|
«Industrial iqtisodiyot” fanining predmeti
|
bet | 6/122 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,61 Mb. | | #259972 |
Bog'liq китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni«Industrial iqtisodiyot” fanining predmeti deganda jamiyatning ob’ektiv iqtisodiy qonunlari va zaruriy qoidalarining shu sohada namoyon bo‘lish shakllarini, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish jarayonida jonli va buyumlashgan mehnatning eng optimal xarajatlari asosida eng yaxshi natijalarga erishishni ta’minlaydigan shart- sharoitlar va omillarni o’rganish tushuniladi.
Iqtisodiy fanlar tizimi
|
|
|
' *
|
Tarmoq iqtisodiyoti
|
|
Sof iqtisodiy fanlar
|
|
|
Siyosiy iqtisod
|
“Industrial iqtisodiyot”
|
|
|
|
Иктисодий фанлар тарихи
|
Qishlo xo’jalik iqtisodiyoti
|
|
|
|
Iqtisodiy ta’lbmotlar tarixi
|
Qurilish iqtisoditoti
|
|
|
|
|
Transport iqtisodiyoti
|
|
Iqtisodiy nazariya
|
Savdo iqtisodiyoti
|
|
Iqtisodiy xavfsizlik
|
Iqtisodiy va yangi maxsus fundamental fanlar
|
|
Funksional tarmoqlat qtisodiyoti fanlari
|
|
|
Makroiqtisod
|
|
Moliya va kredit
|
|
|
Микроиктисодиёт
|
|
Statistika
|
|
|
Jahon iqtisodiyoti
|
|
Iqtisodiy statistika
|
|
Turizim iqtisodiyoti
|
|
|
Buxgalteriya hisobi va audit
|
|
Korxona iqtisodiyoti
|
|
|
|
Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiya
|
|
Menejment
Marketing
rasm. Iqtisodiy fanlar tizimiIII
«Industrial iqtisodiyot” fanini o‘rganish metodologiyasi va usullari
Ilm-fan metodologiyasi va usullari deyilganda, uni bilish va o‘rganish faoliyatining shakllari va usullari majmuasi tushuniladi.
Metodologiya - tadqiqot yoki bilish, anglash yo‘li, voqelikni amaliy va nazariy o‘zlashtirish usullari majmuasidir.
«Industrial iqtisodiyot” fanining nazariy, metodologik asosini sanoatning vujudga kelishi va rivojlanish muammolari bo‘yicha hozirgi nazariya, o‘zbekistonlik va xorijiy mamlakatlar iqtisodchilarining ilmiy asarlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Respublika Prezidentining asarlari tashkil etadi.
1.5-rasm. «Industrial iqtisodiyot” fanining o‘rganish usullari1
Dialektika usuli muammolar o‘rganilayotgan omillar, shart-sharoitlarning namoyon bo‘lishi va yuz berishi ziddiyatlarga, qarama-qarshiliklarga boy ekanligini inobatga olishni taqozo etadi.
«Industrial iqtisodiyot” fanining vazifalari
Har qanday fan kabi «Industrial iqtisodiyot» fani ham eng avvalo, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy qarash va nazariyalarga tayanadi. Uning asosiy vazifasi sanoat sohasiga taalluqli iqtisodiy bilim va ilm hamda muayyan ko‘nikma bilan qurollantirishdan iboratdir.
Bu fan, birinchidan, iqtisodiyotning sanoat sohasidagi sir- asrorlarini bilib olishga; ikkinchidan, bu tarmoq iqtisodiyotida qo‘llaniladigan barcha iqtisodiy tushunchalarni tavsiflashga, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy in’ikosi, ifoda etilishi ekanligini anglashga ko‘maklashadi; uchinchidan, ishlab chiqarish san’atini egallash bo‘yicha bilim va ko‘nikma beradi. Demak, «Industrial iqtisodiyot» fani faqat nazariy tomondangina emas, balki amaliy jihatdan ham bilim berish vazifasini bajaradi. Bu fanni puxta egallagan har bir iqtisodchi mavjud iqtisodiy ko‘rsatkichlarning mohiyati va ahamiyatini yaxshi tushunadigan, ularni to‘g‘ri hisoblash va aniqlashni biladigan, ular dinamikasidan tegishli xulosalar chiqara oladigan bo‘ladi.
Har qanday bilim ham, hatto, jamiyat hayotining chuqur negizlariga kirib boruvchi ilm ham muayyan harakat uchun qo‘llanma bo‘lganligi, jamiyatni tubdan o‘zgartirishning amaliy maqsadlariga xizmat qilganligi uchun qimmatlidir. Shu sababli «Industrial iqtisodiyot» ham fundamental fanlar qatoridan o‘rin olib, iqtisodiy taraqqiyotning muhim qonun-qoidalaridan sanoat sohasida foydalanish yo‘llarini ko‘rsatib berayotganligi tufayli ahamiyatli hisoblanadi.
«Industrial iqtisodiyot» fanining muhim vazifalaridan biri — bu metodologik vazifadir. «Industrial iqtisodiyot» iqtisodiy fanlar majmuida alohida o‘rin egallaydi, chunki barcha iqtisodiy-metodologik masalalarning ilmiy va amaliy talqini, eng avvalo, sanoat sohasida amalga oshiriladi.
«Industrial iqtisodiyot» fanining vazifalari respublika ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ob’ektiv sharoitlari, davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari va unga binoan amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati, ahamiyati va mazmuni bilan belgilanadi.
Ulardan eng muhimlari quyidagi rasm da keltirilgan:
Ushbu fanning yana bir eng muhim vazifasi - bu sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan xarajatlar tizimi, mahsulot tannarhi, narhlarning shakllanishi, foyda va rentabellik, moliyalash va kreditlash masalalari bo‘iicha bilim, ilm va ko‘nikmalar berishdan iborat.
sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish, boshqansh, samaradorligini oshirishning ilmiy va amaliy asoslarini aniqlash bo‘yicha bilim va ko‘nikma berish;
sanoat resurslari, ishlab chiqarish fondlari va quwatlaridan bekamu ko‘st, oqilona foydalanish;
sanoat sohasidagi tashqi iqtisodiy faoliyatning mohiyati, ahamiyati va mazmunini hamda bu boradagi o‘zaro hamkorlik va iqtisodiy integratsiyaning rolini tushuntirib berishdan ham iborat.
fan-texnika taraqqiyoti va innovatsiyaning iqtisodiy ahamiyati va mohiyatini anglash, sanoat mahsulotlarining sifati va raqobatbardoshligini ta’minlash, ishlab chiqarishning foydalilik darajasini oshira borish san’atini egallashga ko‘maklashuvi buyicha bilim va ko‘nikma berish;
• mustaqil va qudratli davlat iqtisodiy siyosatining mohiyati va maqsadim tushungan holda sanoat ishlab chiqarishi hamda uning bo‘g‘inlarida bu siyosatni amalga oshirishning yo‘l-yo‘riqlarini to‘la anglash;
• sanoat ishlab chiqarishining holati va rivojlanish xususiyatlarini 0‘iganish, tahlil etish va uning istiqbolini belgilash haqida fikrlash;
|
| |