. Massagetov (1884-1972 y.), A.I. Orexov (1881-1932 y.), uning shogirdlari bo‘lmish akademiklar O.S. Sodiqov va S.Yu. Yunusovlar ham respublikamizda dorivor o‘simliklarni biokimyoviy o‘rganishga katta hissa qo‘shganlar. Akademik S.Yu. Yunusov va uning shogirdlari tomonidan respublikamiz florasidagi alkaloidli o‘simliklarning biokimyoviy tarkibi o‘rganildi va olimning sa’y harakatlari bilan 1956 yilda O‘simlik moddalari kimyosi instituti tashkil qilindi.
    O‘zbekiston florasidagi dorivor o‘simliklarni o‘rganishga farmasevt olimlar, professorlar S.S. Sahobiddinov va X.X. Xolmatov va ularning shogirdlari ham katta hissa qo‘shdilar.
    XX asrda sintetik kimyo jadal rivojlandi, sintez yo‘li bilan juda ko‘plab yangi, tez hamda kuchli ta’sir etuvchi dorivor moddalar yaratildi. Lekin ularni muntazam ravishda iste’mol qilish inson organizmi strukturasi va hayotiy funksiyalarini buzilishiga olib kelishi ma’lum bo‘ldi. Shuning uchun ham keyingi o‘n yilliklarda shifobaxsh o‘simliklarga qiziqish yana ortmoqda, chunki ular xom ashyosi asosida tayyorlangan dorivor vositalar vitaminlar, biologik faol birikmalar va mineral moddalar inson organizmiga juda samarali ta’sir etadi.
    Ma’lumki, dunyo miqyosida farmasevtika korxonalarida ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining taxminan 50 % dorivor o‘simliklar xom-ashyosidan tayyorlanmoqda. Ayniqsa yurak-qon tomir kasaliklarining davolashda va profilaktikasi uchun foydalaniladigan dorivor preparatlarning 77 %, jigar va oshqozon-ichak kasalliklarini profi-laktikasi va davolashda foydalaniladigan dorivor preparatlarning 74 %, balg‘am ko‘chiruvchi dorilarning 73 %, qon to‘xtatuvchi dorilarning 60 % dorivor o‘simliklar xom-ashyosi asosida ishlab chiqarilmoqda (Xolmatov X.X., Ahmedov O‘.A., 2007) .
    Hozirgi paytda MDH mamlakatlarida 20000 ga yaqin o‘simlik turlari o‘sadi, ularning 30 % O‘zekiston florasida uchraydi (Xolmatov X.X., Habibov., 1971).
    Respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan va biokimyoviy tarkibi o‘rganilgan 600 turga yaqin yovvoyi holda o‘sadigan dorivor o‘simliklar mavjuddir. Ularning aksariyati tog‘ o‘rmonlarida tarqalgan. Ushbu dorivor o‘simlik-larning 230 turining xom-ashyosi farmasevtika sanoati ehtiyojlari uchun tayyorlanadi, ko‘pchiligi madaniylashtirilgan holda yetishtiriladi va ularning xom-ashyosi asosida 254 xilga yaqin dorivor preparatlar tayyorla-nadi (Turova A.D., Sapojnikova E.N., 1982).
    Keyingi yillarda ko‘pchilik mamlakatlarda, shu jumladan, O‘zbekis-ton Respublikasida ham farmasevtika sanoatini jadallik bilan rivojlanishi kuzatilmoqda, shu sababli ham farmasevtika korxonalari-ning dorivor o‘simliklar xom-ashyosiga bo‘lgan talabni keskin ortishiga sabab bo‘lmoqda.
    Shuni ta’kidlash lozimki, tabiiy holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar zaxiralarining chegaralanganligi tufayli kelgusida farmasevtika sanoati korxonalarning dorivor o‘simliklar xom-ashyosiga bo‘lgan talabini qondirish, asosan, dorivor o‘simliklar yetishtirish orqali amalga oshirilishi mumkin.
    Mustaqillikning dastlabki yillaridan (1992 y.) O‘zbekiston Res-publikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan hozirgi vaqtda mamla-katimizda dorivor o‘simliklar yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi “Shifo-baxsh” IIChM tashkil etilib, uning tarkibida 8 ta ixtisoslashgan xo‘ja-liklar tashkil qilingan. Bundan tashqari ko‘plab o‘rmon xo‘jaligi tizimida, fermer va boshqa mulkchilik shaklidagi xo‘jaliklarda ham dorivor o‘simliklarni yetishtirish va ularni xom-ashyosini birlamchi qayta ishlash yo‘lga qo‘yilgan.
    Hozirgi paytda Respublikamizda yiliga o‘rtacha 850 tonna dorivor o‘simliklar xom-ashyosi tayyorlanmoqda, uning 51 % dorivor preparatlar ishlab chiqarish uchun, 42 % oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun va 7 % texnik xom-ashyo olish uchun ishlatiladi.



    Download 1.85 Mb.
    1   2   3   4




    Download 1.85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    rasm O’lmaso’t (Helichrysum Gaerth.) – Бессмертник turkumi

    Download 1.85 Mb.