|
Industrial iqtisodiyot
|
bet | 105/122 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,61 Mb. | | #259972 |
Bog'liq китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotniMutlaq ozod qilish korxonaning aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirishni tavsiflaydi hamda mavjud resurslardan ratsional foydalanishga oid turli tashkiliy-texnik chora-tadbirlar hisobiga amalga oshiriladi.
Nisbiy ozod qilish aylanma mablag‘lari hajmining o‘zgarishi hamda sotilgan mahsulot hajmining o‘zgarishini aks ettiradi. Uni aniqlash uchun hisobot yilida aylanma mablag‘larga ehtiyojni, mahsulotni mazkur davr mobaynida sotish bo‘yicha haqiqiy aylanish hamda o‘tgan davrdagi aylanishni (kunlarda) inobatga olgan holda hisoblash zarur. Ular o‘rtasidagi farq ozod qilingan vositalar miqdorini beradi.
Qisqacha xulosalar
Sanoat ishlab chiqarishida asosiy fondlar bilan bir vaqtning o‘zida aylanma mablag‘lar ham harakatda bo‘ladi. Aylanma fondlarning ashyoviy mazmunini asosiy va yordamchi materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish, yarimfabrikatlar, ehtiyot qismlar, kam baholi hamda tez to‘ziydigan buyum va inventarlar, turli idishlar (taralar) tashkil etadi. Aylanma mablag‘larga esa tayyor mahsulot, yo‘ldagi mahsulot va hisobdagi pullar ham kiradi.
Aylanma mablag‘lardan foydalanishni yaxshilash mavjud xom ashyo va materiallar bilan ishlab chiqarish ko‘lamini yuqori darajaga ko‘tarish, tarmoqlar o‘rtasida yuqori tejamli nisbatlarni (proporsiyalarni) belgilash, mehnat unumdorligini oshirish va mahsulot tannarhini pasaytirishga imkon yaratadi. Ishlab chiqarishni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish xom ashyo va materiallardan, yoqilg‘i va elektr energiyasidan oqilona foydalanishni talab etadi.
Moddiy resurslarni tejash maqsadida ko‘p omillardan foydalanish mumkin. Resurslarni tejashning asosiy omillariga ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diverfikatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni keng jalb etish, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishni yaxshilash, tejamkorlikni rag‘batlantiruvchi dastak va stimullardan keng foydalanish kiradi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Aylanma mablag‘larning mohiyati, ahamiyati va mazmuni nimalardan iborat?
Aylanma fondlar asosiy fondlardan qaysi xususiyatlari bilan farqlanadi?
Aylanma mablag‘larning tarkibi va tuzilmasi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish mexanizmi nimalarni o‘z ichiga oladi?
Aylanma mablag‘larning aylanish tezligini oshirishning ahamiyati nimalardan iborat?
Aylanma mablag‘larning aylanishini tezlashtirish yo‘llarini izohlab bering.
Bu mavzu bo‘yicha yechimi topilmagan qanday muammolar mavjud?
Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro'yxati:
2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasi// https://president.uz/uz/lists/view/2228
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida» gi №PF-4947 sonli Farmoni. //Xalq so’zi. 2017 yil 8 fevral.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlanishining beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 2017 yil 15 avgustdagi №3-5024 sonli Qarori.
Sh. M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak . Tashkent : O‘zbekiston, 2017 y.,104 b.
Church J., and R.Ware. (CW) Industrial Organization. A Strategic Approach. Irwin. 2000.
Schmalensee, Richard, and Robert Willig, eds. (HB) Handbook of Industrial Organization. Vols. 1-2. North-Holland, 1989.
Ortiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik.- T.:”Sano-standart”, 2014.-304 b.
Abdukarimov I.T. va boshqalar. Korxona iqtisodiy salohiyati tahlili. - T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi, 2015, - 256 b.
Maxmudov E.X. Korxona iqtisodiyoti. O‘quv qo‘llanma. -T.: O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006, - 208 b.
www.webofscience.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi
www.search.ebscohost.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi
|
| |