• Nurmatova Azima Abdullajon qizi Annotasiya
  • Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni masofali o‘qitish uchun elektron ta’lim resurslarini yaratishning nazariy asoslari




    Download 0,89 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana15.12.2023
    Hajmi0,89 Mb.
    #119177
      1   2   3
    Bog'liq
    Nurmatova Azima Abdullajon qizi (1)



    Международныйнаучныйжурнал №10(100), часть2 
    «Научный импульс» Мая, 2023 
    1230 
    IMKONIYATI CHEKLANGAN O‘QUVCHILARNI MASOFALI O‘QITISH UCHUN 
    ELEKTRON TA’LIM RESURSLARINI YARATISHNING NAZARIY ASOSLARI 
    Farg’ona ICHSHUI kasb-hunar maktabi
    informatika fani o’qituvchisi
    Nurmatova Azima Abdullajon qizi 
    Annotasiya: Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni masofali o‘qitish uchun elektron 
    ta’lim resurslarini yaratishning nazariy asoslari xaqida ma’lumotlar berilgan. 
    Kalit so’zlar: imkoniyati cheklangan o‘quvchilar, masofali o‘qitish, elektron ta’lim 
    resurslar 
     
    Bugungi kunda taraqqiyot juda tеz rivojlanmoqda va juda tеz o`zgarmoqda. Dеyarli 
    har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o`zgarishlar, yangilanishlar va kutilmagan 
    voqеa hodisalar sodir bo`moqda. Har bir kunimiz kuchli informatsiya oqimi ostida 
    kеchmoqda. Informatsiya oqimi bizni uyda, ishxona va ta'tilda ta'qib etadi. Inson 
    informatsiya ta'siridan xoli normal faoliyat yurita olmaydi. Hayotni anglash, uni o`rganish 
    informatsiyalarni yig`ish va o`zlashtirish orqali kеchadi. Insonning bilimlilik darajasi ham 
    ma'lum davr ichida shaxs tomonidan o`zlashtirilgan informatsiyalarning ko`p yoki ozligi 
    bilan bеlgilanadi. 
    Masofali o‘qitish uslubining quyidagi afzalliklari mavjuddir. O‘qitishning ijodiy muhiti,
    o’quvchilar o‘zlari kompyuterlar asosida axborotlar bankidan kerak bo‘lgan ma’lumotlarni 
    qidirib topadi va albatta o‘zlarining tajribalarini boshqalar bilan elektron tarmoqlar asosida 
    almashadi. Bu esa o’quvchilarni boshqalar bilan yaxshi muloqotda bo‘lishini ta’minlaydi va 
    o‘z o‘rnida bunday me’nat ta’lim olishni rag‘batlantiradi. 
    - Mustaqil ta’lim olishning imkoniyati borligi. 
    Masofadan o‘qitish uslubi asosida ta’lim berish – boshlang‘ich, o‘rta, universitet, 
    sirtqi-kechki va malaka oshirish bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Tayyorgarligi xar xil darajadagi 
    inspektorlar o‘zlarining shaxsiy dars jadvali asosida ishlashlari mumkin va o‘zining 
    darajasidagi o’quvchilar bilan muloqotda bo‘lishi mumkin. 
    - Imkoniyati cheklangan shaxslaring ilm olishi imkoniyati mavjudligi. Bunda 
    o‘rganuvchi o‘ziga qulay joy va vaqtni o‘zi tanlaydi. 
    - O‘qitish va ta’lim olishning yangi va unumli vositasi an’anali ta’lim olish 
    imkoniyatiga ega bo‘lmagan (ta’lim joyidan jo‘g‘rofiy uzoqdaligi, kasalligi tufayli, ishning 
    spesifikasi sababli va xakazo ) shaxslar uchun ta’lim olishning unumli vositasi. 
    - Ta’lim jarayoniga sarflanadigan xarajatlarni 50% ga qisqarishi.
    Masofali o‘qitishda o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishda o‘quv materiallar 
    muhim hisoblanadi. Shu sababli mazkur jarayonda har tomonlama qulay, grafika, 
    multimedia va interaktivlik xususiyatlariga ega bo‘lgan elektron darsliklarni yaratish lozim. 


    Международныйнаучныйжурнал №10(100), часть2 
    «Научный импульс» Мая, 2023 
    1231 
    Darslik - Davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturi, uslubiyoti va didaktik talablari asosida 
    belgilangan, milliy istiqlol g‘oyasi singdirilgan, muayyan o‘quv fanining mavzulari to‘liq 
    yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan hamda turdosh 
    ta’lim yo‘nalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr . 
    Elektron darslik - kompyuter texnologiyasiga asoslangan o‘quv uslubini qo‘llashga, 
    mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o‘quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har 
    tomonlama samarador o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan bo‘lib: 
    - o‘quv va ilmiy materiallar faqat matn shaklida; 
    - o‘quv materiallar matn va ikki o‘lchamli grafik shaklida; 
    - multimedia qo‘llanmalar, ya’ni ma’lumot uch o‘lchamli grafik ko‘rinishda, ovozli, 
    video, animatsiya va qisman matn shaklida; 
    - taktil (his qilinuvchi, seziladigan) hususiyatli, o‘quvchini “ekran olamida” stereo 
    nusxasi tasvirlangan real olamga kirishi va undagi ob’ektlarga nisbatan harakatlanish 
    tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi . 
    D.A. Korolev elektron darslik asosida o’quvchilarni o‘qitishda samarali ekanligini, 
    undan o‘quv jarayonida, mustaqil ta’limda va ta’limni boshqarishda foydalanish maqsadga 
    muvofiqligini ko‘rsatgan, V.T. Bezruchko, V.V. Maslennikovlar o‘z ilmiy ishlarida elektron 
    darslikni ta’limga joriy etilsa o’quvchilarning fanni mustaqil o‘zlashtirish samaradorligi 
    oshadi deb fikr bildirishgan, G.P. Abramkin, O.V.Tokareva o’quvchilar nazariy ma’lumotlar 
    olishda oddiy darsliklardan foydalanishdan ko‘ra elektron darslikdan foydalanib o‘qishlari 
    samarali bo‘lishi, shuningdek, amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil ravishda bajarishda 
    maqsadga muvofiqligini ko‘rsatgan. 
    Zamonaviy axborot texnologiyalari o’quvchilarga axborotning noan’anaviy 
    manbalariga kirib borishning cheksiz imkoniyatlarini ochib beradi, mustaqil ishlashning 
    samaradorligini oshiradi, ijod qilish, yaratish va turli kasb malakalarini mustahkamlash 
    uchun mutlaqo yangi imkoniyatlar beradi, voqealar hamda jarayonlarning konseptual va 
    matematik modellarini tuzish vositalarini qo‘llagan holda o‘qitishning yangi shakllari va 
    usullarini amalga oshirish imkonini beradi. 
    O‘qitishning axborot texnologiyalari o‘qituvchiga o‘quv ishlarining alohida turlari kabi 
    ularning har qanday yig‘indisini qo‘llash, moslangan instrumental vositalar unga yangi 
    bilimlar va texnologiyalar paydo bo‘lishi bilan muvofiq ravishda o‘quv, nazorat qiluvchi 
    dasturlar mazmunini tezkorlik bilan yangilash imkonini beradi. 
    O‘qituvchiga o‘qitilayotgan shaxsni kamol toptirishni, ijodiy izlanishni, uning 
    birgalikdagi ishini tashkil etishni va o‘quv dasturlarining eng yaxlit variantlarini tanlashni 
    qo‘llab-quvvatlash va yo‘naltirish uchun qushimcha imkoniyatlar beradi. O‘qituvchi o‘quv 
    fanlarining bir xil emasligini va ahamiyatini hisobga olgan holda o‘qitishning asosiy 
    maqsadlarini yetkazib beruvchi bo‘lib qoladi. Uning faoliyatini an’anaviy turlari mehnatning 
    intellektual shakllariga almashtiriladi. Axborot texnologiyalari o‘qituvchini o’quvchilarga 
    o‘quv materialining anchagina qismini va qobliyat hamda malakalarini egallash bilan bog‘liq 
    eskirib qolgan amallarni bayon qilishdan ozod qiladi. 


    Международныйнаучныйжурнал №10(100), часть2 
    «Научный импульс» Мая, 2023 
    1232 
    O‘qituvchilar telekommunikatsiya tarmoqlari orqali turli xil axborotlarni oladilar, 
    shuningdek amalda jahondagi o‘z hamkasblari bilan muomala qilishning noyob 
    imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.
    O’quvchi va kompyuterni birgalikdagi faoliyatini amalga oshirishda kompyuter 
    boshqaruvchi rolini, shuningdek, idora qilinuvchi vazifasini bajaradi. G.K. Selevko 
    “kompyuter” o’quvchi uchun: 
    - pedagog (axborot manbai, yangi sifat darajasidagi ko‘rgazmali qo‘llanma, trenajyor, 
    diagnostika va nazorat vositasi); 
    - ishchi instrument (yuqori tezlikdagi hisoblash qurilmasi, modellashtirish vositasi, 
    faoliyat natijalarini turli ko‘rinishda rasmiylashtirish); 
    - ta’lim ob’ekti (dasturlash, kompyuterni berilgan jarayonga o‘qitish, turli 
    dasturlardan foydalanish, o‘z ehtiyojlariga moslashish); 
    - muloqot vositasi (kommunikatsiya, o‘zaro hamkorlikdagi jamoani shakllantirish) deb 
    hisoblaydi. 
    N.I.Toyloqovning ilmiy ishlarida masofali ta’lim va unda elektron o‘quv adabiyotlardan 
    foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari, xalq ta’lim tizimini axborotlashtirish, o‘quv jarayoni 
    uchun elektron darslik, virtual stend va laboratoriyalar yaratish, masofali o‘qitish kurslarini 
    tatbiq etish, maktabning internet-fazosini yaratish, Internet – maktab fazosini joriy qilishga 
    oid muammolar, ularni hal etish yo‘llari yoritib berilgan. 
    B.G. Kisilyov ta’limda kompyuter texnologiyaning imkoniyatlari asosida elektron 
    darslik yaratishda maxsus qoidalarga rioya etish kerakligini va uning arxitekturasi xaqida 
    bayon etgan bo‘lsa, elektron darslik yaratishda O. V. Zimina, A.I.Kirillovlarning 
    tavsiyalaridan foydalanish dasturchi va mualliflar uchun foydalidir. 
    Hozirda shunday elektron darsliklar ta’lim tizimining barcha sohalariga jadal sur’atlar 
    bilan kirib kelayotganligi, ular imkoniyatidan samarali foydalangan holda o’quvchilarning 
    o‘quv materiallarini mustaqil o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga e’tibor berish 
    kerakligini ko‘rsatmoqda. Jumladan, A.A. Abduqodirovning ilmiy tadqiqot ishlarida 
    zamonaviy axborot texnologiyalarga asoslangan o‘quv-tarbiya jarayonini jadallashtirish 
    uchun o‘qituvchi – o’quvchi – kompyuter uchligining o‘quv faoliyatidagi o‘rni va 
    bosqichlarini tahlil qilish zarur ekanligi o‘qtiriladi *9+.
    O‘qitishning kompyuter texnologiyalari yordamida: 
    - bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash sifatini doimiy ravishda oshirib borish; 
    - o‘qitishning faol uslublarini qo‘llash; 
    - o‘qiyotganlarning mustaqil ishlashlari uchun metodika hamda zamonaviy 
    avtomatlashtirilgan vositalar yaratish; 
    - o’quvchilarning 
    jamoaviy 
    o‘rganish 
    faoliyati 
    sharoitlarida 
    o‘qitishni 
    individuallashtirish; 
    - o‘qiyotganlarning o‘quv va ilmiy-tadqiqot faoliyatini integratsiyalash; 
    - kompyuter ta’lim uslubiyotining izchilligini ta’minlash; 


    Международныйнаучныйжурнал №10(100), часть2 
    «Научный импульс» Мая, 2023 
    1233 
    - o‘quv materiali mazmuni shakli va usullarini doimiy yangilanib, boyitib borilishini 
    ta’minlash; 
    - uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarida o‘quv jarayonining axborot bilan 
    ta’minlanishining turli xildagi shakllarini yaratish va rivojlantirish; 
    - o‘quv axborotlari va zarur dasturiy-uslubiy vositalarning markazlashgan fondining 
    dolzarb ahvolini, uning to‘ldirilishi hamda fanlar sikllari va ularning mukammalligi darajasi 
    bo‘yicha o‘quv jarayonining uslubiy yagonaligini ta’minlash uchun nusxalashtirishni 
    saqlash; 
    - o’quvchilarning avtomatlashtirlgan test sinovidan o‘tishlarini tashkil etish; 
    - inson faoliyatining turli sohalariga uning uslublari va vositalarini keng joriy etish 
    uchun zamin yaratishga erishish mumkin. 
    Hozirgi kunda respublikamizda masofali o‘qitish uslubiy materiallari (elektron darslik, 
    audio va video darsliklar, on-line darslar, Web-sahifalar, elektron kutubxonalar, elektron 
    testlar) fanlarni o‘qitishda foydalanib kelinmoqda va yaxshi natijalar bermoqda. Ta’lim 
    tizimida qo‘llanilayotgan elektron darsliklar ko‘proq kompakt CD disklarda o‘quv jarayonida 
    foydalanilmoqda.
    Elektron darsliklar yaratish murakkab ish. Ta’lim texnologiyasi markazida o’quvchi, 
    texnologiya mazmunida – o’quvchilar tomonidan mustaqil ravishda ta’lim olish qobiliyatini 
    rivojlantirish, o‘quv faoliyat asosida hamkorlik yotadi. Elektron darslik ishlab chiqishda 
    uchta asosiy komponent: o‘quv materialini bayon etish, amaliy mashg‘ulotlarni bajarish va 
    teskari aloqa (o’quvchilar tomonidan bilimlarni egallaganlik darajasini aniqlash jarayoni) 
    e’tiborga olinishi kerak.
    Har bir elektron darslik alohida ko‘rinishda bo‘lishi va ma’lum standart talabga javob 
    berishi lozim. Ta’lim tizimida zamonaviy informatsion texnologiyalardan biri bu 
    multimediali elektron darsliklarni yaratishdir. Elektron darslikning qo‘llanilish sohasi keng 
    bo‘lib, ayniqsa mustaqil ta’lim olish va masofali o‘qitish jarayonida samarali natijalar 
    beradi.
    O‘quv qo‘llanmalar o’quvchilar uchun asosiy o‘quv qurollaridan biridir. Ekranga 
    qaraganda nashrdan chiqqan matnni o‘qish oson va qulay. Elektron darslik ko‘pincha oddiy 
    qo‘llanmani to‘ldiradi hamda juda ko‘p afzalliklarga ega. 
    Elektron darslikning yaratilishini oddiy kitobga o‘xshash, ya’ni bet ketidan bet 
    chiqadigan qilib yaratish mumkin. Uni yaratishda rasmlardan kamroq foydalanish kerak, 
    chunki ular darslikni kompyuterga yuklashni sekinlashtiradi. 
    Elektron darsliklar yaratishda matnning hajmi, undagi shriftlar hajmi va 
    giperbog‘lanishlarga ahamiyat berish lozim . 
    Elektron darslik - ma’ruza mobaynida namoyish etish, kompyuter sinflarida tashkil 
    etiladigan mustaqil ishlash mashg‘ulotlarida repetitor, mustaqil ta’lim olish vositasi, 
    kompyuterda laboratoriya ishlarini bajarish mobanida uslubiy yordamchi, o’quvchilar 
    tomonidan bilimlarni egallashda nazoratchi, amaliy mashg‘ulotlar uchun masala va 


    Международныйнаучныйжурнал №10(100), часть2 
    «Научный импульс» Мая, 2023 
    1234 
    mashqlar bilan ta’minlovchidir. Lekin, elektron darslikni yaratishda mualliflardan pedagogik 
    mahorat, chuqur bilim talab etiladi. 

    Download 0,89 Mb.
      1   2   3




    Download 0,89 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni masofali o‘qitish uchun elektron ta’lim resurslarini yaratishning nazariy asoslari

    Download 0,89 Mb.
    Pdf ko'rish