|
Industrial iqtisodiyot
|
bet | 104/122 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,61 Mb. | | #259972 |
Bog'liq китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotniAymr = SF*100 / Aymo‘s, bunda:Aymr - aylanma mablag‘lar rentabelligi;
1 Абдукаримов И.Т. ва бошкалар Корхона иктисодий салохияти тахлили. - Т.: Иктисодиёт ва хукук дунёси, 2015, - 256 б.
SF - soffoyda.
Bu ko‘rsatkich korxona aylanma mablag‘larining 1 so‘miga qancha foyda olinayotganligini bildiradi.
Aylanma mablag‘lar daromadliligi (Aymd) yalpi foyda summasini aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik qiymatiga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. Buning uchun quyidagi formula tavsiya qilinadi:
Aymd = Yalpi foyda / Aymo‘s
Aylanma mablag‘larni yuklanish koeffitsiyenti aylanish koeffitsiyentiga teskari bo‘lgan qiymatdir. U sotilgan har 1 so‘m mahsulotga sarflangan aylanma mablag‘larni tavsiflaydi hamda quyidagi formula asosida hisoblab topiladi:
Kyuk = Aymo‘s / Q
Aylanma mablag‘larning to‘liq aylanish muddati qanchalik kichik yoki bu aylanishlar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, aylanma mablag‘lar shunchalik kam talab qilinadi va aksincha, aylanma mablag‘lar qanchalik tez aylanishda bo‘lsa, shunchalik samarali ishlatiladi.
Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlariga juda ko‘p omillar ta’sir etadi. ularning asosiylari quyidagilar:
mahsulot hajmining ko’payishi;
aylanma mablag’lar tuzilishining yaxshilanishi;
aylanma mablag‘larni belgilangan me’yorlar darajasiga yetkazish;
debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish;
chiqarilayotgan mahsulotga talabni o‘rganishning yaxshilanishi;
xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarning yaxshilanishi kabilar.
Bugungi kunda aylanma mablag‘larda, ayniqsa, korxonalarning moddiy-tovar boyliklarida band bo‘lgan yirik miqdordagi pul mablag‘lari ularning to‘liq saqlanishiga e’tibor qaratish, ulardan maqsadlarga muvofiq va samarali foydalanish, shuningdek, ularning aylanishini tezlashtirishni talab qiladi. Korxonalar oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish quyidagilarni amalga oshirishni talab qiladi:
fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini keng qo‘llash;
ishlab chiqarishning barcha jarayonlarida ilmiy jihatdan asoslangan norma va normativlar tizimini yaratish;
korxonalarni uzoq muddatli xo‘jalik aloqalari yuritishga o‘tkazish va kooperatsiya qilishni rivojlantirish;
mahsulotlar, moliyaviy, moddiy va kuch-quvvat resurslarining sifat balansini tuzish;
boshqarish tizimini tashkil etishning va rag‘batlantirishning optimal shakllarini qo‘llash.
Aylanma mablag‘larning aylanishini tezlashtirish uchun kurashda har bir korxona ularning ishlab chiqarish va muomalada bo‘lish muddatini qisqartirishga erishishi zarur. Gap shundaki, aylanma mablag‘larning muomala sohasida sekin
harakatlanishi korxonaning bu vositalardan ishlab chiqarishda foydalanishda erishgan yutuqlarini yo‘qqa chiqarishdan tashqari, ularning umumiy aylanishini ham sekinlashtirishi mumkin. Shu sababli tayyor mahsulotni iste’molchiga yetkazib berishni tezlashtirish yoki mahsulotni realizatsiya qilish muddatini qisqartirish ham aylanma mablag‘larning aylanishini tezlashtirishning muhim yo‘li hisoblanadi.
Aylanma mablag‘larning aylanishini tezlashtirish samarasi, ulardan foydalanishni yaxshilash tufayli kamroq iste’mol qilinishi yoki qisman ozod qilinishida aks etadi. Aylanma mablag‘lar mutlaq yoki nisbiy ozod qilinishi mumkin.
|
| |