|
Industrial iqtisodiyot
|
bet | 8/122 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,61 Mb. | | #259972 |
Bog'liq китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni2-BOB. SANOAT - MILLIY IQTISODIYOTNING YETAKCHI TARMOG‘I
2.1. Sanoatning milliy iqtisodiyot rivojidagi roli va o‘rni
Sanoat - moddiy ishlab chiqarishning eng yirik, yetakchi tarmog’idir. Unda mehnat qurollari (vositalari), mehnat buyumlari va xalq iste’mol tovarlarining ko‘pchilik qismi yaratiladi; mashina va mexanizmlarning barcha turlari, bino va inshootlarning konstruktiv elementlari ishlab chiqariladi; yer osti boyliklari qazib olish amalga oshiriladi; mineral, o‘simlik va hayvon xom ashyosiga ishlov beriladi, keng iste’mol mollari tayyorlanadi va h.k.lar.
j a d v a l
O‘zbekiston Respublikasining asosiy rivojlanish ko‘rsatkichlari - ijtimoiy- iqtisodiy ko’rsatkichlar
|
2011y.
|
2012y.
|
2013y.
|
2014y.
|
2015y.
|
2016y.
|
2017 y.
|
2018y.
|
Yalpi ichki mahsulot (mlrd. so'm)
|
78 764,2
|
97 929,3
|
120861,5
|
145 846,4
|
171 808,3
|
199 325,1
|
302 536,8
|
407 514,5
|
Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (ming so’m)
|
2 684,6
|
3 289,0
|
3 996,3
|
4 741,8
|
5 489,3
|
6 258,6
|
11970,6
|
12 365,6
|
YaIMda xizmatlar hajmi (mlrd.sum)
|
34 407,3
|
43 465,4
|
53 941,4
|
64 673,5
|
76 412,1
|
90 202,9
|
116795,7
|
133847,9
|
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
Sanoat iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari bilan ta’minlaydi. Milliy iqtisodiyot, fan, maorif, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sport, turizm va boshqa sohalar rivoji sanoatning taraqqiyot darajasiga bog‘liq.
Ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari taraqqiyotida sanoatning tarixiy roli beqiyosdir. Shu sababli uning rivoji va samaradorligi qanchalik yuqori bo‘lsa, davlatning mavqei shunchalik kuchli bo‘ladi va aholi turmush darajasi yanada yaxshilanib boradi.
Sanoat jamiyatning yetakchi kuchi bo‘lgan ishchilar sinfini o‘zida birlashtiradi. Sanoat rivoji tufayli unda band bo‘lgan xodimlarning soni ko‘payadi, ularning bilimi va ilmi, mahorati ortadi, kadrlar salohiyati yuqori darajaga ko‘tariladi.
Sanoat sohasida mehnatni ijtimoiy tashkil etishning eng oliy turi bo‘lgan konsentratsiyaning yuqori darajasi va shu asosda ijtimoiy ishlab chiqarishni uyushtirshning ilg‘or usullari - mahalliylashtirish, ixtisoslashtirish va
diversifikatsiyalash, kooperativlashtirish va kombinatlashtirish sohasida ustunlik qiladi.
Faqat yirik mashina industriyasigina fan va texnika hamda innovatsiyaning barcha yutuqlarini mujassamlashtirib, mehnatni texnika bilan qurollantirishi va
unumdorligini yuqori darajaga ko‘tara oladi.
Sanoat va ayniqsa, uning eng muhim sohasi bo‘lgan og‘ir sanoat mamlakatda kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosi hisoblanadi. U moddiy-texnika vositalarini o‘zi va boshqa tarmoqlar uchun takror ishlab chiqarish bilan bir vaqtda jamiyat a’zolari o‘rtasidagi ijtimoiy-ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirib ham boradi.
j a d v a l
YalMning tarmoqlar bo’yicha tuzilmasi, %
|
| |