|
Individual loyiha mavzu: Aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy-iqtisodiy asoslari Guruh: 131-21 Talabaning ism-sharifi: Asilbek ismoilov Ilmiy rahbar: Isayeva Nargiza Shamsutdinovna Toshkent-2023 reja
|
bet | 1/8 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 339,79 Kb. | | #231148 |
Bog'liq 1702627048 (1)
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
INDIVIDUAL
LOYIHA
Mavzu: Aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy-iqtisodiy asoslari
Guruh:131-21
Talabaning ism-sharifi: Asilbek ismoilov
Ilmiy rahbar: Isayeva Nargiza Shamsutdinovna
Toshkent-2023
REJA:
Kirish………………………………………………………………..3
Asosiy qism:
I-BOB. Aktsiyadorlik Jamiyati haqida…………..…………………….……4
1.3. Aksiyadorlik jamiyatlari: imkoniyat va qulayliklar……..…………9
II-BOB. O’zbekistonda aksiyadorlik jamiyatini tuzish ,boshqarish,turlari va uning faoliyati. …………………………………………………..……..11
2.1. Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida.……………………..12
2.2. Yopiq va ochiq aksiyadorlik jamiyat…………………………..……17
2.3.Tahlil va natijalar …………………………...…………………..……20
Xulosa………………………………………………………………………………………………26
Foydalanilgan adabiyotlar va manbaalar…………………...………….…………28
Kirish
Ma’lumki, bozor munosabatlari sharoitida har bir xo’jalik yurituvchi subyekt, xususan, aksiyadorlik jamiyatlari ham kuchli raqobat sharoitiga moslashishi, bozorda o’z o’rnigi ega bo’lishi va uzoq yillar mobaynida samarali faoliyat yuritishi uchun uzoqni ko’zlangan va tashqi vositalar oʻzgaruvchanligi sharoitida uzoq muddatli moliyaviy maqsadlarni shakllantirish, ular muvaffaqiyatini ta’minlashning eng samarali yoʻllarini tanlash, moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanish yoʻnalishlarini samarali tashkil etish yoʻlida moliyaviy faoliyat va moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishning barcha asosiy yoʻnalishlarini belgilab olishi zarur. bugungi kunda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda, ayniqsa, sanoat sohasida mulkchilikning bunday shakli muhim o’rin tutadi. Korxonalar faoliyati davomida moliyaviy munosabatlarning to’g‘ri tashkil etilishi qo’yilgan maqsadga erishishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda asosiy e’tiborni korxonalar moliyasini boshqarishni to’g‘ri tashkil etishga qaratish maqsadga muvofiq. Korporativ moliyani boshqarishni to’g‘ri tashkil etish esa bevosita korporativ moliyaviy strategiyaga bog‘liq. Aynan shu xususiyati bilan korporativ moliyaviy strategiyaning o’rni muhim ahamiyat kasb etadi. Korporativ koliyaviy strategiya iqtisodiy faoliyat sub’ektlarning kelajakdagi faoliyat barqarorligi ta’minlab beradi. Shuningdek, ham makro darajada ham mikro amalga oshiriladigan istalgan masala ijobiy hal bo’lishi uchun oldindan strategik rejalar ishlab chiqish va ularni samarali amalga oshirish zarur.
Respublikamizda korporativ tuzilmalarning eng keng tarqalgan turlaridan biri sifatida aksiyadorlik jamiyatlari keltiradigan bo’lsak, 2017-yil 1-yanvar holatiga respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlari soni 659 tani tashkil etgan bo’lsa, keying yillarda ularning soni 613 gacha qisqargan bo’lib, buning sababi sifatida aksiyadorlik jamiyatlari soni pasayishiga qo’yilgan talablar yuqoriligini ko’rsatish mumkin. Shuningdek samarasiz ishlayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining tugatilayotganligi bilan izohlashimiz mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Individual loyiha mavzu: Aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy-iqtisodiy asoslari Guruh: 131-21 Talabaning ism-sharifi: Asilbek ismoilov Ilmiy rahbar: Isayeva Nargiza Shamsutdinovna Toshkent-2023 reja
|