• Elektron darsliklar yaratish va amaliyotga joriy etishni quyidagi bosqichlarda amalga oshirish mumkin
  • Elektron darslik quyidagi qismlardan iborat bo‘lishi zarur




    Download 0,89 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/3
    Sana15.12.2023
    Hajmi0,89 Mb.
    #119177
    1   2   3
    Bog'liq
    Nurmatova Azima Abdullajon qizi (1)

    Elektron darslik quyidagi qismlardan iborat bo‘lishi zarur: 
    - ma’ruza qism gipermurojaat, grafiklardan iborat. 
    - amaliy mashg‘ulot, ma’ruzada olingan nazariy bilimlar bo‘yicha ko‘nikma xosil qilish, 
    topshiriqlarni mustaqil bajarish, xatolarni ko‘rsatib beruvchi va to‘g‘ri xulosaga olib keluvchi 
    qism; 
    - mustaqil topshiriq, nazariy va amaliy bilim hamda ko‘nikmalar bo‘yicha individual 
    topshiriqlar bajarish qismi; 
    - bilimni aniqlovchi, testlar orqali bilim darajalari aniqlash qismi. 
    Fanlardan to‘laqonli elektron darslik yaratish murakkab jarayon. Hozirgi kunda 
    yaratilgan va yaratilayotgan elektron darsliklar soni ko‘p emas. Ularni yaratish uchun 
    salohiyatli, tajribali, uslubchi va dasturchilar guruhlarini shakllantirib markazlar tashkil etish 
    zarur.
    Elektron darsliklar yaratish va amaliyotga joriy etishni quyidagi bosqichlarda 
    amalga oshirish mumkin: 
    1. 
    Tayyorgarlik bosqichi: 
    - fan bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni, DTS, na’muniviy dastur, o‘quv va ishchi dasturlari 
    asosida material to‘plash; 
    - to‘plangan materiallar asosida mutaxassis, dasturchi va uslubchi maslahatlari 
    bo‘yicha elektron darslik yaratish; 
    - ta’lim muassasalarida elektron darslikdan foydalanishga mo‘ljallangan auditoriyalar 
    tashkil etish, axborot texnologiyalari vositalarini rivojlantirish
    - elektron darslikdan foydalanishga oid uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlash. 
    2. Tajriba bosqichi: 
    - fan bo‘yicha o‘quv jarayonida elektron darslikdan foydalanishga kirishish; 
    - ta’lim muassasalarining texnik ta’minotini takomillashtirish, kompyuter dasturlari 
    bo‘yicha moddiy texnik ta’minotini talab darajasiga chiqarish; 
    - ta’lim muassasalarida elektron kutubxona tashkil etish. 
    3. 
    O‘quv jarayonida keng foydalanish bosqichi: 
    - darsliklarning yangi avlodini ishlab chiqish va ta’lim muassasalarini ta’minlash; 
    - elektron darsliklarni o‘quv jarayonida keng qo‘llash; 
    - respublika miqiyosda ta’lim muassasalari elektron kutubxonalarining yagona 
    elektron tarmog‘ini barpo etish.
    Hozirgi kunda elektron darsliklarni yaratishning bir qancha yo‘nalishlari mavjud: 
    - to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqori darajadagi tillarda dasturlash (HomeSite, Front Page, Delhpi, 
    Flash va h.z.); 
    - kurs, fan, bo‘limlar bo‘yicha tayyor o‘quv dasturlaridan (qobiq dasturlar) 
    foydalanish; 


    Международныйнаучныйжурнал №10(100), часть2 
    «Научный импульс» Мая, 2023 
    1235 
    - ixtisoslashgan davlat yoki nodavlat tashkilotlariga elektron darslik tayyorlash uchun 
    buyurtma berish. 
    Elektron darsliklarni yaratish uchun ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlardan birini tanlab 
    olishda quyidagi sharoitlarni hisobga olish maqsadga muvofiq: 
    - tashkilotning material-texnik bazasi; 
    - o‘qituvchilar tarkibining kompyuterda ishlashga tayyorgarligi; 
    - moliyaviy imkoniyatlari. 
    Yuqoridagi shartlar bajarish orqali sifatli elektron darsliklar yaratish imkoniyati 
    tug‘iladi, chunki elektron darsliklarni yaratish murakkab kompyuter dasturlaridan 
    foydalanishni taqozo etadi. Bu o‘z navbatida oxirgi avlod kompyuterlari, nusxa olish va 
    ko‘chirish mashinalari, sifatli aloqa tarmog‘i, internet kabilar bo‘lishini talab etadi. 
    Murakkab dasturlarda ishlash elektron darslik tayyorlovchi fan o‘qituvchilaridan 
    kompyuterda ishlash uchun alohida tayyorgarlikni talab etadi. Bundan tashqari bitta 
    elektron darslik yaratish uchun butun bir jamoa (o‘qituvchi, operator, dizayner, psixolog
    dasturchi)ni tuzishga to‘g‘ri keladi.
    Elektron darslik yaratilib biror bir dastur asosida masofali ta’lim portallariga 
    joylashtirilsa, uni ko‘paytirish uchun hech qanday sarf harajat va vaqt talab etilmaydi 
    hamda Internet orqali foydalanuvchi bir paytda o‘qishi mumkin. 
    Masofali 
    o‘qitishda 
    elektron 
    darsliklardan 
    foydalanish, 
    kompyuterlarda 
    o’quvchilarning berilgan topshiriqlarni bajarishiga erishish, ularning bilim darajalarini 
    aniqlash muhim hisoblanadi. O’quvchi ma’lum ta’lim portali orqali o‘zining login va parolini 
    kiritib, kurslar bo‘yicha ta’lim oladi. Ya’ni, ular ma’ruza matnlarini o‘qishi, topshiriqlar, test, 
    savol-javob kabilarni bajarishi orqali, ma’lum ballarni to‘playdi. Elektron darslik va video 
    kurslar dars yoki darsdan tashqari mustaqil ta’lim olishda ham qo‘llanilishi mumkin. 
    Odatda, elektron darsliklar va video kurslardan lokal tarmoqda kompyuterning o‘zida 
    internetga ulanmasdan qo‘llaniladi. Masofali o‘qitishda esa, Internet tarmog‘iga ulanish va 
    ko‘rsatilgan saytda ro‘yxatdan o‘tish zarur bo‘ladi. Tahlillarga ko‘ra AQSh, Yevropa, Osiyo 
    davlatlarining ta’lim tizimida elektron darsliklardan foydalanib, o’quvchilarni tarmoq 
    texnologiyasi asosida o‘qitiladi (1-rasm). 
    1-rasm. AQSh, Yevropa va Osiyo ta’lim tizimlarida foydalanilayotgan dasturlarning 
    yillar bo‘yicha tahlili 


    Международныйнаучныйжурнал №10(100), часть2 
    «Научный импульс» Мая, 2023 
    1236 
    Elektron darslikdagi ma’lumotlarning to‘g‘riligiga va mazmuniga muallif javobgar 
    bo‘ladi. Bu darslikdagi ma’lumotlarni yangilash yoki uni qayta nashr qilish uning ixtiyorida. 
    Internetda joylashgan bu darslikni faqat muallif o‘zgartirish imkoniyatiga ega. 
    Yaratilgan elektron darsliklarning ilmiylik va taqdimot sifati fanlar o‘quv rejasiga mos, 
    mavzu bayoni, til darajasi, manba tuzilishi, taqdimot va dizayn, rasmlar, muammolarga 
    ta’sirchanligi belgilangan mezonlarga javob berishi lozim.
    Xulosa qilib aytganda, elektron darslikdan ta’lim jarayonida foydalanish natijasida, 
    o’quvchilar fanlarni mustaqil bilim olishga erishadi, o‘qituvchi esa o‘z navbatida fan 
    bo‘yicha tayyorlagan didaktik materiallarning elektron variantini o‘z vaqtida yangilab 
    borishga qiyinchiliklarsiz erishadi. Bu esa ta’lim jarayoni sifatining oshishida muhim omil 
    bo‘lib xizmat qiladi. 

    Download 0,89 Mb.
    1   2   3




    Download 0,89 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektron darslik quyidagi qismlardan iborat bo‘lishi zarur

    Download 0,89 Mb.
    Pdf ko'rish