• Mamlakatlar Tarkibiy qayta qurish davri Qayta qurishdan keyingi davr
  • Buyuk Britaniya
  • Janubiy Koreya
  • Ijtimoiy mehnat taqsimoti va sanoat tarmog‘ining shakllanishi
  • Sanoatning tarmoq tuzilmasi va uni belgilovchi omillar
  • Jahondagi ayrim mamlakatlarining tarkibiy o‘zgarishlarning iqtisodiy




    Download 1,61 Mb.
    bet26/122
    Sana04.06.2024
    Hajmi1,61 Mb.
    #259972
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   122
    Bog'liq
    китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni

    Jahondagi ayrim mamlakatlarining tarkibiy o‘zgarishlarning iqtisodiy
    o’sishga ta’siri, YalM, o'sishi foiz xisobida

    Mamlakatlar

    Tarkibiy qayta qurish davri

    Qayta qurishdan keyingi davr

    Inqirozdan keyingi davr

    AQSh

    4.3 (1983-1990)

    3.2 (1993-2007)

    2.3 (2010-2013)

    Buyuk
    Britaniya

    3.5 (1983-1990)

    2.9 (1993-2007)

    1.3 (2010-2013)

    Germaniya

    2.4 (1983-1990)

    1.4 (1993-2007)

    1.9 (2010-2013)

    Yaponiya

    4.5 (1983-1990)

    1.4 (1993-2007)

    1.7 (2010-2013)

    Janubiy
    Koreya

    8.0 (1983-2002)

    4.3 (2003-2007)

    3.7 (2010-2013)

    Xitoy

    10.8 (1983-2002)

    7.5-8.0 (2003-2007)

    8.4 (2010-2013)


    Mazkur 3.1-jadval ma’lumotlaridan, tarkibiy qayta qurish davrida YaIMning o‘rtacha o‘sishi Buyuk Britaniyada 3,5% (1983-1990 yillarda), AQShda 4,3% (1983­1990 yillarda), GFRda 2,9% (1983-1990 yillarda), Yaponiyada 4,5% (1983-1990 yillarda), Janubiy Koreyada 8,0% (1983-2002 yillarda), Xitoyda 10,8% (1983-2002 yillarda) hamda Rossiyada 5,3% (1997-2007 yillarda)ni tashkil etganXVII.

      1. Ijtimoiy mehnat taqsimoti va sanoat tarmog‘ining shakllanishi

    Ijtimoiy mehnat taqsimoti ma’lum buyum va mahsulotlar ishlab chiqarish xajmining o‘sishi va fan-texnika taraqqiyoti natijasidir.
    Ijtimoiy mehnat taqsimoti uch shaklda: umumiy, xususiy va ayrim, birlamchi shaklda ro‘y beradi.
    Iqtisodiyotning yirik sohalari, ya’ni sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport va aloqaning vujudga kelishi umumiy mehnat taqsimotining mahsulidir.
    Bu tarmoqlarning har birida sohalarning mustaqil ravishda ajralib chiqishi xususiy mehnat taqsimoti natijasidir.
    Birlamchi mehnat taqsimoti esa, ishlab chiqarishni korxona ichida — sexlar, uchastkalar va yangi ish joylari tashkil etish bilan bog‘liqdir. Bunday turkumlarga ajratish va uning mahsulini 3.1-rasmdagi chizmadan ko‘rish mumkin.
    Sanoat tarmog‘i - ishlab chiqarish uyushmalari, kombinatlari va korxona (firma)lari yig‘indisidir.




      1. rasm. O‘zbekistonning milliy iqtisodiyoti tuzilmasi.

    Tarmoq hosil etish uchun korxonalar bir necha umumiy xususiyatlarga ega bo‘lishlari kerak:

    • ishlab chiqariladigan mahsulot iqtisodiy mazmunining bir xilligi;

    • ishlatiladigan xom ashyo va asosiy materiallarning o’xshashligi;

    • ishlab chiqarish texnik bazasi va texnologik jarayonlarining umumiyligi;

    • ma’lum kasbdagi kadrlar tarkibining umumiyligi;

    • ijtimoiy mehnatni tashkil etish darajasi va shakllarining bir biriga o ‘xshashligi va hakozolar.

    Mehnat vositalarning mehnat buyumlariga ta’sir ko ‘rsatishiga qarab sanoat qazib oluvchi va ishlov beruvchi tarmoqlarga bo‘linadi.
    Ishlab chiqariladigan mahsulotning funksional vazifasiga binoan ham tarmoqlarni guruhlash mumkin. Bunda alohida guruxlar, masalan, yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi tarmoqlar - yoqilg‘i sanoatiga, oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlovchi tarmoqlar esa - oziq-ovqat sanoatiga birlashishi mumkin.
    Tarmoq tuzilmasi deyilganda, uning tarkibi, tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlar va o‘zaro bog‘liqlik tushuniladi. Tarmoq tuzilmasi sanoat taraqqiyoti darajasini belgilaydi hamda unda yuz bergan va yuz beradigan o ‘zgarishlarni aks ettiradi.
    Tarmoq tuzilmasiga binoan quyidagi jihatlarni aniqlash mumkin:

    • ijtimoiy mehnat taqsimoti va kooperatsiyaning darajasini;

    • mamlakatning iqtisodiy jihatdan mustaqil ekanligini;

    • sanoat va butun halk xo‘jaligining ilmiy-texnika salohiyatini;

    • mamlakat va uning viloyatlari sanoatining rivojlanish darajasini;

    • ijtimoiy mehnat unumdorligi yoki ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligining darajasini;

    •mehnatkashlarning moddiy faravonligi va madaniy darajasi o ‘sganligini.

      1. Sanoatning tarmoq tuzilmasi va uni belgilovchi omillar

    Tarmoq tuzilmasini ifodalovchi ko ‘rsatkichlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
    -mustaqil sanoat tarmoqlarining soni;

    • tarmoqlarning sanoat ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi salmog‘i;

    • tarmoq rivojining sur’ati;

    • tarmoqning ilgarilab ketish koeffitsiyenti.

    Mustaqil sanoat tarmoqlarining soni mamlakat industrial taraqqiyoti, uning iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyati, iqtisodiy jihatdan mustaqilligini ifodalaydi.
    Tarmoq tuzilmasi uning yalpi mahsulotining sanoat ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi ulushi, xodimlar soni va asosiy fondlar qiymatidagi salmog‘i ko‘rsatkichlari bilan o ‘lchanadi.
    Sanoat tarmoqlari orasidagi yuzaga kelgan mutanosibliklar va ularning o ‘zgarishiga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi hamda boshqa bir qator omillar ta’sir etadi.



    Download 1,61 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   122




    Download 1,61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jahondagi ayrim mamlakatlarining tarkibiy o‘zgarishlarning iqtisodiy

    Download 1,61 Mb.