• Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishning o‘rni
  • -BOB. SANOAT TARMOQ TUZILMASI VA TARKIBIY SILJIShLAR




    Download 1,61 Mb.
    bet25/122
    Sana04.06.2024
    Hajmi1,61 Mb.
    #259972
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   122
    Bog'liq
    китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni

    3-BOB. SANOAT TARMOQ TUZILMASI VA TARKIBIY SILJIShLAR

      1. Tarkibiy siyosat, uning mohiyati va ahamiyati

    Tarkibiy (tuzilmaviy) siyosat haqida mulohaza yuritishdan oldin,
    tuzilmaning o‘zi nima ekanligini bilib olishimiz zarur.
    Tarkib (tuzilma) lotincha, «structura» so‘zidan olingan bo‘lib, narsalar tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘liq ravishda joylashishini, tuzilishini bildiradi.
    Tarkibiy siyosatining moxiyati sohalarning tuzilmaviy jihatlarini belgilab berish, yo‘lga solib turishdan iboratdir.
    Rus iqtisodchi olimi S.D. Alekseyevichning fikricha iqtisodiyot tarkibi uzoq muddatli davrda mamlakat iqtisodiy o‘sishining muhim shart-sharoitlarini yuzaga keltiradi. U miqdoriy va sifat xususiyatlariga ega bo‘lib, milliy iqtisodiyotdagi o ‘zgarishlarni aks ettiradi. Iqtisodiyot tarkibi mamlakat milliy iqtisodiyotining barqarorligi va havfsizligini tavsiflaydi. Shuning uchun iqtisodiyotda miqdoriy va sifat jihatdan tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish davlat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biridir1.
    Iqtisodiyotda tub tarkibiy o ‘zgarishlarni amalga oshirish, ya’ni iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish ishlab chiqarishning texnologik yangilanishi va uning tashqi hamda ichki o ‘zgarishlarga moslashishi zaruriyatini aniqlovchi ishlab chiqarish kuchlarining katta miqdordagi tarkibiy o‘zgarishlarini ifodalaydi. Bunda muhim maqsad: ishlab chiqarishni qayta tashkil etish, jumladan korxonalarning samarasiz bo‘g‘inlarini yo‘q qilish yoki qo ‘shib yuborish, jismonan va ma’nan eskirgan asosiy vositalarni almashtirish, texnik yangiliklarni kiritish hamda yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishdir. Bularning bari tarmoqlararo, hududiy, texnologik, institutsional va ishlab chiqarishning boshqa muhim tarkibiy siljishlariga olib keladi.
    Iqtisodchi olim A.A.Kushnarevning fikricha, iqtisodiyotdagi tarkibiy o ‘zgarishlar iqtisodiy samaradorlikni, jahon va milliy bozorlarda raqobatbardoshlikni kamaytiruvchi yoki oshiruvchi iqtisodiyotning turli tarmoqlari, sektorlari, hududlar, korxonalar turlari, texnologik ukladlar va iqtisodiy tizimning boshqa elementlari o ‘rtasidagi o‘zaro nisbatlarning mavjud o ‘zgarish hisoblanadi.2
    Ch.K.Karenovichning fikricha tub tarkibiy o‘zgarishlar davrida milliy milliy iqtisodiyot boshqa davrlarga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlariga ega bo‘lib, uning alohida tarmoqlari va sohalari rivojlanishida tengsizlik kuchayadi.
    Takror ishlab chiqarishning hozirgi sharoitlarida iqtisodiy o‘sish iqtisodiyot ko‘lamining o‘sishi bilangina emas, balki iste’molda ham, ishlab chiqarishda ham tuzilmaviy siljishlar, ularning tezligi va samaradorligi bilan aniqlanadi.

      1. Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga
        oshirishning o‘rni


    Iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarda sodir bo'lishi yoki sustlashuvi ayrim hollarda siklik hususiyatga emas balki aynan davlat siyosatining amalga oshirilishi bilan bog'liq bo'ladi.
    Odatda, yuqori sur’atdagi iqtisodiy o'sish iqtisodiyotda tarkibiy
    o'zgarishlarning amalga oshirilayotgan davrga to'g'ri keladi.
    Mamlakat iqtisodiyoti tarkibining ahamiyati iqtisodiyot tarmoqlari o'rtasidagi muvozanatni ta’minlashda, ularning samaradorligini oshirishda va barqaror iqtisodiy o'sishga erishishda ko'rinadi. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi mamlakatlar rivojlanishining xususiyatlariga bog'liq holda o'zgarib boradi. Iqtisodiyotdagi tarkibiy siljishlar mamlakat iqtisodiyotining barqaror o'sishini ta’minlashdagi muhim omillardan biri hisoblanadi. Ko'pchilik rivojlangan G'arbiy Yevropa davlatlari, Janubiy-Sharqdagi yangi sanoatlashgan davlatlar yuqori darajada iqtisodiy o'sishga iqtisodiyotidagi katta tarkibiy siljishlar hamda boshqa sifat jihatdan o'zgarishlar evaziga erishdilar.
    Ma’lumki, iqtisodiyotda tarkibiy siljishlarni amalga oshirish natijasida tub tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish mumkin. Bugungi kunda mamlakatimizda jadal va mutanosib iqtisodiy o'sish, chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishga katta e’tibor qaratilmoqda.
    O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi Farmonida olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo'yicha ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandiXVI. Ushbu Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari alohida muhim o'rin egallaydi.
    Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning asosida albatta tarkibiy o'zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish masalasi turadi.
    Tarkibiy o'zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirishning ustuvor yo'nalishlari:

    1. Milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko'rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko'paytirish;

    1. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish;

    2. Yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish;

    3. Iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma- bosqich kamaytirish;

    4. Prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‘zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash;

    5. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish;

    6. Iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish;

    7. Faoliyat ko‘rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik

    sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish;

    1. Xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o‘rni va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish;

    2. Turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish;

    3. Eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish;

    4. Yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.

    Iqtisodiyotdagi tarkibiy siljishlarni baholashda iqtisodiyot tarkibi asosan tarmoq, takror ishlab chiqarish, mintaqaviy va tashqi savdo jihatidan qaraladi. Iqtisodiyotdagi tarkibiy siljishlar tarmoq jihatdan qaralganda, asosiy uch tarmoq: sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar ko‘rsatish sohalarining umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi yoki ushbu tarmoqlarda band bo‘lgan aholi soniga qarab aniqlanadi. Mamlakat iqtisodiy o‘sishining dastlabki bosqichlarida mazkur uch tarmoqning iqtisodiyotdagi ulushi jihatidan qishloq xo‘jaligi ustunlik qilsa, iqtisodiy o‘sishning keyingi bosqichlarida sanoat va yuqori iqtisodiy o‘sish pallasida esa xizmatlar ko‘rsatish sohasining yetakchilik qilishi kuzatiladi.

    3.1-jadval

    Download 1,61 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   122




    Download 1,61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -BOB. SANOAT TARMOQ TUZILMASI VA TARKIBIY SILJIShLAR

    Download 1,61 Mb.