• Qora metallurgiya
  • Rangli metalurgiya
  • Oltin qazib olish sanoati.
  • Industrial iqtisodiyot




    Download 1,61 Mb.
    bet15/122
    Sana04.06.2024
    Hajmi1,61 Mb.
    #259972
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   122
    Bog'liq
    китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni

    Metallurgiya sanoati. Hozirgi O‘zbekiston hududida rudadan metal olish 4-5 ming yildan ziyod tarixga ega. Qadimda misdan turli buyumlar tayyorlangan. Keyinroq rudadagi metallardan qalay, kumush, oltin va boshqalarni eritish, quyish va qizdirib ishlash o‘zlashtirilgan, dastlabki tanga pullar zarb qilingan. Ilk o‘rta asrlarda Farg‘onada, Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron vodiylaridagi bir qancha hududlarda zargarlik, mis-garlik, temirchilik, degrezlik, rixtagarlik rivojlangan. Rux, surma, margimush, vismut, kobalt kabi rangli metallar ma’lum bo‘lmasada, ularning qotishmalaridan keng foydalanilgan.
    Qora metallurgiya sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan yagona korxona Bekobod shahridagi “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” Aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasidir. Unda po‘lat va po‘lat prokatlar, turli aylanma xajmdagi po‘lat soqqalar, va po‘lat trubalar hamda chiroyli va bejirim sirli idishlar ishlab chiqariladi.
    Rangli metalurgiya — respublika metalurgiyasining eng muhim, yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Sanoatning bu turi O‘zbekistonda XX asrning 25- yillaridan jadal rivojlana boshladi. Rangli, nodir va qimmatbaho metal (mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, molibden, kumush, oltin, simob) konlari topildi.
    Rangli metallar sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish jarayonlarini intensivlashtirish, turli foydali qazilmalarning yangi konlarini o‘zlashtirish hisobiga rangli metallurgiya ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish mo‘ljallanmoqda, shu bilan birga, yangi fabrika va konlar barpo etiladi. Jizzax viloyatida O‘zquloq ko‘rg‘oshin-ruh koni, Surxondaryo viloyatida Xonrizm kon boyitish korxonasi quriladi. Olmaliq kon - metallurgiya kombinatida mis, ruh, sulfat kislotasi va yo‘ldosh elementlarni ishlab chiqarish ko‘paytiriladi.
    Oltin qazib olish sanoati. Markaziy Osiyoda, xususan, hozirgi O‘zbekiston yerlarida miloddan avvalgi VI-V asrlardayoq oltin qazib olingan va undan turli taqinchoqlar, zargarlik buyumlari, bezaklar yasalgani mavjud arxeologik

    topilmalardan ma’lum. Tug‘ma (erkin uchraydigan) oltin konlarini o‘zlashtirishga qadar oltin asosan sochma konlarda juda ibti-doiy usullarda oltin zarralari aralash qumni qo‘y terisi qore-jagan yog‘och tog‘oralarda yuvib, ajratib olingan. Sochma oltin olish X-XI asrlarda Chotqol, Chirchiq, Norin, Koson, So‘x, Zarafshon, Darvoz daryolari vodiylarida olib borilganlagi haqida ma’lumotlar bor.
    O‘rta asrlarda oltinli qumlarni yuvish bilan birga mo‘g‘ullar bosqiniga qadar kovlangan Chotqol-Qurama, Nurota tog‘larida, markaziy Qizilqumdagi konlarda tug‘ma oltin kon lahmlari hozirgacha saqlanib qolgan. O‘zbekistonda ma’lum bo‘lgan konlarning ko‘pchiligidan qadimgi konchilar qisman foydalanganlar.
    XIX asrning 80-yillaridan boshlab, Markaziy Osiyoning xom ashyo resurslarini o‘rganila boshlandi. O‘lkaning barcha joylarida tadqiqotlar o‘tkazildi, geologik kartalar to‘zildi, ayrim konlar tavsiflandi. Chirchiq, Piskom va Chotqol daryolari vodiylarida kichik-kichik oltin izlovchi korxonalar oltin olish bilan shug‘ullana boshladilar, 1913-1917 yillarda esa Obirahmat darasi (Toshkent viloyati) dagi oltin konidan foydalanildi.
    Noyob metall konlarini qidirib topish va ulardan foydalanish muammolarini hal qilish ishlarida markaziy ilmiy muassasalar faol ishtirok etdilar. 30-yillar boshida «O‘zbekoltinnoyobmet» tresti tashkil etildi. O‘sha yillari Ohangaron, Chirchiq daryolari vodiylarida, Qurama tog‘larida oltin izlovchilar oltin qumini yuvish usulida ajratib olganlar, lekin yillik oltin olish bir necha o‘n kilogrammdan oshmagan.
    1941-1945 yillarda oltin izlovchilik (artel) yo‘li bilan oltin ajratib olish jadal olib borildi, olingan yillik oltin miqdori qariyb 50 kg. ga yetdi. Rudali oltin izlash va qidiruv bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida Qoraqo‘ton, Bichanzor, Pirmurob, G‘o‘saksoy, so‘ngra Ko‘chbuloq, Muruntov, Chormiton, Maryayunbuloq, Kauldi, Qizilolmalisoy, Sarmich va boshqa rudali oltin konlari topildi. 1965 yilda Metallurgiya vazirligiga bo‘ysinuvchi «O‘zbekoltin» birlashmasi va boshqa oltin qazib olish korxonalari tashkil etildi. Birlashma qazib olgan flyus rudalaridan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining kimyo eritish zavodida oltin ajratib olish yo‘lga qo‘yildi. 1970 yili Chodak oltin koni ishga tushirildi. O‘sha vaqtdan respublikada oltin qazib olish sanoati shakllandi, oltin olish oldingi yillardagiga nisbatan uch marta ko‘paydi. 1972 yilda Ko‘chbuloq koni va Angren oltin ajratish fabrikasi loyiha quvvatlarida ishlay boshladi. 1977 yili Kauldi, 1980 yili Marjonbuloq oltin qazib olish majmui, 1989 yili Zarafshon va Qizilolmachisoy konlari foydalanishga topshirildi.
    Respublika mustaqillikka erishishi bilan O‘zbekiston hukumati uzoq yillar davomida sobiq ittifoq ixtiyorida bo‘lgan oltin qazib olish sanoatini respublika mustaqilligini mustahkamlash yo‘lida rivojlantirish bo‘yicha bir qancha tashkiliy choralar ko‘rdi.
    Respublikada 40 dan ortiq oltin koni aniqlangan. Oltinning asosiy zahiralari Markaziy Qizilqumdagi oltin konlarida mujassam. O‘zbek oltini jahonning eng yuqori sifat standartlariga mos bo‘lib, to‘rtta to‘qqiz raqami bilan baholanadi va u oxirgi 25 yilda e’tiroz (reklamatsiya) olgani yo‘q. So‘nggi yillarda u sifati uchun bir necha bor halqaro sovrinlar bilan taqdirlandi.
    Yevroosiyo qit’asida eng katta hisoblanadigan, rudasi tarkibida oltin ko‘p bo‘lgan Muruntov koni dunyodagi gigant konlari jumlasiga kiradi. Ushbu konning 31
    topilishi halqaro geologiya jamoatchiligi tomonidan oltin qazib chiqarish bo‘yicha XX asr ikkinchi yarmining eng katta kashfiyoti deb e’tirof etildi.
    Muruntovdagi affinit korxonasida zamonaviy oltin tozalash texnologiyasi joriy etilgan bo‘lib, u bir qancha nou-xauni o‘z ichiga oladi. Bu esa, juda yaxshi tovar ko‘rinishiga ega bo‘lgan yuqori probali oltin olish imkoniyatini beradi.
    Mamlakat mustaqilligining dastlabki yillarida infratuzilmasi yuqori darajada rivojlangan Samarqand va Toshkent viloyatlarida oltin rudali konlar aniqlandi va razvedka qilindi. Dunyoning eng yirik oltin rudali provinsiyasi bo‘lgan Qizilqumdagi Muruntov koni bilan bir qatorda Aji-bugut, Bulutkon, Balpantov, Aritontov, Turbay va boshqa yangi konlar aniqlandi va o‘rganildi.
    Xulosa qilib shuni aytish kerakki, oltin qazib chiqarish bo‘yicha juda katta ishlar amalga oshirildi. Natijada O‘zbekiston oltin qazib chiqarish bo‘yicha dunyoda sakkizinchi, MDH da esa ikkinchi (Rossiyadan keyin) o‘ringa chiqib oldi! Aholi jon boshiga oltin ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha O‘zbekiston MDHda birinchi va dunyoda beshinchi o‘rinda turadi.
    Respublika kumush konlariga ham ega. Bular Navoiy viloyatidagi Visokovoltnoye, O‘qjetpes, Kosmonavtchi va Namangan viloyatidagi Oqtepa konlaridir. Katta miqdordagi tasdiqlangan zaxiralar oltin va mis-porfir konlarida mavjud. Oqtepa koni kumush qazib chiqarish bo‘yicha eng istiqbolli va chet ellik investorlar uchun jozibali kondir.
    O‘zbekistonda qimmatbaho metallar bilan bir qatorda uran ham qazib olinadi. Uni olish uchun mineral xom ashyo bazasi mavjud. Uran eng samarali va ekologiya nuqtai nazaridan optimal hisoblangan usul - yer ostida ishqorlarni yuvish usuli bilan olinadi.
    Mis, ko‘rg‘oshin, ruh sanoati asosan Ohongaron-Olmaliq kon sanoati rayonida Qo‘rg‘oshinkon-Oltintopgan polimetall konlari, Qalmoqqir mis konlari negizida shakllana boshlagan. Ushbu sanoat tarmog‘ining yetakchi korxonasi tugal metal- lurgiya sikliga ega bo‘lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hisoblanadi. Kombinatning mis majmuasi Qalmoqqir mis koni, ruda boyitish fabrikasi, metallurgiya zavodidan, qo‘rg‘oshin - ruh majmuasi Qo‘rg‘oshinkon, Oltintopgan, Chalaga va boshqa konlar, ruda boyitish fabrikasi, metallurgiya zavodlarini o‘z ichiga oladi. Ular asosan tozalangan misni eksport qilmoqda. Har yili bir necha o‘n ming tonna mis ishlab chiqarayotgan O‘zbekiston mis zahiralari bo‘yicha dunyoda 10- o‘rinda turadi. Ruda konidagi rangli metallar qatlamlari asosan Toshkent viloyatining Olmaliq rudali maydonida joylashgan. Bu yerdagi uchta konda bir necha mis zahiralari bor deb taxmin qilinmoqda. Bundan tashqari, Dalneye koni razvedka qilingan. Zahiralarning kattaligi, qazib chiqarish tannarxi, rudadagi misning tarkibi jihatidan MDH mamlakatlarida hali unga teng keladigan kon yo‘q. Volfram, molibden, litiy sanoatining yirik korxonasi O‘zbekiston qattiq qotishmalar va o‘ta chidamli Chirchiq metallar kombinati hisoblanadi. Kombinat ingichka volfram (Sa- marqand) va Qo‘ytosh volfram, molibden (Jizzax) konlari rudalari hamda mis rudalaridan ajratib olinadigan molibden negizida ishlaydi. Kombinatda birinchi molibden quyilmasi 1956 yili olingan. 1957 yildan esa qattiq qotishmalar ishlab chiqarish boshlangan. Kombinat mahsulotlari (100 turdan ortiq) elektrotexnika, po‘lat eritish, kon burg‘ilash sohalarida keng qo‘llaniladi.
    2010 - 2013 yillar mobaynida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida umumiy qiymati 146 million dollar bo‘lgan Xonjiza konida polimetall rudalari, ya’ni rux, qo‘rg‘oshin, mis va kumushning katta zahiralarini qayta ishlash bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirildi.
    Respublikada yana bir qator nodir va sochma metallar — reniy, selen, tellur, skandiylar ishlab chiqariladi, rangli metallarning ikkilamchi quyilmalarini olish yo‘lga qo‘yilgan. Alyuminiy parchalarini qaytadan eritib, yiliga bir necha o‘n ming tonna ikkilamchi alyuminiy iqtisodiyotga yetkazib berilmoqda.

    Download 1,61 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   122




    Download 1,61 Mb.