• Azot (N 2 )
  • Referat " Muxandislik" fakulteti " " fanidan




    Download 134,9 Kb.
    bet2/6
    Sana14.05.2024
    Hajmi134,9 Kb.
    #233132
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6
    Uglerod (C) -o‘simlikka barglari orqali havodan - CO2 karbonat angidrid sifatida, qisman tuproqdan ildizlari orqali o‘tadi. Uglerod - barcha organiq birikmalar - oqsillar, uglevodlar, yog‘lar va boshqalar tarkibiga kiradi.
    Vodorod (H2) -o‘simliklar tomonidan suv orqali iste’mol qilinadi. Vodorod organiq moddalarning sintezi uchun juda zarurdir.
    Kislorod (O2) -o‘simlikka barglari orqali havodan, ildizlari orqali suvdan va boshqa birikmalar orqali kelib tushadi. Kislorod o‘simliklarning nafas olishi va organiq birikmalarning sintezi uchun zarurdir. Uglerod, kislorod va vodoroddan keyin muhim ahamiyatga ega bo‘lgan uchta element - azot, fosfor va kaliydir.
    Bu elementlarni biriktirgan moddalar qishloq xo‘jaligida asosiy mineral o‘g‘itlar hisoblanadi.
    Azot (N2) -o‘simliklarni rivojlanishi uchun, oqsil moddalarni hosil qilish uchun eng muhim element hisoblanadi. Oqsil tarkibida azot miqdori 15-19% atrofida bo‘ladi. Azot xlorofill tarkibiga kiradi. Azot fotosintezda, o‘simlik va hayvonlar organizmida fermentlar-katalizatorlar jarayonlarida qatnashadi. Azot tuproqqa ammiak, amid va nitrat shakllarida kelib tushadi, azot shaklining samaradorligi o‘simlikning biologik xususiyati va undagi uglevodlar miqdoriga bog‘liq. Uglevodlar etarlicha bo‘lmaganda, o‘simlik aminokislotalar va oqsillar hosil qilish uchun azotni ishlata olmaydi.
    Ammiakli azot o‘simliklar tomonidan nitratga qaraganda samaraliroq o‘zlashtiriladi.
    Azot etishmaganda, boshoqli o‘simliklarning g‘ujlanishi, mevali va reza meva ekinlarni gullashi kamayadi, oqsil miqdori pasayadi va hosildorlik kamayadi.
    Fosfor (P) -o‘simliklarni oziqlantirishning asosiy elementlaridan biridir, u hujayralarning yadrosi, fermentlar, vitaminlar va boshqa muhim birikmalar tarkibiga kiradi. Fosfor uglevodlar va azotli moddalarga aylanish jarayonlarida qatnashadi.
    Fosfor o‘simliklarda organiq va mineral formalarda ishtirok etadi. Fosforning mineral birikmalari (ortofosfor kislota tuzlari) uglevodlar va boshqa biokimyoviy jarayonlar sintezida qo‘llaniladi. Bu jarayonlar qand lavlagi va uzumda shakar yig‘ilishiga, kartoshka tugunaklarida kraxmal yig‘ilishiga ta’sir etadi.
    O‘simlikning fosfatga bo‘lgan kuchli etishmovchiligida poya va barglarning o‘sishi, urug‘ hosil bo‘lishi to‘xtaydi va tuqimalarining qurib qolishi boshlanadi. Fosfor o‘simlikning rivojlanishini tezlashtiradi, uning qishga chidamliligini oshiradi. Fosfor, ayniqsa, yosh o‘simliklar uchun muhimdir.

    Download 134,9 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 134,9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referat " Muxandislik" fakulteti " " fanidan

    Download 134,9 Kb.