• Q t.m = Q : T x N t.m
  • Kelgusi davr xarajatlarni normalashtirish.
  • N kd =R + R ich + R t
  • Aym = UXFAXQ *AyMM kun / K
  • Aymm = Edk * Nkn / K.
  • Aymm = Xish * 1 somga M
  • Sanoat korxonalari aylanma mablag‘lari holati va ta’minlanganligi ko‘rsatkichlari.
  • Aylanma mablag’lar (Aym) holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar
  • Tayyor mahsulot qoldiqlarini normalashtirish




    Download 1,61 Mb.
    bet100/122
    Sana04.06.2024
    Hajmi1,61 Mb.
    #259972
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   122
    Bog'liq
    китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni

    Tayyor mahsulot qoldiqlarini normalashtirish. Ishlab chiqarish jarayoni tugallangandan so‘ng mehnat predmetlari tayyor mahsulot ko‘rinishida muomalaga kiritiladi.
    Aylanma mablag‘larning tayyor mahsulotga aylanish normativi miqdori, o‘rtacha bir sutkalik ishlab chiqarilgan mahsulotning (tannarxi bo‘yicha) aylanma mablag‘larning kunlardagi tayyor mahsulot normasiga sifatida, ya’ni tayyor mahsulotning korxona omborida saqlanish muddati sifatida aniqlanadi:
    Qt.m = Q : T x Nt.m
    Bu yerda:
    Qt.m - tayyor mahsulot normativi;
    Q - rejalashtirilgan davrda rejadagi tannarx bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulot;
    Ngn - tayyor mahsulotlardagi aylanma mablag‘lar zahiralari normasi, kunlarda;
    T - rejadagi davrda kalendar kunlar miqdori.
    185
    Tayyor mahsulotning omborda saqlanish muddati tayyor mahsulotni transportirovka qilish va sotishga bog‘liq bo‘ladi. Aylanma mablag‘larning ushbu normasidagi kunlar soni mahsulotni tayyorlash, yuklash, hujjatlarni tayyorlash va ularni bankka topshirish uchun zarur bo‘lgan kunlardan iborat bo‘ladi.
    Kelgusi davr xarajatlarni normalashtirish. O‘sib borayotgan fan-texnika taraqqiyoti sur’atlari aylanma mablag‘larning kelgusi davr xarajatlari ahamiyatini oshirmoqda. Bu xarajatlar korxonaning maxsus buxgalteriya hisobida uchta manba: yangi texnikani o‘zlashtirish fondi (agar korxonada shunday fond mavjud bo‘lsa), bank krediti va foyda (xarajatarni mahsulot tannarxiga kiritish yo‘li bilan) hisobiga yig‘iladi. Aylanma mablag‘larning kelgusi davr xarajatlari (Nkd) normasini hisoblashda quyidagi formulaga amal qilinadi:
    Nkd =R + Rich + Rt
    Bu yerda:
    R - yil boshida kelgusi davr xarajatlari uchun sarflanishi mo‘ljallangan mablag‘lar miqdori (buxgalteriya hisoboti bo‘yicha);
    Rich — rejadagi yilda loyiha-smetalarda ko’zda tutilgan ishlab chiqarish xarajatlari;
    Rt - o‘zlashtirilayotgan mahsulot tannarxiga kiritiluvchi hamda smetalarda ko‘zda tutiluvchi yoki maxsus manbalar hisobiga qoplanuvchi xarajatlar.
    Alohida elementlar bo‘yicha aylanma mablag‘lar xarajatlari normalari aniqlangandan so‘ng, aylanma mablag‘larga bo‘lgan umumiy ehtiyojlar (normativ) miqdori hisoblanadi. Korxona aylanma mablag‘lariga bo‘lgan umumiy ehtiyoj, ishlab chiqarish zahiralari (xom ashyo va asosiy materiallar, yordamchi materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, xarid qilinuvchi mahsulotlar, qadoqlash va o‘rov materiallari, yoqilg‘i va hokazolar), tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot va kelgusi davr xarajatlaridan iborat bo’ladi.
    Aylanma mablag’lar me’yorini aniqlash uchun mahsulot ishlab chiqarishga qilinadigan bir kunlik xarajatlar summasini kunlarda belgilangan me’yorga quyidagi formula bo'yicha ko'paytirish kerak:
    Aym = UXFAXQ *AyMMkun / K
    bunda:
    Aym. — aylanma mablag ‘laming me ’yordagi summasi;
    UXFAXQ— hisobot davrida umumxujalik faoliyatining amaldagi jami xarajatlari kiymati (5-s-shakl bo ‘yicha);
    K— davrdagi kunlar soni;
    AyMMkun — belgilangan aylanma mablag ‘laming kunlardagi me’yori.
    Tugallanmagan ishlab chiqarish dinamikasi ham ishlab chiqarish hajmiga bog'liq bo'ladi. Bu hajmning haddan tashqari ko'payishi butlanmagan mahsulot chiqarish yoki ishlab chiqarishni tugallash uchun zarur xom ashyo materiallar yo'qligi natijasida yuz berishi mumkinXLVI.
    Tayyor mahsulotga talabning pasayishi, yomon marketing, xaridorlar yo’qligi yoki mahsulot sifati yomonlashuvi natijasida ham tayyor mahsulot ortiqcha ishlab chiqarishi mumkin.
    Debitorlik qarzining, ayniqsa, muddati o’tgan qarzning ko’payishi xaridorlar va buyurtmachilarning to’lov qobiliyati yetarli darajada o’rganilmaganligidan darak beradi.
    Pul mablag’larining haddan tashqari ko’payishi ham nomaqbul hodisadir. Chunki, bu mablag’lar korxonaning hisob raqamlarida harakatsiz yotmasdan, aylanib turishi va daromad keltirishi kerak. Ikkinchi tomondan, mab-lag‘laming yo’qligi korxonaning to’lovga qobiliyatsizligini ko’rsatadi.
    Shu sababli, aylanma mablag’lar turlari korxonaning barqaror ishlashini ta’minlaydigan miqdorda bo'lishi kerak.
    Aylanma mablag'lar bilan ta’minlanish darajasi ularning me’yordan farq qilishi bilan belgilanadi. Korxonaning moliyaviy ahvolini mustahkamlash, moddiy va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, aylanma mablag'larning aylanishini tezlashtirish maqsadida, faoliyat turlarini hisobga olgan holda, aylanma mablag'larning tabaqalashtirilgan me’yorlari tasdiqlangan.
    Moliyaviy hisobotni o'rganish respublika korxonalari aylanma mablag'lardan maqsadga muvofiq foydalanilmayotganligini ko'rsatdi. Katta debitorlik qarzlari, aylanma mablag'larning sekin aylanishi, ishlab chiqarishga doimo qo'shimcha mablag'lar jalb etishni talab qiladi.
    Aylanma mablag'larni tahlil qilgan vaqtda amaldagi va me’yoriy aylanma mablag'larni taqqoslash va ular o'rtasidagi farqni hisoblab chiqarish kerak bo'ladi.
    Aylanma mablag'lar me’yorini aniklash uchun yuqoridagi qarorga muvofiq, mahsulot ishlab chiqarishga bir kunda qilingan xarajatlar summasini quyidagi formula bo'yicha kunlarda ifodalangan belgilangan me’yorga ko'paytirish kerak:
    Aymm = Edk * Nkn / K.
    bunda:
    Aymm — aylanma mablatar me ’yori summasi;
    Edk — davrdagi kunlarning jami miqdori;
    K— davrdagi kunlar soni;
    Nkn — aylanma mablag'larning kunlarda ifodalangan (belgilangan) me’yori.
    Agar aylanma mablag'lar normativi 1 so'mga qilingan xarajatlarni hisobga olgan holda belgilansa, ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar umumiy summasini quyidagi formula bo'yicha xarajatlarning 1 so'miga tiyinlarda belgilangan normativga ko'paytirish kerak bo'ladi:
    Aymm = Xish * 1 so'mga M,
    bunda:
    Xish — ishlab chiqarish xarajatlari;

      1. so ‘mga M — 1 so m xarajatga to ‘g ‘ri keladigan aylanma mablag ‘lar me’yori.

    Ushbu ko'rsatkichlarni amaliy ma’lumotlarni qo'llagan holda aniqlash va qator yillar bilan taqqoslash tahlil qilinayottan ob’ekt bo'yicha yetarli xulosalarni chiqarish uchun asos bo'ladi.

      1. Sanoat korxonalari aylanma mablag‘lari holati va ta’minlanganligi
        ko‘rsatkichlari.


    Korxonaning aylanma mablag’lari - uning aylanma fondlarda, muomala fondlarida va boshqa harakatdagi aktivlarda turgan pul mablag‘laridir1.
    Ular asosiy vositalardan farqli o‘laroq, to ‘xtovsiz harakatda bo‘ladi. Chunki, bir ishlab chiqarish sikli mobaynida to‘liq iste’mol qilinadi, o‘z qiymatini tayyor mahsulotga o‘tkazadi, ham buyum-natura ko ‘rinishida, ham qiymat tarzida tiklanadi.
    Korxona iqtisodiy salohiyati tarkibida yetakchi o‘rinlarni aylanma mablag‘lar hissasi tashkil qiladi. Uning miqdori, ta’kidlanganidek, turli sohalarda turlicha.
    Aylanma mablag‘lar ham iqtisodiy mazmuni bo‘yicha ayrim jihatlari asosiy vositalarga o‘xshash. Ular ikkalasi ham moddiy resurslar guruhiga kiradi. Shu jihatdan aylanma mablag‘larni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini ham uch guruhga bo‘lish mumkin: aylanma mablag‘lar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar va aylanma mablag‘lar samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar. Tahlil jarayonida u yoki bu ko‘rsatkichning nimani ifodalashi, ularni baholash yo‘lari va ma’lumot manbalarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu tufayli, har bir ko‘rsatkichning nomini, nimani ifodalashi, aniqlash yo‘larini keltirilgan guruhlar bo‘yicha ko‘rib chiqishni maqsadga muvofiq ( 11.2 -jadval). XLVII XLVIII
    11.2 -jadval
    Aylanma mablag’lar (Aym) holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar2


    Download 1,61 Mb.
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   122




    Download 1,61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tayyor mahsulot qoldiqlarini normalashtirish

    Download 1,61 Mb.