|
Aylanma mablag‘lar (Aym) bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar
|
bet | 102/122 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,61 Mb. | | #259972 |
Bog'liq китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotniAylanma mablag‘lar (Aym) bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar1
Ko’rsatkichlarning nomi
|
Nimani ifodalashi (mazmuni)
|
Aniqanish formulasi
|
Aym. sig‘imi, ya’ni 1 so‘m natijaga (Q) to‘g‘ri keladigan Aym.
|
1 so‘m natija ko‘rsatkichiga qancha Aym. to‘g‘ri kelishini (natijaning fondliligini) ifodalaydi
|
Aym/Q
|
Aym. me’yorining (Aym.m) haqiqiy miqdori (Aym.x) bilan taminlanishi
|
Aym. haqiqiy summasining me’yorga nisbatini, ya’ni 1 so‘m Aym.m.ga to‘g‘ri keladigan haqiqiy Aym. summasini ko‘rsatadi
|
Aym.x/ Aym.m
|
1 so‘m asosiy vositalarga (Av) to‘g‘ri keladigan Aym.
|
1 so‘m Av.ga to‘g‘ri keladigan Aym. Summasini, ya’ni Av.ning Aym. bilan ta’minlanganligini ifodalaydi
|
Aym/Av
|
Bitta xodimga (X) to‘g‘ri keladigan Aym.
|
1 ta xodimga to‘g‘ri keladigan Aym. summasi, ya’ni xodimlarning Aym. bilan ta’minlanganligini ko‘rsatadi.
|
Aym/X
|
Aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilishda aylanma mablag‘larning summasi va aylanish tezligini belgilangan me’yorlar bilan taqqoslash; o‘z va qarz mablag‘larining muomaladagi ishtirokini aniqlash; aylanma mablag‘larning umumiy hajmi va turlari bo‘yicha shakllari va manbalarini o‘rganib chiqish lozim bo‘ladi.
Aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlikni aniqlash uchun ma’lumotlar moliyaviy hisobotdan, balansning aktiv qismidagi 2-bo‘limidan olinadi.
Sanoat korxonalarida aylanma mablag‘lari samaradorligi ko‘rsatkichlari va uni oshirish imkoniyatlari
Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini ta’minlash, aylanma mablag‘lar aylanishini tezlashtirish nafaqat korxona uchun, balki butun iqtisodiyot uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. U resurslarning nisbiy ozod qilinishi, ijtimoiy xarajatlarning kamaytirilishiga ko‘maklashadi va iqtisodiy rivojlantirish sur’atini oshiradi.
Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi ularning aylanish tezligi, daromadliligi va rentabelligi bilan, ya’ni aylanma mablag‘larning 1 so‘miga to‘g‘ri keladigan foyda miqdori bilan belgilanadi.
1 Abdukarimov I.T. va boshqalar. Korxona iqtisodiy salohiyati tahlili. - T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi, 2015, - 256 b.
11.4-jadval
|
| |