FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Masofaviy o'qiti (tami.uz)
2. ELEKTRON TA'LIM RESURSLARI VA MULTIMEDIALI ELEKTRON O‘QITISH VOSITALARI
ORQALI TA'LIM MUHITINING RIVOJLANISHI – тема научной статьи по СМИ (медиа) и
массовым коммуникациям читайте бесплатно текст научно-исследовательской
работы в электронной библиотеке КиберЛенинка (cyberleninka.ru)
3. Zokirov, S. I., Sobirov, M. N., Tursunov, H. K., & Sobirov, M. M. (2019).
Development of a hybrid model of a thermophotogenerator and an empirical analysis of
the dependence of the efficiency of a photocell on temperature. Journal of Tashkent
Institute of Railway Engineers, 15(3), 49-57.
4. Горовик, А. А., & Турсунов, Х. Х. У. (2020). Применение средств визуальной
разработки программ для обучения детей программированию на примере Scratch.
Universum: технические науки, (8-1 (77)), 27-29.
5. Tursunov, H. H., & Hoshimov, U. S. (2022). TA’LIM TIZIMIDA KO‘ZI OJIZ
O‘QUVCHILARNI INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDA O‘QITISH
TEXNOLOGIYALAR. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(5), 990-993.
6. Hamidullo o‘g‘li, T. H. (2022). HOZIRGI KUNNING DOLZARB IMKONIYATLARI. JAWS
VA NVDA DASTURLARI. Scientific Impulse, 1(2), 535-537.
7. Hamidullo o‘g‘li, T. H. (2022). NEYRON TARMOQLARNING TASNIFI. Scientific
Impulse, 1(3), 757-763.
Международныйнаучныйжурнал №10(100), часть2
«Научный импульс» Мая, 2023
1237
IMKONIYATI CHEKLANGAN SHAXSLARNI HIMOYA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI
Farg’ona ICHSHUI kasb-hunar maktabi
Maxsus fan o’qituvchisi
Igamberdieva Feruza Uktamovna
Annotatsiya: Imkoniyati cheklangan shaxslarni himoya qilishning huquqiy asoslari
xaqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar: Imkoniyati cheklangan shaxslar, huquqiy asoslar
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida har bir inson irqi, terisining rangi, jinsi,
tili, dini, siyosiy yoxud boshqa e’tiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy
yoxud tabaqaviy yoki boshqa sharoitidan qat’i nazar, barcha huquqlar va erkinliklarga ega
bo‘lishlari shart ekanligi belgilab qo‘yilgan. Bu nogironlarga ham bevosita va to‘la
taalluqlidir.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 2006 yil 13
dekabrdagi 61/106-rezolyusiyasi bilan qabul qilingan “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi
Konvensiya” hamda “Nogironlarning huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaga Fakultativ
protokol” ana shu xalqaro hujjatlarning asosiylari hisoblanadi.
Ularda nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatlarini rag‘batlantirish va
himoya qilish, shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini va bu huquqlardan
boshqalar bilan teng ravishda foydalanish imkoniyatlarini kafolatlash tamoyillari belgilab
qo‘yilgan.
Ushbu Konvensiyada nogironlarning huquqlari va asosiy erkinliklari, xususan ularning
yashash, fuqarolik, huquqiy himoyalanish, ta’lim olish, salomatliklarini saqlash, boshqalar
bilan teng ravishda mehnat qilish, siyosiy, ijtimoiy, madaniy hayotda, bo‘sh vaqtni
o‘tkazish, dam olish va sport bilan shug‘ullanishda ishtirok etish, o‘zlari va oilasi uchun
yetarlicha turmush sharoitiga ega bo‘lish va ijtimoiy yordam huquqlari e’tirof etilgan va
ularni amalga oshirishning huquqiy kafolatlari belgilangan. Bunda, ayniqsa, nogiron ayollar,
bolalar va keksalar huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Imkoniyati cheklangan yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning asosiy katta bir
qismini jismoniy imkoniyati cheklanganlar tashkil eadi desak ham xatolik bo'lmaydi.
Hozirgi kunda ko'plab davlatlar qatori O'zbekistonda ham imkoniyati cheklangan
bolalarning ta'lim va tarbiya olishlari, jismoniy tiklanishlari yoki jismoniy tarbiya va sport
bilan shug'ullanishlari hamda tibbiy muolajalar olib borishlari uchun keng-ko’lamdagi
imkoniyatlar yaratib kelinmoqda va bunday insonlaning haq-huquqlari qonun xujjatlari
bilan mustahkamlab qo'yigan va himoya qilinmoqda.
Imkoniyati cheklangan bolalar jamiyatda o'zlarining shaxsiy ehtiyojlari va ijtimoiy
hayot yetishmoqchiliklarini qisman yoki to'liq o'zi mustaqil ta'minlay olishmaydilar. Shuning
|