|
Industrial iqtisodiyot
|
bet | 21/122 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,61 Mb. | | #259972 |
Bog'liq китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotniTa’sis shartnomasi korxonaning tashkil qilinishi va yakka tarzda yoki hamkorlikdagi faoliyatning boshlanishini tavsiflovchi hujjatdir. U shuningdek, tashkil etilayotgan korxonaning ustavini to‘ldiruvchi hujjat ham hisoblanadi.
Amaliyotda korxona faqat Nizom yoki faqat ta’sis shartnomasi asosida, shuningdek, bir vaqtning o‘zida Nizom va ta’sis shartnomasiga asosan faoliyat yuritish hollari mavjud.
Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, korxonaning (huquqiy shaxsning) ta’sis shartnomasi kelishuv asosida tuziladi, Nizom esa muassis (muassislar) tomonidan tasdiqlanadi.
Xususiy korxonaning ta’sis hujjati sifatida uning ustavi qabul qilinadi.
Xususiy korxonaning ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
korxonaning firma nomi;
uning joylashgan yeri va pochta manzili to’g’risidagi ma’lumotlar;
asosiy faoliyat turlarining ro‘yxati;
mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;
ustav fondining miqdori.
Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar ta’sis hujjatlari sifatida jamiyatning ta’sis shartnomasi va ustavi qabul qilinadi.
Agar jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilsa, shu shaxs tasdiqlagan ustav jamiyatning ta’sis hujjati hisoblanadi. Jamiyat ishtirokchilarining soni ikki va undan ortiq kishiga ko‘paysa, ular o‘rtasida ta’sis shartnomasi tuzilishi kerak.
Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlarning ta’sis shartnomasida jamiyatning muassislari jamiyatni tuzish majburiyatini oladilar va uni tuzish yuzasidan birgalikdagi faoliyat tartibini belgilaydilar. Ta’sis shartnomasida quyidagilar ham belgilanadi:
jamiyat muassislarining (ishtirokchilarining) tarkibi;
jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori va jamiyat har bir muassisi (ishtirokchisi) ulushining miqdori;
jamiyat ta’sis etilayotganda uning ustav fondiga (ustav kapitaliga)
hissalarni qo‘shish tartibi, miqdori, usullari va muddatlari;
muassislarining (ishtirokchilarining) javobgarligi;
jamiyatning muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida foyda va zararlarni taqsimlash shartlari va tartibi;
jamiyat organlarining tarkibi va jamiyat ishtirokchilarining jamiyatdan chiqish tartibi.
Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlarning ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
jamiyatning to‘liq va qisqartirilgan firma nomi;
jamiyat faoliyatining predmeti;
jamiyatning pochta manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
jamiyat organlarining tarkibi va vakolatlari to‘g‘risidagi, shu jumladan jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatiga kiruvchi masalalar to‘g‘risidagi, jamiyat organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi, shu jumladan qarorlar bir ovozdan yoki kvalifikatsion ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadigan masalalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
jamiyat har bir ishtirokchisi ulushining miqdori va nominal qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari;
jamiyat ishtirokchisining jamiyatdan chiqish tartibi va uning oqibatlari
to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushning boshqa shaxsga
o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
jamiyatning hujjatlarini saqlash tartibi hamda jamiyat tomonidan jamiyat ishtirokchilariga va boshqa shaxslarga axborot taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
jamiyatning vakolatxonalari va filiallari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa ma’lumotlar.
|
| |