|
Nay.m = Nich.z + Nt.ich + Nt.m
|
bet | 95/122 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,61 Mb. | | #259972 |
Bog'liq китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotniNay.m = Nich.z + Nt.ich + Nt.m
Bu yerda:
Aylanma mablag‘larni normalashtirish va ayniqsa, moddiy resurslarni sarflash normalarini belgilashda quyidagi tamoyillarga amal qilish lozim:
normalarning progressivligi va dinamikligi;
normalarning iqtisodiy va ishlab chiqarish-texnikaviy jihatdan asoslanganligi;
xom ashyo, material, yoqilg‘i, elektr energiyasi va boshqa resurslar o‘lchamini to‘g‘ri tanlash;
chiqit va yo‘qotishlarning oldini olish;
eskirgan normalarni qayta ko‘rib chiqish hamda ularni fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga mos holga keltirish.
Moddiy va boshqa resurslarni normalashtirishda bir nechta usullar qo‘llaniladi. Amaliyotda quyidagi usullar ko‘proq uchraydi:
O‘tgan yillar davomida amalda sarflangan resurslar to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlarini o‘rganish hamda bir necha yillar davomida ro‘y bergan pasayishlarni hisoblashga asoslanuvchi statistika-tajriba usuli.
Laboratoriya tajribalariga asosan yaratilgan hamda instrumentlar va yordamchi materiallar sarflanishi normasini aniqlashda qo‘llaniluvchi - laboratoriya-texnikaviy usuli.
Yuzaga kelgan ishlab chiqarish sharoitlaridan tashqari boshqa korxonalarning ilg‘or tajribalari va yutuqlarini ham hisobga olish imkonini beruvchi, moddiy resurslardan foydalanishni normalashtirishning mukammalroq usuli hisoblanuvchi - hisob-tahliliy usuli.
Korxona aylanma mablag‘larini normalashtirish tadbirlari ishlab chiqarish zahiralarini normalashtirish, shuningdek, tugallanmagan ishlab chiqarishning optimal kattaligi, tayyor mahsulot qoldiqlari va kelgusi davr xarajatlarini aniqlash bilan bog‘liq vazifalarni yechishga olib keladi.
|
| |