|
Industrial iqtisodiyot
|
bet | 110/122 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,61 Mb. | | #259972 |
Bog'liq китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotniDavr xarajatlari. Davr xarajatlari deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar va sarflar tushniladi: boshqaruv xarajatlari, mahsulotni sotish xarajatlari va umumxo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Korxonalarning sotish xarajatlariga quyidagilar kiradi:
tovarlarni temir yo‘l, havo, avtomobil, dengiz, daryo transportida va ot-ulovda tashish xarajatlari hamda transport vositalari bekor turib qolganligi uchun to‘langan jarimalar;
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari ishlari xarajatlari (mehnatga haq to‘lash xarajatlari; ijtimoiy sugurtaga ajratmalar; savdo reklamasi xarajatlari; tovarlarni saqlash, ularga ishlov berish va ularni navlarga ajratish xarajatlari; tashish, saqlash va sotish chogida tovarlarning norma doirasida va undan ortiqcha yo‘qotilishi; o‘rash-joylash materiallari xarajatlari; mol-mulkni majburiy sugurta qilish xarajatlari va boshqalar);
sotish bozorlarini o‘rganish bo‘yicha belgilangan normativlar doirasida va undan ortiqcha xarajatlar (marketingga, reklamaga sarflangan xarajatlar);
yuqorida sanab o‘tilmagan sotish bo‘yicha boshqa xarajatlar.
Boshqaruv (ma’muriy) xarajatlar. Korxonalarda boshqaruv xarajatlariga quyidagilar kiradi:
boshqaruv xodimlariga tegishli bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari;
boshqaruv xodimlariga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sugurtaga ajratmalar;
xizmat yengil avtotransportiga va xizmat mikroavtobusini saqlash, yollash va ijaraga olish xarajatlari;
korxonani va uning tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish va ularni boshqarish xarajatlari;
boshqaruvning texnik vositalari, aloqa uzellari, signalizatsiya vositalari, hisoblash markazlarini va ishlab chiqarishga tegishli bo‘lmagan boshqaruvning boshqa texnik vositalarini saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari;
209
ijara, xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun aloqa uzellariga haq to‘lash (ATS, uyali, yo‘ldosh, peyjing aloqa);
shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlari uchun belgilangan normativlar doirasida va ulardan ortiqcha haq to‘lash;
ma’muriy - boshqaruv ehtiyojlari uchun binolar va xonalar ijarasi uchun haq to‘lash;
ma’muriy faoliyatga ega bo‘lgan asosiy fondlarni saqlash va ularni tuzatish, shuningdek eskirish (amortizatsiya) xarajatlari;
yuqori tashkilotlar va yuridik shaxs maqomiga ega birlashmalar, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va boshqalar xarajatlariga ajratmalar;
xodimlarni va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan mol-mulkni majburiy sugurta qilish;
boshqaruv xodimlarini xizmat safarlariga yuborish bo‘yicha belgilangan normalar doirasida va undan ortiqcha xarajatlar;
belgilangan normalar doirasida va undan ortiqcha miqdordagi xarajatlar;
umumiy ovqtlanish korxonalari va boshqalarga binolarni tekin berish va kommunal xizmatlar qiymatiga haq to‘lash xarajatlari;
bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lmagan, tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga ega bo‘lgan jamg‘armalarni saqlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq joriy xarajatlar, shu jumladan yo‘l qo‘yiladigan normalar doirasida va ulardan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalarning atrof-muhitga chiqarilganligi (tashlanganligi) uchun to‘lovlar.
|
| |