• Respublikamizda aniqlangan ko‘mir zaxiralari IV V
  • Istiq boldagi qo’ng’ir ko’mir xavzalari
  • Istiqboldagi toshko’mir xavzalari
  • 2030 yilgacha rejalashtirilgan sohada innovatsion loyihalar
  • N ^ Neft va gaz kondensatini qayta ishlash 2 ta zavodda amalga oshiriladi
  • Industrial iqtisodiyot




    Download 1,61 Mb.
    bet14/122
    Sana04.06.2024
    Hajmi1,61 Mb.
    #259972
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   122
    Bog'liq
    китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni

    Nomlanishi

    2016

    2020

    2025

    2030




    Jami

    3 700,0

    6 940,0

    15 200,0

    15 900,0

    1.

    “O‘zbekko‘mir” AJ

    3 380,0

    5 040,0

    13 000,0

    13 000,0

    1.1.

    "Angren” ko‘mir xavzasi

    3 340,0

    4 000,0

    4 000,0

    4 000,0

    1.2.

    “Yer osti ishlari” shaxtasi

    40,0

    40,0

    3 000,0

    3 000,0

    1.3.

    “Shimoliy” shaxtasi




    1 000,0

    6 000,0

    6 000,0

    2.

    "Apartak” ko‘mir xavzasi

    160,0

    1 000,0

    1 200,0

    1 900,0

    3.

    "Shargunkumir” AJ

    160,0

    900,0

    900,0

    900,0

    4.

    “Baysun” shaxtasi







    100,0

    100,0


    Ko‘mir sanoatini ustuvor rivojlantirish uchun asosiy omillar:

    • qimmatroq energiya resurslarini mamlakat iqtisodiyotining ehtiyojlari uchun bo‘shatish maqsadida, ularni ko‘mir bilan almashtirishning maqsadga muvofiqligi;

    • mamlakatning yoqilg’i - energetik balansi tarkibida ko’mir ulushini oshirish zarurati.

    • Ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirish dasturi korxonalarni texnik jihatdan qayta jihozlash, modernizatsiya qilish, kon ishlarining samaradorligini oshirishga yordam beradigan, resurslarni tejaydigan yangi, progressiv texnologiyalarni joriy etish.

      1. jadval Respublikamizda aniqlangan ko‘mir zaxiralariIV V

    T.r.

    Ko’mir xavzalari nomi

    Zaxira xajmi (mln.tn)

    Amaldagi xolati

    Amaldagi ko’mir xavzalari

    1.

    Angren ko’mir xavzasi

    1 537,9

    777,8 mln.tonnasi “O’zbekko’mir” jamiyati tomonidan ochiq va yopiq usulda ko’mir qazib olinmoqda.
    (Nishbosh, Nougarzon xavzalari to’liq o’rganilmaganligi bois 325,7 mln.tonna ko’mir zaxirasi dastlabki geologik qidiruv ishlari natijasida aniqlangan)

    2.

    Apartak ko’mir koni

    237,2

    Ochiq usulda qazib olinmoqda.

    3.

    Yer osti ishlari filiali xududida

    146,3

    Yer osti usulida qazib olinmoqda.

    4.

    Shargun ko’mir xavzasi (toshko’mir)

    32,9

    “Sharg’unko’mir” jamiyati tomonidan yopiq usulda ko’mir qazib olinmoqda.

    5.

    Boysun ko’mir xavzasi (toshko’mir)

    13,0

    Avval “Sharg’unko’mir” jamiyati tomonidan yopiq usulda ko’mir qazib olingan.

    Istiq

    boldagi qo’ng’ir ko’mir xavzalari

    1.

    Vodil ko’mir xavzasi

    132,5

    Kon g’arbida geologiya qidiruv ishlari natijasida 20,4 mln. tn ko’mir zaxirasi aniqlangan. Kon chuqurligi 500 m.gacha va axoli zichligini inobatga olib keyingi geologiya ishlari to’xtatilgan.

    2.

    Qoraqalpog’iston va G’arbiy Qizilqum (Navoiy) xavzalari

    1 100,0

    Geologiya qidiruv ishlariga loyixa xujjatlari tayyorlangan. G’arbiy Qizilqumda chuqurligi 80 m.dan 730 m.gacha. xavza aniqlangan

    Istiqboldagi toshko’mir xavzalari

    1.

    Nilyu uchastkasi (Surxandaryo)

    138,3

    Geologiya qidiruv ishlariga loyixa xujjatlari tayyorlangan. Budjet xisobidan dala geologiya qidiruv ishlari olib borilmoqda.

    2.

    Xovuz, Oqsuv, Fangart uchastkasi (Surxandaryo)

    Geologiya qidiruv ishlariga loyixa smeta xujjatlari tayyorlanmoqda.

    3.

    Guldara, Vuari, Zarmas, Qumurli, Toshqo’rg’on (Qashqadaryo)

    Geologiya qidiruv ishlarini amalga oshirish masalasi qo’shimcha o’rganilishi talab etiladi.


    2.9-jadval
    2030 yilgacha rejalashtirilgan sohada innovatsion loyihalar1.



    Loyixa nomi

    Ishlab chiqariladigan mahsulot

    1

    Angren ko’mir konida tarkibida ko’mir mavjud bulgan chiqindilardan organik mineral o’g’itlarni ishlab chiqarish

    Organik mineral o’g’itlar

    2

    Angren ko’mir konida ikkilamchi kaolinlar va oxaktoshlardan glinozem-sement ishlab chiqarishni tashkil etish.

    glinozem, sement M500-M600, glinozemli sement, oltingugurtli alyuminiy, goidrooksid alyuminiy

    3

    «Uzbekko’mir» AJ xududiy distribyutorlik markazlari bazasida briket ishlab chiqarishni tashkil etish.

    briketlangan ko’mir

    4

    Kamyob elementlarni aniqlash maqsadida birlamchi kaolinlarda geologiya qidiruv ishlarini olib borish.

    kamyob elementlarning konsentrati

    5

    Baysun ko’mir konida aktivlangan ko’mir ishlab chiqarishni tashkil etish.

    aktivlangan ko’mir

    6

    Shargun ko’mir konida gips va ohaktoshlar qidiruv ishlarini ohiriga yetkazish, hamda qazib olininishini tashkil etish.

    gips va ohaktoshlar

    7

    Tarkibida Germaniy mavjud bo’lgan ko’mirni selektiv usulda qazib olish va uni kayta ishlash, hamda tarkibidagi Germaniyni ajratib olish bo’ycha ishlab chiqarishni tashkil etish.

    Germaniy


    Neft sanoati yoqilg‘i sanoatining eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi va neftni qayta ishlash korxonalaridan tashkil topadi. Hozirgi davrda sanoatning bu tarmog‘i mamlakat iqtisodiyot va aholining neftga bo‘lgan talabini to‘la qondirish imkoniyatlariga ega bo‘ldi. Shu sababdan ham bu tarmoqning ahamiyati beqiyos.
    Neftni qayta ishlash sanoati sohasida Oltiariq, Farg‘ona, Buxoro neftni qayta ishlash zavodlari ishlab turibdi. Farg‘ona zavodi surkov moylar va yonilg‘i ishlab chiqarishga ihtisoslashgan, ishlab chiqarish bo‘yicha 50 ga yaqin texnologik qurilmaga ega. Oltiariq neft zavodi esa yonilg‘i yo‘nalishida, Ko‘kdumaloq neft-gaz koni ochilgandan keyin 1993 yildan Fransiyaning TEKNEP firmasi bilan hamkorlikda Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilishi boshlandi. Uning yiliga 2,5 mln. tonna gaz kondensatini qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan 1-navbati 1997 yil avgustda ishga tushirildi. Neftni qayta ishlash zavodlarida yuqori oktanli benzin, dizel yoqilg‘isi, koks, parafin, motor moylariga qo‘shilmalar, yengil mashinalar uchun motor va surkov moylari (kompressor, turbina, urchuq moylari), kerosin, bitum, suyultirilgan neft gazlari (butan, texnik propan va b.), mazut kabi 50 dan ortiq turdagi neft mahsulotlari ishlab

    chiqariladi. Yangi mahsulot turlari ishlab chiqarish dasturiga muvofiq yangi texnologiyalar o‘zlashtirilmoqda.
    N^Neft va gaz kondensatini qayta ishlash 2 ta zavodda amalga oshiriladi:
    Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi (1959 yilda ishga tushirilgan, 2000 yilda rekonstruksiya qilingan)
    Buxoro neftni qayta ishlash zavodi (1997 yilda ishga tushirilgan)
    Gazni qayta ishlash 3 ta zavodda amalga oshiriladi:
    Muborak gazni qayta ishlash zavodi (1971 yilda ishga tushirilgan bo’lib, gaz kondensati, suyultirilgan gaz, gazli texnik oltingugurt kabi mahsulotlarni ishlab chiqaradi)
    SHo’rtan gazni qayta ishlash zavodi (har yili 20 mlrd. kub m gazni qayta ishlaydi)
    SHo‘rtan gaz-kimyo kompleksi (2001 yil ishga tushirilgan)
    Ustyurt gaz-kimyo kompleksi kelgusida respublikada to‘rtinchi gazni qayta ishlash zavodi bo‘ladi (har yili 4,5 mlrd. kub m gazni qayta ishlaydi, 2016 yilga ishga tushirilgan)

    Download 1,61 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   122




    Download 1,61 Mb.