• Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan
  • I. Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat royxatidan otkazish
  • II. Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat royxatidan
  • Industrial iqtisodiyot




    Download 1,61 Mb.
    bet23/122
    Sana04.06.2024
    Hajmi1,61 Mb.
    #259972
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   122
    Bog'liq
    китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni

    Tadbirkorlik sub’ektlari - yuridik shaxslar ustav
    fondining eng kam miqdoriga qo’yiladigan talablar1

    T/r

    Tadbirkorlik sub’ektlarining - yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakli

    Ustav fondining eng kam miqdori

    1.

    Aksiyadorlik jamiyati

    1 600 mln. so'm

    2.

    Mas’uliyati cheklangan jamiyat

    Eng kam oylik ish haqining 40 baravari miqdorida***

    3.

    Qo'shimcha mas’uliyatli jamiyat

    Eng kam oylik ish haqining 40 baravari miqdorida

    4.

    To'liq shirkat

    Eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida

    5.

    Kommandit shirkat

    Eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida

    6.

    Unitar korxona

    -

    7.

    Davlat unitar korxonasi

    -

    8.

    Xususiy korxona

    -

    9

    Oilaviy korxona

    Eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida

    10.

    Fermer xo'jaligi

    -

    11.

    Ishlab chiqarish kooperativi

    -

    12.

    Yuridik shaxs tashkil etgan dehqon xo'jaligi

    -

    13.

    Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona

    600 mln. so'm

    14.

    Chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxona

    Tegishli tashkiliy-huquqiy shakli uchun belgilangandan kam bo'lmagan miqdorda


    Har qanday shakldagi korxona joylashgan manzilgohi bo‘yicha davlat organlarida ro’yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi.
    Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish va qayta ro'yxatdan o'tkazish O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 oktyabrdagi PQ- 2486-sonli qarorini amalga oshirish chora tadbirlari to'g'risidagi 2017 yil 9 fevraldagi 66-sonli Hukumat qaroriga muvofiq Davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladiXI XII.
    Davlat ro'yxatidan o'tkazish quyidagi usullardan biri bilan amalga oshiriladi:

    1. Internet jahon axborot tarmog'i orqali tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish va hisobga qo'yishning avtomatlashtirilgan tizimi vositasida Yagona portalda;

    2. Ariza beruvchilar davlat ro'yxatidan o'tkazish, qayta ro'yxatdan o'tkazish uchun tegishli (pochta manziliga muvofiq joylashgan joydagi - yuridik shaxslar uchun yoki doimiy ro'yxatda turgan joyidagi yoxud doimiy yashash joyidagi - jismoniy shaxslar uchun) ro’yxatdan o’tkazuvchi organga o’zlari kelib murojaat qilgan holda.

    Davlat ro’yxatidan o’tkazish va qayta ro’yxatdan o’tkazish “Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi to'g'risidagi Nizom”da nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi (2.11-jadval).
    2.11-jadval
    Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan
    o'tkazish, qayta ro'yxatdan o'tkazish uchun belgilangan muddatlarXIII

    T/r

    Tadbirkorlik faoliyati shakllarining nomi

    Davlat ro'yxatidan o'tkazishning belgilangan muddatlari

    I. Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish

    1.

    Yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan dehqon xo'jaligi, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyati sub’ektlari

    real vaqt rejimida, lekin 30 minutdan oshmagan vaqtda

    2.

    Tadbirkorlik faoliyatining boshqa shakllari

    real vaqt rejimida, lekin 30 minutdan oshmagan vaqtda

    II. Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro'yxatidan qayta o'tkazish

    3.

    Dehqon xo'jaligi, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyati sub’ektlari boshlig'i o'zgarganda

    real vaqt rejimida, lekin 30 minutdan oshmagan vaqtda

    4.

    Ta’sis hujjatlariga ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o'tishi bilan bog'liq bo'lgan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilganda

    16 ish soatidan oshmagan vaqtda

    5.

    Ro'yxatdan o'tkazish ma’lumotlariga (ta’sis hujjatlariga) kiritilayotgan boshqa o'zgartirishlar va (yoki) qo'shimchalar kiritilganda

    real vaqt rejimida, lekin 30 minutdan oshmagan vaqtda


    Yuridik shaxsni (tijorat tashkilotini) ro'yxatdan o'tkazishda taqdim etilayotgan hujjatlar soni 6 tadan 2 tagacha qisqartirilgan, ya’ni faqatgina ariza va ta’sisi hujjatlari talab etiladi , yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) uchun zarur bo'lgan hujjatlar soni 7 tadan 1 tagacha qisqartirilgan, ya’ni faqatgina ariza taqdim etish talab etiladi.
    Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish, qayta ro'yxatdan o'tkazish, Tadbirkorlik sub’ektlari yagona davlat reyestridan ma’lumotlar berish uchun tegishlicha stavkalar bo'yicha davlat bojlari va yig'imlar to'lanadi.
    2.12 - jadval

    Download 1,61 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   122




    Download 1,61 Mb.