|
BOB. SANOATDA ZAMONAVIY BOShQARUV TIZIMI
|
bet | 28/122 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,61 Mb. | | #259972 |
Bog'liq китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotniBOB. SANOATDA ZAMONAVIY BOShQARUV TIZIMI
Boshqaruv ob’ektiv zaruriyat va maqsadga yo‘naltirilgan jarayon sifatida
Har qanday ishlab chiqarish boshqaruvning muayyan tizimisiz oqilona harakat qila olmaydi va rivojlanmaydi. Shu tufayli ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida jamiyat o‘ziga xos va mos boshqaruv tizimini yaratadi.
«Boshqaruv» tushunchasi uzoq va chuqur tarixiy tarakqiyotga ega. Uning yuzaga kelishi esa insoniyat taraqqiyotining eng muhim jarayonlaridan biri hisoblanadi. Boshqaruv faoliyatining dastlabki davrida insonlar o‘z bilim va tajribasiga asoslangan holda ishlab chiqarishni boshqargan bo‘lsalar, asta-sekinlik bilan texnika-texnologiyaning rivojlanishi, ishlab chiqarish sur’atlarining o‘sishi va har xil tashkiliy sharoitlar yuzaga kelishi natijasida faoliyatning mazkur turi ancha murakkablashib bordi. Bunday holatni anglash, chuqurroq o‘rganish va bilish «Boshqaruv fani»ning vujudga kelishiga olib keldi.
Boshqaruv faoliyatining dastlabki davrida insonlar o‘z bilim va tajribasiga asoslangan holda ishlab chiqarishni boshqargan bo’lsalar, asta-sekinlik bilan texnika-texnologiyaning rivojlanishi, ishlab chiqarish sur’atlarining o'sishi va har xil tashkiliy sharoitlar yuzaga kelishi natijasida faoliyatning mazkur turi ancha murakkablashib bordi.
Boshqaruvning bir qator nazariy va amaliy vazifalari F.U. Teylor tomonidan asoslab berilgan. U boshqarishga «Nima qilish kerakligini, uni eng yaxshi va qulay usulda amalga oshirishni aniq bilish san’ati», - deb ta’rif bergan.
Boshqaruvning ma’nosi va mohiyati, ahamiyati va mazmuni, tamoyillari va usullari to‘g‘risida buyuk olimlar, mutafakkirlar, mutaxassislar juda ko‘p fikr aytishgan va yozib qoldirishgan.
Har qanday boshqaruv o‘z maqsadi va vazifalariga ega. Maqsad — bu, inson faoliyatining avvaldan fikran o‘ylangan natijasidir. Shunga binoan, boshqaruvning maqsadi deganda, boshqaruv sub’ektining oldindan o‘ylangan, mo‘ljallangan, erishish zarur bo‘lgan natijasi tushuniladi. Sanoatda esa, maqsad — ko‘p va sifatli, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va uni o‘z vaqtida sotish hamda mo‘ljallangan foydani olishdir.
Boshqaruv — alohida funksiya bo‘lib, turli-tuman sohalar (mamlakat va
|
uning hududlari, milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlari, korxona va uning boMimlari) da insonlar ustidan rahbarlik qilish faoliyatidir.
|
)
|
Boshqaruv —• tashkilotning maqsadini ifodalash va unga crishish uchun zarur bo‘lgan bashorat qilish, rejalashtirish, tashkil ctish, ishtiyoqni uyg‘otish (motivatsiya) va nazorat qilish bo‘yicha faoliyat turi, jarayonidir.
Boshqaruv — shunday faoliyatki, uning yordamida uyushmagan jamoa (haloyiq yoki to‘da) samarali va aniq maqsadga yo‘naltirilgan unumli (barakali) guruhga aylantiriladi.
Boshqaruv —ma’lum jarayonga, organizm va jamoaga maqsadli ta’sir ko‘rsatishni o‘zida ifoda etuvchi ijtimoiy faoliyatning bir turidir.
Boshqaruv —muayyan axborotga asoslangan va mavjud dasturga muvofiq ob’ektning ishlashini, ya’ni faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlar majmuasidir.
4.1 -rasm. Boshqaruv tushunchasi1
|
| |