• TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI O‘RMON XO‘JALIGI VA LANDSHAFT DIZAYN FAKULTETI “DORIVOR O‘SIMLIKLAR” KAFEDRASI
  • A dabiyotlar bilan ishlash.
  • 1.rasm ARM markazida mavjud dessertasiyalar bilan ishlash.
  • r asm Samarqand bo’znoch o’simligini gullari




    Download 1.85 Mb.
    bet3/4
    Sana27.08.2022
    Hajmi1.85 Mb.
    #25437
    1   2   3   4
    Bog'liq
    ISI (Автосохраненный)
    Tushuncha, O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a, ,,Ilk qadam’’ davlat dasturida haqida ma’lumot
    r asm Samarqand bo’znoch o’simligini gullari
    (flavanoid miqdori gul yaproqlari ochilmagan vaqtda ko’p to’planadi)







    2.rasm A) Turkiston arislonquyrug’i. B) Teshik dalachoy, C) Samarqand bo’znochi
    TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI O‘RMON XO‘JALIGI VA LANDSHAFT DIZAYN FAKULTETI “DORIVOR O‘SIMLIKLAR” KAFEDRASI
    5A411101 – “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi” mutaxassisligi magistr talabasi Muydinov Rustamning Ilmiy ishlarini olib borishda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari bo‘yicha Ilmiy seminardagi ma’ruzasi
    (15. 09. 2021)

    A dabiyotlar bilan ishlash. Helichrysum turkumining o’ziga xos xususiyatlaridan biri - turkum vakillari o’zining polimorfligi bilan alohida ajralib turadi. Helichrysum Mill. turkumi turlari rivojlanishiga organlarning hosil bo’lishi yoki rivojlanmasligi, novdaning o’sish xarakteri, yer ustki massasining rivojlanish darajasi, vegetativ va generativ novdalarning soni, o’simlikning balandligi va diametri o’rtasidagi mutanosibliklar kiradi. G.N. Visoskiy taklif qilgan klassifikasiyasiga ko’ra, Helichrysum turkumi turlari ko’p yillik, tik poyali chalabuta, polikarp, gemikriptofit o’simliklar hisoblanadi [8.9]
    1.rasm ARM markazida mavjud dessertasiyalar bilan ishlash.
    MDH va O’rta Osiyo mamlakatlarida Helichrysum turkumi turlarining tarkibi va tarqalishi borasida ayrim ma’lumotlar qayd etilgan. Xususan, MDH mamlakatlarida turkumning 16 turi qayd etilgan [11]
    Turkum vakillarining O’rta Osiyoda mamlakatlarida, xususan Qozog’iston florasida 2 turi (H.arenarium Moench, H.maracandicum Popov ex Kirp), Tojikistonda 3 turi (H.maracandicum Popov ex Kirp., H.mussae Nevski,
    H.thianschanicum Regel) [13; 290-294-b.], Qirg’izistonda 3 turi (H.maracandicum Popov ex Kirp., H.mussae Nevski, H.thianschanicum Regel), Turkmanistonda 3 turi (H.bracteatum Andr., H.kopetdagense Kirp., H.mussae Nevski) hamda
    O’zbekiston florasida 4 turi (H.arenarium Moench, H.maracandicum Popov ex Kirp., H.mussae Nevski, H.nuratavicum Krasch) qayd etilgan. Yuqorida keltirilgan turlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, H.mussae Nevski tarqalish areali nisbatan kengroq sanaladi. [5.7]
    O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti O’zbekiston Milliy gerbariysi (TASH) fondida saqlanayotgan gerbariy namunalari tanqidiy tahlil qilinganda, O’zbekiston hududidan H.maracandicum ilk gerbariy namunalari 1921 yilda N.A. Merkulovich va uning jamoa a’zolari L.K. Yelenov, R. Fayziyev, X. Yelenev, K.Z. Zokirov tomonidan Zarafshon daryosi o’rta qismi hududi atrofidan terilganligi aniqlandi.MDH mamlakatlari doirasida V.A. Cheremushkina , A.Yu. Astashenkov , A.A. Mokin , V.M. Parxomenko , L.X. Txazaplijeva, Ye.B.
    Kolegova, T.V. Leonova, Ye.M. Oleynikova, I.N. Barsukova, Ye.S. Kazansevalar o’z tadqiqotlarini o’simliklar syenopopulyasiyalari holatini baholash bo’yicha olib borgan.[20]
    I.V. Borisova va I.G. Serebryakovlar dorivor o’simliklar jamoalarini mavsumiy xayotiy shakllarini kuzatishgan, Ye.I.Lisoves Poa angustifolia L. mavsumiy fitomassasining dinamikasini [51; 98-102-b.], A.S. Shamigulova, I.V.
    Suyundukov Orchis militaris L. ni syenopopulyasiya o’zgarishi dinamikasini, N.S. Lidjiyeva, S.S. Ulanova, K.V. Mashkovlar cho’ldagi o’simliklar jamoalarini mavsumiy o’zgarish dinamikasi bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan.
    E.Z. Mullabayev Janubiy Uralda Liliaceae va Iridaceae oilalariga mansub turlarning biologiyasi, syenopopulyasiyalarining tavsifi hamda yashash uchun qo’llaydigan taktika va strategiyalarini o’rganish bo’yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirgan.[18]
    MDX florasining boyligi (20 mingdan ortik o’simliklar turi), uning kuplab dorivor o’simliklarga ega bo’lgan keng changalzor territoriyasida va har-xil tumanlarning juda katta ahamiyatga alkaloid va yurak glikozidlar ega. Bizning mamlakatimizning meditsina amaliyotida 97 tabiiy birikma, ulardan 49 ‘alkaloidlar va 48 yurak glikozidlar qo’llanilmoqda. Fitoximik ishlab chikarish texnologiyasi anchagina murakkab, tez-tez ko’p bosqichli.
    H.maracandicum koʼp yillik hayotiy shaklga ega boʼlib, mahalliy aholi tomonidan turlicha nomlar bilan, xususan Samarqand oʼlmasoʼti yoki boʼznoch, Tojikistonda gʼozichoy yoki guli gʼozi, hamisha bahor deb nomlanadi. Mahalliy aholi bir necha asrlardan buyon oʼz ehtiyoji uchun mazkur oʼsimlikdan damlamalar sifatida foydalanib kelmoqda [16.17].
    H.maracandicum asosan togʼli Oʼrta Osiyo areal tipida tarqalgan boʼlib arealini iqlim xaritalari bilan solishtirganda shu narsa maʼlum boʼldiki, oʼlmasoʼt areali yoz oylari issiq va quruq, qish oylari sovuqroq, bahor va kuz oylari yogʼingarchilik qoʼproq kuzatiladigan mintaqalarga toʼgʼri keladi. Oʼlmasoʼt gemikriptofit, oʼq ildizli polikarp oʼsimlik hisoblanib, adir va togʼ mintaqalarida
    1000 metrdan 2500 metrgacha boʼlgan balandlikda uchraydi
    Аkademik S.Yu. Yunusov va uning shogirdlari tomonidan Respublikamiz florasidagi alkaloidli oʼsimliklarning biokimyoviy tarkibi oʼrganildi va olimning say xarakatlari bilan 1956 yilda Oʼsimlik moddalari kimyosi instituti tashkil qilindi.
    O’zbekiston maydoni 448,9 ming km2. bo’lib dorivor o’simliklarga boy lekin madaniy xolda yetishtiriladigan maydonimiz 1 foizni tashkel qiladi.
    Mahalliy floraga mansub 4.3 mingdan ortiq o’simliklarning 750 turi dorivor hisoblanib, ulardan 112 turi ilmiy tibbiyotda foydalanish uchun ro’yxatga olingan, shundan 70 turi farmatsevtika sanoatida faol qo’llanib kelinmoqda.
    Shifobaxsh oʼsimliklar insoniyatga juda qadim zamonlardan maʼlum boʼlgan. Oʼtgan asrlardan bizga shifobaxsh oʼsimliklarni taʼrifi va ularni inson salomatligini yaxshilashda qoʼllanilishiga doir koʼpgina ilmiy asarlar yetib kelgan.
    Uzoq vaqtlar davomida butun dunyo xalqlarining asosiy dorivor vositalari shifobaxsh oʼsimliklar xom-ashyosi asosida tayyorlanib kelingan. Shifobaxsh oʼsimliklar tarkibida biologik faol moddalar koʼp va inson organizmiga uzoq vaqt davolovchi taʼsirini oʼtkazib turadi .

    Maʼlumki, dunyo miqyosida farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining taxminan 50% dorivor oʼsimliklar xomashyosidan tayyorlanmoqda. Аyniqsa yurak-qon tomir kasaliklarining davolashda va profilaktikasi uchun foydalaniladigan dorivor preparatlarning 77%, jigar va oshqozon-ichak kasalliklarini profilaktikasi va davolashda foydalaniladigan dorivor preparatlarning 74%, balgʼam koʼchiruvchi dorilarning 73%, qon toʼxtatuvchi dorilarning 60% dorivor oʼsimliklar xom-ashyosi asosida ishlab chiqarilmoqda[20.21].

    Download 1.85 Mb.
    1   2   3   4




    Download 1.85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    r asm Samarqand bo’znoch o’simligini gullari

    Download 1.85 Mb.