|
Referat " Muxandislik" fakulteti " " fanidan
|
bet | 1/6 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 134,9 Kb. | | #233132 | Turi | Referat |
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
QO‘QON FILIALI
REFERAT
“Muxandislik” fakulteti
“ ______________________________________________” fanidan
Mavzu: TUPROQGA MINERAL O‘G‘ITLAR SOLISHNING ZARURYATI
Topshirdi:
Qabul qildi:
QO‘QON – 2024
TUPROQGA MINERAL O‘G‘ITLAR SOLISHNING ZARURYATI
Reja
1. Tuproqqa mineral o`g`itlar solishning zarurati.
2. O`g`itlar klassifikatsiyasi
3. Mineral o`g`itlardan to`g`ri foydalanish
Tuproqqa mineral o`g`itlar solishning zarurati.
Tuproqqa mineral o`g`itlar solishning zarurati. Kimyolashtirish, kompleks mexanizatsiyalash, elektrlashtirish, melioratsiya ishlari va tuproqning unumdorligini oshirish borasidagi boshqa tadbirlar asosida ishlab chiqarishni yanada intensivlashtirish qishloq xo`jaligini yuksaltirishdagi asosiy yo`nalish hisoblanadi.
Qishloq xo`jaligini intesivlash ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyoti bilan ob`ektiv ravishda bog`liq bo`lgan iqtisodiy jarayonlar qatoriga kiradi.
Qishloq xo`jaligini izchil va har tomonlama intesivlashda kimyolashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Kimyolashtirish o`g`itlar, o`simliklarni muhofaza qilishning kimyoviy vositalari, gerbitsidlar, defoliantlar va desikantlardan foydalanishdan iborat.
O`simlik o`sish davrida ba`zi elementlarni havodan bargi orqali, ba`zilarini tuprokdan oladi.
O`simliklar tarkibiga 70 dan ortiq kimyoviy elementlar kiradi. Ulardan 16 tasi: organogenlar deb ataladigan – uglerod, kislorod, vodorod, azot; zolli elementlar deb ataladigan – fosfor, kaliy, kal`tsiy, magniy va oltingugurt; mikroelementlar deb ataladigan – bor, molibden, mis, rux, kobal`t, marganets va temir o`simliklarning hayot faoliyati davomida muhiya ahamiyatga egadir. Bir element o`rnini boshqasi bosa olmaydi, chunki ularning har bir o`simliklarda o`ziga xos funktsiyalarni bajaradi. O`simliklar va tuproq tarkibiga boshqa elementlar ham, masalan, kremniy, natriy, xlor va boshqalar kirishi mumkin.
Ammo bu yoki boshqa elementlarning bo`lishi o`simliklar hayoti uchun muhim ahamiya kasb etmaydi.
Yashil elementlarga atmosferadan keluvchi asosiy elementlar uglerod, kislorod va vodorod hisoblanadi.
Bu elementlarning ulushi o`simlikning quruq massasiga nisbatan 93,5% ni tashkil etadi, shu jumladan uglerodga – 45%, kislorodga – 42% va vodorodga – 6,5% to`g`ri keladi.
O`simlikning me`yorida o`sishi va rivojlanishi uchun uni etarli miqdordagi ozuqa moddalari bilan ta`minlanishi kerak. O`simliklar uchun azot, fosfor, kaliy, kal`tsiy, magniy, oltingugurt va temir asosiy ozuqa moddalari hisoblanadi. O`simliklardagi bu elementlar miqdori yuzdan bir ulush foizdan bir necha
foizgacha bo`ladi va makroelementlar deyiladi. O`simliklarga bulardan tashqari, shuningdek, bor, molibden, mis, marganets, rux va boshqa shular kabi bir qator o`simlik va tuproqda mingdan bir ulush foizda bo`ladigan moddalar zarurdir. Ularni mikroelementlar deyiladi.
O`simliklarning hayotiy faoliyatida uglerod, kislorod va vodoroddan keyin azot fosfor va kaliy ham muhim ahamiyatga egadir. Bunday elementlar tutgan o`simliklarning ozuqa mahsulotlari qishloq xo`jaligida asosiy mineral o`g`itlar nomi bilan yuritiladi.
Fosfor, azot va kaliy o`simlik uchun eng zarur ozuqa moddalardir. O`simlik bu elementlarni tuproqdan oladi, tuproqda bu moddalar miqdori yildan-yilga kamayib, tuproqning unumdorligi pasayib boradi, bu ekinning hosildorligiga salbiy ta`sir etadi. Tuproqning unumdorligini oshirish uchun erni etarli darajada o`g`itlanishi kerak.
Go`ng - organik o`g`itlardan eng foydaligi hisoblanadi. Go`ng tarkibida uning har tonnasida 5 kg azot, 2,5 kg fosfat angidrid va 6 kg kaliy oksid bo`ladi. Tuproqni ozuqa moddalari bilan etarlicha ta`minlashi uchun gektariga 20 t dan 40 t gacha go`ng solinishi lozim. Organik o`g`itlar qishloq xo`jaligining kun sayin o`sib borayotgan talabini qondira olmaydi, chunki go`ng va boshqa organik o`g`itlar tarkibidagi ozuqa moddalari mineral o`g`itlardagiga nisbatan bir necha barobar kamdur.
Masalan, 1 t go`ng tarkibida 5 kg azot bo`lsa, 1 t ammiakli selitrada 350 kg azot bo`ladi.
Lekin, mineral o`g`itlarni bilgan holda, me`yorida ishlatilishi kerak. Tuproqni o`g`itlashtirishning o`zigina hosildorlikni oshirishning yagona sharti bo`lib hisoblanmaydi. Buning uchun tuproqning sifatini yaxshilanishi, ekinni belgilangan vaqtda sug`orilishi, o`simliklarni to`g`ri rivojlantirilishi, turli kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish lozimdir.
Mineral o`g`itlardan foydalanilishidan yildan-yilga paxta va boshqa texnika ekinlarining hosili tobora ortmoqda. Masalan, 1930 yilda O`rta Osiyo respublikalarida har gektar erdan 7-8 ts paxta olingan bo`lsa, hozirga paytga kelib, gektaridan o`rta hisobda 29,2 ts hosil olinmoqda. Tuproqqa solingan har 1 kg
fosfor qo`shimcha 6-7 kg paxta, 50-60 kg kartoshka, har 1 kg azot esa qo`shimcha ravishda 15-20 kg paxta va 150 kg kartoshka olish imkonini bermoqda (1.1 – jadval).
*Tuproqdagi zaxirasiga qarab kaliyli o`g`it solinadi.
Mineral o`g`itlar ekinning hosildorligiini oshirishi bilan birgalikda mahsulotlar sifatini ham yaxshilaydi: dondagi oqsil va kartoshkadagi kraxmal miqdorlarini ko`paytiradi, paxta tolasining pishiqligini oshiradi.
Hosildorlikni oshirishdaga omillarni baholashda: AQSh da 50% gacha, Frantsiyada 50-70% gacha qo`shimcha hosil olish o`g`itlar hissasiga to`g`ri keladi. O`tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko`ra, hosildorlikning oshirishdagi o`g`itlarning ulushi MDH mamlakatlarining qoratuproqli mintaqalarida 40-50% ga, noqoratuproqli mintaqalarida 60-75% ga O`rta Osiyoda, xususan, O`zbekiston Respublikasi xududidagi unumdor tuproqlarda 50-60% ga to`g`ri keladi.
O`g`itlar klassifikatsiyasi. O`g`itlar kelib chiqishiga ko`ra, noorganik – mineral, organik, organo-mineral va bakterial turlariga klassifikatsiyalanadi. Ular qattiq, suyuq va suspenziyali holatda bo`lishi mumkin.
Mineral o`g`itlar (yoki sun`iy o`g`itlar). Ular sanoat – ishlab chiqarish yo`li: noorganik xom ashyolarni kimyoviy yoki mexanik qayta ishlash (masalan, agrokimyoviy rudalar – fosforitlar, kaliyli tuzlar, dolomitlar va xokazolarni maydalash) orqali tayyorlanadigan noorganik mahsulotlardan hosil qilinadi. Xom ashyo sifatida xizmat qiladigan havo azotidan yoki tarkibida o`simliklar uchun ozuqa bo`ladigan moddalar tutgan ayrim kimyoviy ishlab chiqarish korxonalarining oraliq mahsulotlaridan olingan moddalar ham mineral o`g`itlar qatoriga kiradi. Masalan, ammoniy sul`fat – kokslash pechi gazlari yoki kaprolaktam ishlab chiqarishning oraliq mahsulotlaridan olinadi. Fosfor tutgan rudalardan metallarni suyuqlatirib olinishida fosforli o`g`itlar sifatida qo`llaniladigan tomasshlak yoki martenli asosiy dashqollar olinadi. Xom ashyoni kimyoviy qayta ishlash natijasida olinadigan mineral o`g`itlar ta`sir etuvchi moddalarning yuqori kontsentratsiyaliligi bilan ajralib turadi.
Ta`sir etuvchi modda bo`yicha mineral o`g`itlar: azotli, fosforli, kaliyli va mikroelementli (borli, molibdenli va b.) turlarga bo`linadi.
Organik o`g`itlar. Ulardagi elementlar o`simlik va hayvonlardan olinadigan chiqindi moddalar tarkibida bo`ladi. Bunday o`g`itlarga birinchi navbatda go`ng, shuningdek o`simlik va hayvonlardan kelib chiqadigan chiqindilar (torf, kunjara, baliq va parranda chiqindisi, suyak uni, aholi chiqindisi va turli oziq-ovqat mahsulotlari chiqindilari) ni qayta ishlash natijasida olinadigan mahsulotlar ham kiradi, bunga yashil o`g`itlarni ham kiritish mumkin.
Organo-mineral o`g`itlar tarkibida organik va mineral moddalar bo`ladi; bunday o`g`itlar torf, ko`mir va boshqalar kabi organik moddalarni ammiak yoki fosfat kislota bilan qayta ishlash orqali olinadi. Ularnishuningdek go`ng yoki torfni fosforli o`g`itlar bilan aralashtirish yo`li bilan ham olinadi.
Bakterial o`g`itlar – tuproqdagi va o`g`itlardagi havo azoti yoki minerallashgan organik moddalarbilan oziqlanuvchi mikroorganizmlar tutgan preparatlar kiradi. Bunday o`g`itlar qatoriga azotobakterin, tuproq nitragini kiradi.
Mineral o`g`itlar agrokimyoviy ta`siri bo`yicha to`g`ri-to`g`ri ishlatiladigan, bilvositafoydalaniladigan va o`simliklar o`sishini boshqaruvchi preparatlar turlariga bo`linadi.
To`g`ridan-to`g`ri ishlatiladigan o`g`itlar o`simliklarning bevosita oziqlanishiga mo`ljallangan.
Ular tarkibida o`simliklar hayoti uchun muhim bo`lgan elementlar: azot, fosfor, kaliy, magniy, oltingugurt, temir, shuningdek mikroelementlar (bor, molibden, mis, rux, kobal`t) tutadi. To`g`ridanto`g`ri ishlatiladigan o`g`itlar, o`z navbatida, oddiy (bir yoqlama) va kompleks ( ko`p yoqlama) o`g`itlarga bo`linadi.
Oddiy o`g`itlar tarkibida o`simliklar oziqluvchi elementlar: azot, fosfor, kaliy, magniy, bor vaboshqalardan bittasi bo`ladi. Ular ham o`z navbatida azotli, fosforli, kaliyli, mikroelementli o`g`itlarturlariga bo`linadi.
Azotli o`g`itlar suvda yaxshi eriydi, ular azot birikmalarining: ammiakli, ammoniyli, amidli va bushaklning turli hosilalari (ammiak-nitratli, ammiak-amidli va x.o.) shakllari bilan farqlanadi. Bundan tashqari, yuvilmaydigan va suvda qiyin eriydigan azotli o`g`itlar, masalan karbamid-formaldegidli, izobutilendikarbamid, oksamid va boshqalar ham ishlatiladi.
Fosforli o`g`itlar. Eruvchanligi va o`simliklarga o`zlashishi jihatdan fosforli o`g`itlar uchta guruhga bo`linadi:
1) suvda eruvchan, ulardagi fosforli birikmalarning asosiy qismi suvda eriydi, shu sababli o`simliklarga oson o`zlashadi; bunday o`g`itlar tarkibiga: superfosfat, qo`shaloq superfosfatlar, shuningdek, murakkab fosforli o`g`itlar – ammofos, nitroammofos - Q, nitroammofoska, nitrofoska, karboammofoska va boshqalar kiradi;
2) tsitratli eruvchan, ularga tarkibida limon kislota ammoniyli tuzining ammiakli eritmasi (ammoniytsitrat) da eriydigan fosfor birikmalari tutgan o`g`itlar kiradi; ammoniy tsitrat eritmasining muhiti tuproq eritmasi muhitiga yaqin bo`lganligi uchun bunday o`g`itlarni o`simliklar tomonidan yaxshi o`zlashtiriladi; tsitratli eruvchan o`g`itlarga: pretsipitat (dikal`tsiyfosfat) kabi o`g`itlar kiradi;
3) limonli eruvchan, bunday o`g`itlar suvda va ammoniy tsitrat eritmasida erimaydi, ammo limon kislotasining 2% li eritmasida eriydi; ularga: ftorsizlangan fosfatlar, tomasshlak, qisman fosforit uni (mayda fraktsiyasi) kiradi; kam eruvchanligiga qaramay, bunday o`g`itlar kislotali tuproqlarda yaxshi samara beradi; bunday o`g`itlardagi fosfor birikmalari sekinlik bilan (xattoki yillab) tuproq eritmasiga o`tadi va o`simliklarga o`zlashadi, shuning uchun ularni sekin ta`sir etuvchi o`g`itlar deb ham ataladi.
Kaliyli o`g`itlar kontsentrlangan (kaliy xlorid, kaliy sul`fat, kalimagneziya va boshqa) va etilmagan tuzlar (sil`vinit, kainit) turlariga bo`linadi. Suvda erimaydigan minerallar (nefelin, dala shpati) to`g`ridan-to`g`ri o`g`it sifatida foydalanilmaydi, ular kaliyli o`g`itlar olish uchun xom ashyo vazifasini o`taydi. Masalan, nefelindan kaliy sul`fat olinadi.
Mikroo`g`itlar – kam me`yorda (gektariga gramm va kilogrammlarda) qo`llaniladigan o`g`itlar hisoblanadi. Tarkibida mikroelementlar tutgan – borat kislota, mis(II)-sul`fat, ammoniy molibdat va boshqa texnik tuzlar ishlatiladi. Kolchedan kuyundisi, marganetsli quyqum (shlam), cho`ktirilgan magniy borat va boshqa mikroelementli chiqindilar suvda erimaydi. Ularni suvda eriydigan holatga qayta ishlanadi yoki to`g`ridan-to`g`ri o`g`it sifatida ishlatiladi. Qishloq xo`jaligida suvda eriydigan ham, suvda erimaydigan ham mikroo`g`itlar ishlatiladi.
Kompleks o`g`itlar – tarkibida kamida ikkita ozuqa elementi tutgan o`g`itlar hisoblanadi.
Ikkilamchi komplekslar o`g`itlar (masalan, azot-fosforli, azot-kaliyli, fosfor-kaliyli) va uchlamchi kompleks o`g`itlar (masalan, azot-fosfor-kaliyli) turlarga bo`linadi. Uchlamchi o`g`itlar to`la tarkibli o`g`itlar deyiladi. Kompleks o`g`itlar tarkibida shuningdek mikroelementlar, pestitsid va o`stiruvchi moddalar qo`shimchalari bo`lishi mumkin.
Kompleks o`g`itlar ularni ishlab chiqarish xususiyatiga ko`ra guruhlanadi:
- aralash o`g`itlar turli kukunsimon yoki donadorlangan tayyor o`g`itlarni mexanik usulda aralashtirish yo`li bilan olinadi;
- murakkab-aralash donadorlangan o`g`itlar aralashtirish jarayonida kukunsimon tayyor o`g`itlarni suyuq reagentlar (ammiakli suv, fosfat yoki sul`fat kislota va boshqalar) qo`shish bilan aralashtirilish orqali olinadi;
- murakkab o`g`itlar yagona texnologik jarayonda xom ashyoni qayta ishlash orqali olinadi.
Ta`sir etuvchi moddalarning kontsentratsiyasi bo`yicha o`g`itlar shartli ravishda quyi kontsentratsiyali (oddiy), tarkibida 20-25% gacha; kontsentrlangan – 30-38%; yuqori kontsentratsiyali – 60% dan ko`p va ul`tra kontsentrlangan – 100% dan ko`p ta`sir etuvchi komponentli turlarga bo`linadi.
Bilvosita foydalaniladigan o`g`itlar – o`g`itlardan foydalanish sharoitini yaxshilash maqsadida tuproqqa kimyoviy, fizik va mikrobiologik ta`sir etish uchun qo`llaniladi, masalan, tuproq kislotaliligini neytrallash uchun maydalangan ohaktosh, dolomit yoki so`ndirilgan ohak qo`llaniladi; sho`rxok tuproqlar melioratsiyasi uchun gips ishlatiladi, shu bilan bir vaqtda u kal`tsiy manbai hisoblanadi; tuproq kislotaliligini (fosforli o`g`it bilan solinadigan fosfor birikmalarining eruvchanligini oshirish maqsadida) oshirish uchun nitriy bisul`fit ishlatiladi.
O`g`itlar fiziologik kislotali, fiziologik ishqoriy va fiziologik neytral turlariga bo`linadi.
Fiziologik kislotali o`g`itlarga o`simliklar asosan kationlarni o`zlashtiradigan o`g`itlar kiradi, anionlar esa tuproq eritmasini kislotaliligini oshiradi, masalan, ammoniy sul`fat, ammoniy nitrat, kaliy xlorid, kaliy sul`fat va boshqalar. Fiziologik kislotali o`g`itlarga ammoniyli azotli o`g`itlar, shuningdek karbamid ham kirishi mumkin. Nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar ta`sirida ammiak nitrat kislotagacha oksidlanishi natijasida tuproq kislotaliligi ortadi.
Fiziologik ishqoriy o`g`itlarga anioni o`simliklarga assimilyatsiyalanadigan o`g`itlar kiradi, ulardagi kation esa tuproq muhitini ishqorlashtirgan holda to`planadi. Masalan, bunday o`g`itlarga natriy, kaliy va kal`tsiy nitratlari kiradi.
Kimyolashtirish, kompleks mexanizatsiyalash, elektrlashtirish, melioratsiya ishlari va tuproqning unumdorligini oshirish borasidagi boshqa tadbirlar qishloq ho‘jaligini yuksaltirishdagi asosiy yo’nalishlardan hisoblanadi.
Qishloq ho‘jaligini izchil va xar tomonlama intesivlashda kimyolashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Kimyolashtirish o‘g‘itlar, o‘simliklarni muxofaza qilishning kimyoviy vositalari, gerbitsidlar, defoliantlar va desikantlardan foydalanishdan iborat.
O‘simlik o‘sish davrida ba’zi elementlarni havodan barg orqali, ba’zilarini tuproqdan oladi. O‘simliklar tarkibiga 70 dan ortiq kimyoviy elementlar kiradi.
Qishloq xo‘jalik ekinlaridan mo‘l - ko‘l hosil olish garovi - bu ularni to‘liq va yetarlicha oziqlantirishdir. O‘simliklarning hayoti uchun yorug‘lik, issiqlik, suv va ozuqaviy moddalar juda zarurdir. Barcha bu shartlar teng qimmatli va juda keraklidir. O‘simliklarning ozuqaviy moddalarga bo‘lgan ehtiyoji - o‘simlikning turi va bu moddalarning shakllariga bog‘liq bo‘ladi.
O‘simliklar tarkibiga 70 dan ortiq kimyoviy elementlar kiradi, lekin ularning 16 tasi hayot faoliyati uchun juda muhimdir. Chunonchi, shunday elementlar qatoriga organogen deb ataluvchi: uglerod, kislorod, vodorod va azotlar kiradi. Undan tashqari, shu qatorga fosfor, kaliy, kalsiy, magniy va oltingugurt - kul elementlari va bor, molibden, mis, rux, kobalt - mikroelementlar, shuningdek temir va marganetslar kiradi.. Har bir element o‘simlikda o‘z funksiyasini bajaradi va shuning uchun bir elementni ikkinchi element bilan almashtirish mumkin emas. Ko‘m ko‘k (yashil) o‘simlikka atmosferadan o‘tadigan asosiy elementlar - uglerod, kislorod va vodorod hisoblanadi. Bu uch element ulushiga o‘simlikning quruq og‘irligining 93,5% to‘g‘ri keladi: ya’ni uglerod - 45%, kislorod - 42% va vodorod 6,5%.
|
| |