• Mahsulot (ish, xizmat) sifati
  • Mahsulotning sifat korsatkichlari va ularni baholash usullari
  • IMS = Bs/ Xe
  • -BOB. SANOAT MAHSULOTINING SIFATI VA UNING RAQOBATBARDOSHLIGI




    Download 1,61 Mb.
    bet106/122
    Sana04.06.2024
    Hajmi1,61 Mb.
    #259972
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   122
    Bog'liq
    китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni

    12-BOB. SANOAT MAHSULOTINING SIFATI VA UNING
    RAQOBATBARDOSHLIGI


      1. Sifat tushunchasi va sifatni oshirish zaruriyati

    Zamonaviy bozor iqtisodiyoti ishlab chiqariladigan mahsulot sifatiga qat'iy talablar qo'yadi. Chunki hozirgi zamonda har qanday korxonaning omon qolishi, uning tovarlar va xizmatlar bozoridagi mustahkam mavqei raqobatbardoshlik darajasi bilan belgilanadi. Raqobatbardoshlik ikki ko'rsatkich - baho va mahsulot sifatining darajasi bilan bog’liqdir.
    Ishlab chiqarishni erkinlashtirish davrida ikkinchi omil birinchi o'ringa ko'tarilmoqda. Chunki sifat korxonaning obro'si va yanada gullashi hamda sifatni boshqarish - bu, barcha xodimlar, rahbardan tortib aniq ish bajaruvchi uchun ishning alfa va omegasi, ya'ni avvali va ohiridir. Shu tufayli davlatning iqtisodiy, shu jumladan, sanoat siyosatida sifat masalasi muhim o'rin egallaydi. Mahsulot sifatini oshirish - bu, oqibat-natijada uning miqdori, resurslarni tejash, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni to'laroq qondirish masalasi hisoblanadi. YA'ni, har qanday mahsulot eng yuqori texnikaviy-iqtisodiy va estetik hamda boshqa bir qator talablarga muvofiq kelishi, jahon bozorida raqobat qilish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. Agar sifat muammosi hal etilmasa, ijtimoiy ishlab chiqarish va aholining tovarlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirib bo'lmaydi.
    Sifat nima?
    Mahsulot (ish, xizmat) sifati - muayyan shu mahsulotning har tomondan foydalanishga mukammal ekanligini belgilovchi xususiyatlar yig’indisidir.
    Mahsulot sifati - bu, shu mahsulotdan ma'lum maqsadda foydalanish uchun uning yaroqlilik darajasi, mahsulotning xalq xo'jaligi ehtiyojlarini, iste'molchilarning talab va didlarini qondirish qobiliyatidir.
    Sanoat mahsuloti sifati tarmoqning, korxona (firma)ning faoliyatini rejalashtirishda va uni aniqlashda qo'llaniladigan asosiy ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi. Unda mehnatni tashkil qilish, uning jihozlanish darajasi, mutaxassislarning malakasi, ishlab chiqarishni boshqarishning holati ifodalanadi. Mahsulot sifati iqtisodiy jihatdan iste'mol qiymatining o'lchovi va foydalanish darajasi ko'rinishida namoyon bo'ladi.
    Mahsulot sifati iqtisodiy kategoriya bo'lib, ishlab chiqaruvchi va iste'molchilarning munosabatlarini, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, reja topshiriqlarini bajarish hamda mahsulotga baho belgilash bo'yicha korxonaning davlat bilan munosabatlarini ifoda etadi. Undan tashqari, mahsulot sifati korxonalar o'rtasidagi sifatli mahsulot uchun moddiy rag’batlantirish va sifatsiz mahsulot ishlab chiqarilgani uchun moddiy javobgarlikka tortish buyycha munosabatlarni ifodalaydi.
    Mahsulot sifati texnika taraqqiyotining sur'atlarini, mehnat unumdorligini va shu orqali ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ta'riflovchi iqtisodiy kategoriyadir. Mahsulot sifatini muntazam ravishda yaxshilash iqtisodiyotni rivojlantirishning zarur sharti, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xalq farovonligini o'stirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
    Mahsulotning miqdori va sifati o'zaro dialektik bog’liqdir. YUqori sifatli mahsulot sifatsiz tayyorlangan mahsulotga nisbatan jamiyat ehtiyojlarini yuqoriroq 195
    darajada qondirishga qodir. Demak, mahsulot sifatini yaxshilash ishlab chiqarish hajmini qo'shimcha xarajatlarsiz oshirish, demakdir. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va miqdorining o'zaro bog’liqligi mahsulot sifatini oshirish, jamiyat ehtiyojlarini to'la qondirishga imkon beradi, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchi kuchlari o'sishining muhim omili bo'lib xizmat qiladi.
    Sifatli mahsulot doimo o'z xaridorlariga ega. Hozirgi davrda mazkur talab qondirilgandagina mahsulotni dunyo bozoriga chiqarish mumkin. Bu esa, o'z navbatida, mamlakatga eksportdan keladigan valyuta tushumini ko'paytirish orqali yangi texnika va texnologiyalar sotib olish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, samaradorligini oshirish imkonini beradi. YUqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga va uni sotishga erishgan korxona o'z ishlab chiqarish salohiyatini yanada yuksaltirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bunday sub'ektlarning ko'payishi esa mamlakat ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotining taraqqiy etishi esa, uning aholisini daromadlari va demak, turmush darajasining ham yuksalishiga olib keladi. Natijada sifatli mahsulot va yuqori darajada ko'rsatilgan xizmatlarga talab ko'payadi. YA'ni, sifatli mahsulot (taklif) o'zining sifatli iste'molchisi (talab)ni yaratadi. Pirovardida jamiyatda yanada yuqoriroq darajada iqtisodiy o'sish ta'minlanadi.

      1. Mahsulotning sifat ko'rsatkichlari va ularni baholash usullari

    Sanoat ishlab chiqarishi o'z mahsulotlarining g’oyat turli-tumanligi bilan tavsiflanadi. Bu mahsulotlar tabiiy xususiyatlariga ko'ra, har xil me'yor va xilma-xil sifat ko'rsatkichlariga ega. Lekin, ma'lum sanoat mahsulotlarining muayyan guruhi uchun umumiy ko'rsatkichlar ishlatilishi, boshqa guruhi uchun esa o'ziga xos ko'rsatkichlar qo'llanilishi mumkin.
    Mahsulot sifatiga va uning texnikaviy xususiyatlariga baho berish uchun quyidagi ko'rsatkichlar tizimi qo'llaniladi:
    Iste'mol qilish xususiyatlari bo'yicha talabni qondirish ko'rsatkichlari. Bunday ko'rsatkichlar mahsulotdan tayinli, belgilangan ravishda foydalanish natijasida kerakli (zaruriy) samarani tavsiflaydi. Ishlab chiqarish - texnik vazifani bajaruvchi mahsulot uchun mehnat unumdorligi ko'rsatkichi xizmat qilishi mumkin. U baholanayotgan mahsulot yordami bilan qanday hajmdagi mahsulotni tayyorlash yoki ma'lum davr ichida qanday hajmdagi ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatishi mumkinligini ifodalaydi.
    Mustahkamlik ko'rsatkichlari - buyumlarning bo'zilmasligi, yaxshi saqlanishi, ta'mirlashga qulayligi, shuningdek, chidamliligidir. Mashina va o'lchov asboblarining sifati ularning mustahkamligiga va o'zoq ishlash qobiliyatiga qarab aniqlanadi. Har bir buyumning mustahkamligi mo'ljallangan muddatda, o'z xizmat parametrlarini o'zgartirmay, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni boshqarish, vositaning, ya'ni qurolning ishlash muddati — mo'ljallangan vaqtda ishlash qobiliyatini o'zgartirmaslik xususiyatidir.
    Texnologik ko'rsatkichlar mahsulotni tayyorlash va ta'mirlash jarayonida yuqori mehnat unumdorligini ta'minlash uchun konstruktor-texnologik echimlar samaradorligini ifodalovchi ko'rsatkichlardir. Aynan texnika va texnologiya yordamida mahsulot ishlab chiqarishning ommaviyligi, material xarajatlarini, 196
    mablag’lar, mehnat va vaqtni oqilona taqsimlash ta'minlanadi.
    Standartlashtirish va unifikatsiyalash ko'rsatkichlari — mahsulotning standartli, unifikatsiyalashgan va original, ya'ni ajoyib, ajralmas qismlar bilan qondirilganligi, to'ydirilganligi, shuningdek, boshqa buyumlarga nisbatan unifikatsiyalashganlik darajasi. Ular traktorni boshqarish uchun kerak bo'lgan kuchlar, mo'zlatgichda dastakning joylashishi, harorat, namlik, yorug’lik, shovqin, vibratsiya, nurlanish, yonuvchi mahsulotlarda uchar gazi va suv bug’ining yig’ilishi bo'lishi mumkin.
    Ergonomik ko'rsatkichlar insonning buyum bilan munosabatini va bu buyumdan foydalanishda ro'y beradigan gigienik, fiziologik va ruxiy xususiyatlar majmuini aks ettiradi.
    Estetik ko'rsatkichlar buyumlarning badiiy-konstruktorlik xususiyatlarini ifodalaydi. Ular buyumning tovar qiyofasi jonliligini, shaklining ma'qulligini, kompozitsiyaning butunliligini, mukammal bajarilganliligini va barqarorligini tavsiflaydilar.
    Transportabellik ko'rsatkichlari mahsulotning tashish uchun moslashganligini ifodalaydi.
    Patent-huquqiy ko'rsatkichlar mahsulotning patentli himoyasini va patentli sarxilligini (asilligini) tavsiflaydi va raqobatbordoshligini aniqlashda muhim omil hisoblanadi. Patent-huquqiy ko'rsatkichlarni aniqlashda buyumlarda yangi texnik omillar borligini, shuningdek, mamlakatda patentlar bilan himoyalangan echimlarni hisobga olish kerak bo'ladi.
    Ekologik ko'rsatkichlar atrof-muhitga xavfli ta'sir ko'rsatish darajasi. U mahsulotni ekspluatatsiya qilish yoki iste'mol qilishda yuzaga keladi. Masalan, zararli qotishmalarning bo'lishi, mahsulotni saqlash, tashish va iste'mol qilishda zararli qismlar, gazlar va nurlarni chiqarish mumkinligi.
    Xavfsizlik ko'rsatkichlari — xaridor va xizmat ko'rsatuvchi xodimlarning xavfsizligi uchun mahsulot xususiyatlarini tavsiflaydi, ya'ni mahsulotni montaj qilish, xizmat ko'rsatish, ta'mirlash, saqlash, tashish, iste'mol qilishda xavfsizlikni ta'minlaydilar.
    YUqorida qayd qilib o'tilgan ko'rsatkichlarning yig’indisi mahsulot sifatini tashkil etadi. Buyum mustahkam (pishiq), estetik jihatdan ko'zni qamashtiradigan, o'z vazifasini yaxshi bajaradigan bo'lishi lozim. Lekin, yuqorida qayd etilgan ko'rsatkichlardan tashqari buyumning bahosi ham muhim. Chunki iqtisodiy optimal sifat masalasi baho bilan chambarchas bog’liqdir. Xaridor buyum sotib olganda buyum bahosi u ega bo'lgan xossalar to'plamini qoplashini bilish uchun ularni doimo taqqoslaydi.
    Iqtisodiy muqobil sifat deganda, sifat va xarajat nisbati yoki sifat birligining bahosi tushuniladi va u quyidagi formula bilan hisoblanadi:
    IMS = Bs/ Xe
    Bu erda: IMS - iqtisodiy muqobil sifat;
    Bs - buyum sifati;

    Download 1,61 Mb.
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   122




    Download 1,61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -BOB. SANOAT MAHSULOTINING SIFATI VA UNING RAQOBATBARDOSHLIGI

    Download 1,61 Mb.