|
Referat " Muxandislik" fakulteti " " fanidan
|
bet | 4/6 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 134,9 Kb. | | #233132 | Turi | Referat |
Magniy (Mg) - xlorofill tarkibiga kiradi va fotosintezda qatnashadi. Xloforilda magniy miqdori - o‘simlikning yashil qismida uning umumiy miqdoridan 10% ga etadi. O‘simlikni magniyga bo‘lgan ehtiyoji turlichadir. Magniy o‘simlikka turlicha ta’sir etadi, ya’ni biri ijobiy ta’sir etsa, boshqasi umuman ta’sir qilmaydi.
Temir (Fe) -xlorofill tarkibiga kirmaydi. O‘simlikning turli hujayralarida xlorofill hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida qatnashmaydi. Temir nafas olish fermentlarining tarkibiy qismi hisoblanib, nafas olishda katta rol o‘ynaydi. Temir, faqat muayyan birikmalarda o‘simliklarga keraklidir.
Marganes (Mn) -fermentlar tarkibiga kiradi va o‘simlik organizmlarida oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida qatnashadi, xlorofill hosil bo‘lishiga ta’sir qiladi, oqsil moddalar sinteziga yordam beradi. Marganets etishmaganida o‘sish sekinlashadi. Ayniqsa, boshoqli o‘simliklar (suli, bug‘doy, javdar, arpa), sabzavot ekinlari, qanda lavlagi, paxta.
Mikroelementlar. Qishloq xo‘jalik ekinlarining mikroelementlarga bo‘lgan (bor, mis, rux, kobalt) ehtiyoji gektarga ta’sir etadigan moddalar grammlarda va kilogrammlarda ifodalanadi. Oziqlanish jarayonida mikroelementlar muhim rol o‘ynaydi, hatto o‘simliklarda va tuproqda ularning miqdori %ning mingdan bir ulushini tashkil etsa ham mikroelementlar o‘g‘itlarning asosiy ta’sir etuvchi moddalari (N, P, K) ta’siri o‘rnini bosmaydi, faqat ularni to‘ldiradi.
1-jadval
Turli qishloq xo‘jalik ekinlarining hosili bilan azot, fosfor va kaliyning chiqib ketishi (1 tonna mahsulotga kg da) A. V. Sokolovning ma’lumotlari bo‘yicha quyida keltirilgan.
|
| |