• Yoqilg’i-energetika balansi
  • O’zbekiston Respublikasida gidroenergetika resurslari salohiyati va ulardan foydalanish
  • Yoqilg’i-energetika majmuasi (YoEM) -




    Download 1,61 Mb.
    bet11/122
    Sana04.06.2024
    Hajmi1,61 Mb.
    #259972
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   122
    Bog'liq
    китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni

    Yoqilg’i-energetika majmuasi (YoEM) - bu yoqilg’i-energetika resurslarni qazib chiqarish, ularni qayta ishlash, transportda tashish, taqsimlash va iste’mol qilish bo‘yicha ishlab chiqarish, jarayonlar, moddiy qurilmalar majmuini o‘z ichiga olgan murakkab tarmoqlararo tizimdir.
    Uning tarkibiga yoqilg‘i sanoati va elektroenergetika kiradi va ular iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Yoqilg‘i-energetika majmuasi mashinasozlik, metallurgiya sanoatlari mahsulotlaridan foydalanadi hamda transport majmuasi bilan bog‘liq. YoEM uchun yagona tarmoqlarni hosil qiladigan yuqori quvvatli liniyalar va quvur yo‘llari (neft, neft mahsulotlari va tabiiy gazni tashish uchun) ko‘rinishidagi rivojlangan ishlab chiqarish infratuzilmasi xarakterlidir.
    Mamlakatda YoEM ning rivojlanishidan ko‘p hollarda ijtimoiy ishlab chiqarish, birinchi navbatda sanoatning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari va miqyoslari, dinamikasi bog‘liq. Shu bilan birga, yoqilg‘i va energiya manbalariga yaqinlashish sanoatni hududiy tashkil qilishning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. YoEM ning barcha tarmoqlari o‘zaro bog‘liq. Turli xil yoqilg‘ini qazib chiqarish, energiyani ishlab chiqarish va ularni turli iste’molchilar o‘rtasida taqsimlashdagi mutanosiblik yoqilg‘i-energetika balansi bilan xarakterlanadi.
    Yoqilg’i-energetika balansi (YoEB) - bu turli xildagi yoqilg’ini qazib chiqarish va elektroenergiyani ishlab chiqarish (kirim) hamda ularni iqtisodiyotda ishlatish (chiqim) o‘rtasidagi nisbatdir. YoEB ni hisob chiqish uchun, har xil issiqlik chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan turli xildagi yoqilg‘i shartli yoqilg‘iga o‘tkaziladi, ya’ni ularning 1 kg ni yonishi 7000 kkal ga teng.
    O’zbekiston Respublikasida gidroenergetika resurslari salohiyati va ulardan foydalanish
    Respublikaning daryolari oqimining nazariy gidroenergetik umumiy saloxiyati 88,5 mlrd.kVt s ni tashkil etadi, shundan texnik gidroenergetik umumiy saloxiyati esa 21,09 mlrd. kVts.ni tashkil etadi.
    Xozirgi paytda gidroenergetikaning texnik saloxiyatining 25 % (yiliga5,5-6 mlrd.kVts. ) miqdordan foydalanilmoqda.
    Iqtisodiyotda yoqilg‘i-energetika siyosati alohida ahamiyatga ega:
    Birinchidan, bu mamlakatning geografik joylashuvi va iqlim sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular yil davomida to‘xtovsiz issiqlik va yorug‘lik bilan ta’minlashni talab qiladi;
    Ikkinchidan, energetika eng muhim infratuzilma tizimlari va ob’ektlarini (transport, aloqa, maishiy xizmat), shuningdek iqtisodiyot bazali tarmoqlari (xom ashyo resurslarini qazib chiqarish, og‘ir va mudofaa sanoati, mashinasozlik) faoliyatini ta’minlash uchun zarur;
    Uchinchidan, yoqilg‘i-energetika majmuining mahsulotlari eksport predmeti hisoblanib, undan tushadigan daromad davlat budjetiga soliq tushumlarining muhim qismini tashkil etadi.
    Sanoat taraqqiyotida yoqilg‘i — energetika majmuasining o‘rni alohida. Uning tarkibiga energetika, neft va neftni qayta ishlash, gaz va gaz kondensati, ko‘mir qazib olish va boshqa bir qator kichik sohalar kiradi. Bu majmua sanoat ishlab chiqarishining % qismini tashkil etadi.
    O‘zbekiston Respublikasi jahonda gaz ishlab chiqaruvchi 10 ta mamlakatdan biridir.
    Energetika tarmog‘i respublika iqtisodiyotning negizi, iqtisodiyot va fan-texnika taraqkiyotining mustahkam poydevori hisoblanadi.

      1. jadval


    Download 1,61 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   122




    Download 1,61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yoqilg’i-energetika majmuasi (YoEM) -

    Download 1,61 Mb.