|
Sug‘urta (kafolat) zahirasidan
|
bet | 97/122 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,61 Mb. | | #259972 |
Bog'liq китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotniSug‘urta (kafolat) zahirasidan ta’minotda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlar yoki ko‘zda tutilmagan holatlarda foydalanish mo‘ljallanadi. Ko‘pincha sug‘urta zahirasining miqdori joriy zahira normasining 50% miqdorida belgilanadi hamda quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Z sug‘urta = Mo‘r x (T1 + T2 + T3 + T4)
Bu yerda:
- materialni yuklash uchun ketadigan vaqt;
- materiallar yo‘lda bo‘ladigan vaqt;
- materiallarni omborga qabul qilish vaqti;
- materiallarni foydalanishga tayyorlash vaqti.
Sug‘urta zahirasi omborda joriy zahira bilan birgalikda saqlanadi hamda undan umuman farq qilmasada, alohida hisobga olinadi va faqat korxona rahbariyatining ruxsati bilangina sarflanadi.
Tayyorlov (texnologik) zahirasidan xom ashyo va materiallarni ishlab chiqarishga kiritish uchun tayyor holga keltirishda foydalaniladi. Bunday zahiralar ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari va texnologiyalariga ega bo‘lgan korxonalardagina yaratiladi. Bunday korxonalar qatoriga yog‘-moy kombinati, yog‘ochni qayta ishlash korxonasi kabilarni kiritish mumkin. Mazkur hollarda tayyorlov zahirasi miqdori tayyorlov texnologiyasi va operatsiyalariga mos holda normaga solinadi.
Mavsumiy zahiralar asosan uchta sababga ko‘ra yuzaga keladi: birinchidan, xom ashyo tayyorlashning mavsumiyligi; ikkinchidan, uni iste’mol qilishning mavsumiyligi; uchinchidan, materiallarni yetkazib berishning mavsumiyligi. Mavsumiy zahiralar hajmi xuddi joriy zahiralar hajmi kabi, o‘rtacha bir sutkada iste’mol qilish va mavsumiy zahiralar yaratilishi lozim bo‘lgan vaqtga asosan aniqlanadi.
Ishlab chiqarish zahiralarini normalashtirish, ishlab chiqarishda qo‘llaniluvchi har bir mehnat predmeti (xom ashyo va materiallar, yordamchi materiallar va boshqalar) uchun alohida amalga oshiriladi hamda bu o‘z navbatida ishlab chiqarish zahiralarini yaratishda aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashga asos bo‘lib xizmat qiladi.
|
| |