• Ozbekiston Respublikasi Prezidenti 2019 yilda mamlakatni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari togrisida parlamentga qilgan Murojaatnomasida “....
  • « Industrial iqtisodiyot»
  • Industrial iqtisodiyot




    Download 1,61 Mb.
    bet2/122
    Sana04.06.2024
    Hajmi1,61 Mb.
    #259972
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
    Bog'liq
    китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni

    IS BN-97R-9943-5186-7-1
    UDK 347.214.21(075)
    BBK 65 02
    C «IQTISODIYOTX 2019
    © A, Ortiqov, M Isakov, 2019
    Kirish
    Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish va shu asosda jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy farovonligini ta’minlashda iqtisodiyotning yetakchi tarmog'i bo'lgan sanoatning mavqei alohida o'rin egallaydi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish borasidagi aniq fikr va g‘oyalar belgilab berildi, o‘rtaga qo‘yilgan dolzarb muammolar, ularning mohiyati va ahamiyati atroflicha tahlil qilinishi kerakligini aytdi. Bunda, “O‘zbekiston sanoati rivojlanishining asosiy maqsadi nafaqat ushbu iqtisodiyot sektorida o‘sish sur’atlarini oshirishga intilish, balki boy tabiiy resurslar salohiyatidan foydalanish orqali ustuvor tarmoqlar va ishlab chiqarishni rivojlantirish, uning zamonaviy tarkibini shakllantirish, tashqi va ichki bozorda mamlakat sanoati raqobatdoshligi va samaradorligini oshirish uchun chora- tadbirlar majmuasini shakllantirishdan iborat” 1deb ta’kidlab o'tdi.
    Buni iqtisodiyotdagi tizimli o'zgarishlar natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 2018 yildagi 35 foizdan 2019 yilda 37 foizgaI II ortishi kutilayotganligidan ham ko'rish mumkin.
    Sanoatning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish jarayonida asosiy e’tibor tarkibiy o'zgarishlarga qaratilgan bo'lib, ular sanoat tarmoqlaridagi makroiqtisodiy ko'rsatkichlar va tarkibiy siljishlar bilan birgalikda bashorat qilinadi. Sanoatning tarmoq tarkibini 2030 yilga qadar takomillashtirish YaIMda sanoat ulushini rivojlangan davlatlarda YaIM tarkibidagi xarakterlarga xos bo'lgani kabi 2017 yildagi 33,5 foizdan 2030 yilda 40 foiz oshirish bilan asoslanadi. Bu maqsadga erishi uchun, shuni aytish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda bu boradagi ishlar boshlab yuborilgan. Ayni vaqtda bu ishlar har bir turdagi istiqbolli xomashyo va yarim fabrikat bo'yicha chuqur qayta ishlashning 2020, 2025, 2030 yillarga
    mo'ljallangan aniq dasturiga ega bo'lish uchun mutlaqo yangi dasturiy kompleks yondashuvni talab etadi.
    Bundan tashqari, davlatimiz rahbariyati tomonidan tanlab olingan taraqqiyot strategiyasi raqobatdosh, eksportbop hamda import o'rnini bosuvchi, yuqori qo'shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan bo'lib, u sanoatning barqaror va mutanosib ravishda o'sishi hamda ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash asosida uning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirishni ko'zda tutadi. Buni yurtimizda amalga oshirilayotgan ochiq iqtisodiyot, sog'lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratilayotganligi, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish o'rinlarini ko'paytirishga alohida e’tiborni kuchayayotganligi, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy o’sishni ta’minlashga erishish borasidagi olib borilayotgan islohotlardan, «yashirin» iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish borasidagi, valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish, iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro'yobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan yo'nalishlarning samarali amalga oshirilayotganligidan va mamlakat iqtisodiyotda tizimli o'zgarishlar amalga oshirilib, iqtisodiyotini barqaror rivojlanishiga erishishda yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi oshirishga qaratilayotganligidan ko'rish mumkin.
    Yurtimizda iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlarni samarali tashkillashtirish va bunda sanoatning o'rnini alohida kasb etishidan kelib chiqib, har bir sohada bo'lgani kabi respublikamizning ayrim tumanlarida ham sanoatning ulushi viloyat ko'rsatkichining 1 foiziga yetmayotganligidan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2019 yilda mamlakatni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to'g'risida parlamentga qilgan Murojaatnomasida “....har bir tuman va shahar sanoatini rivojlantirish bo'yicha o'rta va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqish kerak”1ligini ta’kidlab o'tdi.
    Ana shu juda muhim soha iqtisodiy asoslarining ham nazariy, ham amaliy mohiyati va ahamiyatini tushunadigan, bu boradagi barcha yangiliklar va tashkiliy o‘zgarishlarni his eta oladigan iqtisodchilarni tayyorlashda « Industrial iqtisodiyot» fani alohida ahamiyat kasb etadi.
    Bu fanning asosiy maqsadi ilm-toliblarda zamonaviy iqtisodiy fikrlashni, mamlakat milliy ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarish tizimida sanoat majmuining o‘rnini tavsiflash, iqtisodiyot va aholining sanoat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish va sanoat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish zaruriyati to‘g‘risidagi umumlashgan tasavvurni shakllantirishdan iborat.
    «Industrial iqtisodiyot» fani talabalarga nafaqat muayyan axborot, ma’lumotlar, bilim va ilm berishi, balki ularni o‘z faoliyatining eng muhim yo‘nalishlarini to‘g‘ri tanlab olishga, murakkab iqtisodiy muammolar yechimini topa bilishga o‘rgatishi kerak.
    Talabalarda bu fan bo‘yicha bilim va ilm, hamda malakalarini shakllantirishning asosini ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar, mustaqil ishlar, ilmiy-tadqiqotlar jarayoni tashkil etadi.
    Bu fan bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘quvchilar bilimlarini mustahkamlash, fanni chuqur o‘rgatish, mavzularni yozma va og‘zaki bayon etish san’atini egallashga yordam beradi.
    «Industrial iqtisodiyot» fani umumiqtisodiy mutaxassislik bo‘yicha iqtisodchi kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha iqtisodiy ta’lim asoslaridan biri bo‘lgani bois uni o‘qitish alohida o‘quv qo‘llanma va o‘quv qo‘llanma asosida amalga oshirilishi zarur.


    Download 1,61 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




    Download 1,61 Mb.