• Texnologik umumiyligiga ko‘ra
  • Foydalaniluvchi xom ashyo turiga ko‘ra
  • Qaysi tarmoqqa qarashliligiga ko‘ra




    Download 1,61 Mb.
    bet19/122
    Sana04.06.2024
    Hajmi1,61 Mb.
    #259972
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   122
    Bog'liq
    китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni

    Qaysi tarmoqqa qarashliligiga ko‘ra korxonalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish (mashinasozlik, ko‘mir qazib chiqarish, sug‘urta va hokazo) sohalariga mansub bo‘lishi mumkin.
    Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va ko‘rinishiga ko‘ra, korxonalar sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, moliya-kredit va boshqalarga bo‘linadi.
    Texnologik umumiyligiga ko‘ra, korxonalar ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz va diskret ravishda, kimyoviy yoki mexanik jarayonlarning ustunligi asosida yurituvchilarga bo‘linadi.
    Tayyor mahsulotning maqsadlariga ko‘ra, barcha korxonalar ikkita katta guruhga bo‘linadi: ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchilar va iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar.
    Foydalaniluvchi xom ashyo turiga ko‘ra, sanoat korxonalari qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalarga taqsimlanadi.
    Yil davomida ishlash muddatiga ko‘ra, korxonalar mavsumiy va yil bo‘yi faoliyat yurituvchilarga bo‘linadi.
    Hajmiga ko‘ra, korxonalar yirik, mikrofirma va kichik korxonalarga taqsimlanadi.
    O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘raX kichik tadbirkorlik sub’ektlari quyidagilardir:

    1. yakka tartibdagi tadbirkorlar;

    2. ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma kishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa tarmoqlardagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan o‘n kishi, ulgurji, chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan besh kishi bo‘lgan mikrofirmalar;

    3. quyidagi tarmoqlardagi:

    engil, oziq-ovqat sanoatidagi va qurilish materiallari sanoatidagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan ikki yuz kishi;
    metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik, mebel sanoatidagi, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yuz kishi;
    mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash, qurilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan ellik kishi;
    fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa sohalardagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma besh kishi bo‘lgan kichik korxonalar.
    Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (ko‘p tarmoqli) yuridik va jismoniy shaxslar yillik aylanma hajmida ulushi eng ko‘p bo‘lgan faoliyat turi mezonlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’ektlariga kiradi
    Ixtisoslashuv darajasiga ko‘ra, korxonalar ixtisoslashgan, universal va aralash korxonalarga bo‘linadi. Ixtisoslashgan korxonalar qatoriga nomenklaturasi cheklangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, universal korxonalar qatoriga turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, aralash korxonalar tarkibiga esa ixtisoslashgan va universal korxonalar o‘rtasidagi oraliq guruhni tashkil qiluvchi korxonalar kiritiladi.
    Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish usullariga ko‘ra, korxonalar ishlab chiqarishning oqim, partiyali va donalab ishlab chiqarish usullari ustuvor turuvchi korxonalarga bo‘linishi mumkin.
    Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra, korxonalar to‘liq va qisman avtomatlashtirilgan yoki
    mexanizatsiyalashtirilgan, qo‘l-mashina va faqat qo‘l mehnatiga asoslangan
    korxonalarga bo‘linadi.
    Firma - korxona tushunchasidan kengroq tushunchadir, ya’ni u ma’lum nom bilan biznes olib boruvchi tashkilotdir. Firma - tovar ishlab chiqarish va barcha sohalarda xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish uchun foyda olish maqsadida resurslarni jamlaydigan va undan foydalanadigan tadbirkorlik shaklidir. Ularning kengroq uchraydigan turlari: faktoring firmasi, lizing firmasi, injiring firmasi, konsalting firmasi, venchur firmalar va boshqalardir.
    Iqtisodiyotimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri sanoat ishlab chiqarishini jahon iqtisodiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan raqobatbardosh korxonalar tashkil qilish maqsadidagi tuzilmaviy qayta qurishdan iborat. Buning uchun integratsiya hamda turli tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalarni vaqtinchalik yoki doimiy ravishda kooperatsiya yoki konsentratsiya asosida birlashtirish amalga oshiriladi.
    Kooperatsiya jarayonida konsern, konsorsium, xo‘jalik asotsiatsiyasi kabi tashkiliy shakllar vaqtnchalik yoki doimiy ravishda tuzilishi mumkin. Ushbu tuzilmaviy birliklarining mohiyatini qisqacha ko‘rib chiqamiz.

    Download 1,61 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   122




    Download 1,61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qaysi tarmoqqa qarashliligiga ko‘ra

    Download 1,61 Mb.