• 10.2. Sanoat ishlab chiqarishning mineral xom ashyo manbai
  • Resurslar tejamkorligi strategiyasi va taktikasi
  • Nazorat va muhokama uchun savollar
  • Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar royxati
  • -BOB. SANOATNING XOM ASHYO MANBAI VA TEJAMKORLIK STRATEGIYASI




    Download 1,61 Mb.
    bet91/122
    Sana04.06.2024
    Hajmi1,61 Mb.
    #259972
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   122
    Bog'liq
    китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni

    10-BOB. SANOATNING XOM ASHYO MANBAI VA TEJAMKORLIK
    STRATEGIYASI

    10.1. Sanoatda xom ashyo, uning xususiyatlari va turkumlanishi
    Qayta ishlovchi barcha sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi elementlardan biri xom ashyodir, chunki xom ashyosiz hech qanday mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas.
    Xom ashyo deb, qazib olish yoki ishlab chiqarish uchun ma'lum darajada mehnat sarflangan va shu mehnat natijasida bir qadar o'zgargan mehnat buyumiga aytiladi. Ishlab chiqarish jarayonida xom ashyo tayyor mahsulot yoki yarim fabrikat hosil qiladi. Natijada xom ashyoning to'la qiymati tovar shaklini olgan yalpi mahsulotga o'tadi.
    Xom ashyo asosiy va yordamchi materiallarga bo'linadi.
    Asosiy xom ashyo — tayyor mahsulotning moddiy asosini tashkil qiluvchi mehnat buyumidir. Tayyor mahsulot tarkibiga kiruvchi yoki asosiy xom ashyoni qayta ishlashga zarur sharoit yaratib beruvchi qolgan barcha mehnat buyumlari yordamchi materiallar deb ataladi.
    Mehnat buyumlarining mahsulot ishlab chiqarishda qay tarzda qatnashishiga qarab ular ham xom ashyo (asosiy xom ashyo), ham yordamchi material bo'lishi mumkin. Masalan, neft yoqilg’i sifatida yordamchi material bo'lsa, benzin yoki kerosin ishlab chiqarishda esa xom ashyodir.
    Xom ashyo keng miqyosda iste'mol buyumlari hamda ishlab chiqarish mahsulotlari olish uchun ishlatiladigan tabiiy materiallardan iborat. U quyidagi talablarga javob berishi kerak:
    -miqdori jihatidan etarli bo'lishi;
    -qazib olish arzon va oson bo'lishi;
    -texnologik jarayonlar oson borishi kerak.
    Har bir xom ashyo mehnat buyumidir, lekin har bir mehnat buyumi xom ashyo emas. Mehnat buyumi mehnat vositasi bilan ma'lum darajada o'zgargandan keyingina xom ashyoga aylanadi. Er ostidagi foydali qazilmalar, yovvoyi hayvonlar, daraxtlar va hokazolar xom ashyo bo'lmay, balki potensial tabiiy boyliklardir.
    Mehnat vositasi yordamida ovlangan hayvonlar, qazib olingan ma'danlar, kesilgan daraxtlar va boshqalar xom ashyo hisoblanadi.
    Ishlab chiqarish jarayonida bir yoki bir necha bosqichda qayta ishlangan bo'lsa- yu, lekin tayyor mahsulot sifatida iste'mol qilina olmasa, u chala mahsulot, ya'ni yarimfabrikat deb ataladi.
    Xom ashyo resurslarini xom ashyodan farq qilmoq kerak. Xom ashyo resurslariga mamlakatdagi foydali qazilmalar konlari, o'rmon maydonlari, uy hayvonlari va shu kabi tabiiy boyliklar kirsa, ular qazib chiqarilgan yoki ishlab chiqarish uchun mehnat sarflangandagina xom ashyoga aylanishi mumkin.
    Xom ashyo ishlab chiqarish jarayonining asosiy elementi sifatida sanoat ishlab chiqarishiga va uning iqtisodiga katta ta'sir ko'rsatadi. Sanoatning qayta ishlovchi tarmoqlarida xom ashyo va yoqilg’i xarajatlari ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar hajmida eng katta salmoqqa egadir. Shuning uchun sanoat korxonalari faoliyatining iqtisodiy ko'rsatkichlari ko'p jihatdan tayyor mahsulot ishlab chiqarish
    uchun ketgan xom ashyo va yoqilg’i xarajatlari darajasiga bog’liq bo'ladi. Sanoat mahsuloti tannarxida xom ashyo, yordamchi materiallar va yoqilg’i xarajatlari butun sanoat bo'yicha o'rtacha 70 foizni tashkil etadi. Shuning uchun xom ashyoni tejab ishlatish sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirishda, ishlab chiqarish quvvatlaridan yaxshi foydalanishda va ishchilar mehnatining unumdorligini oshirishda katta rol o'ynaydi.
    Material ko'p sarflanadigan tarmoqlarda xom ashyo va materiallardan oqilona foydalanish mahsulot tannarxini pasaytirishning asosiy manbaidir. Mashina va uskunalarning unumli ishlashi va tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun vaqtning sarflanish darajasi xom ashyo sifati va uning turiga bog’liq.
    Xom ashyolar xilma-xil bo'lib, ular quyidagi turlarga bo'linadilar:
    -sanoat xom ashyosi;
    -qishloq xo'jaligi xom ashyosi.
    Sanoat xom ashyosi turli belgilariga ko'ra quyidagicha turkumlanadi:

    • kelib chiqishiga ko'ra — tabiiy va sun'iy;

    • agregat holatiga ko'ra - qattiq, suyuq hamda gazsimon;

    • kimyoviy tarkibiga ko'ra — organik va anorganik;

    • ishlatilishiga ko'ra — ozuqabop va texnik.

    Qishloq xo'jaligi xom ashyosi ikki turga — o'simliklardan olinadigan xom ashyolar va hayvonlardan olinadigan xom ashyolarga bo'linadi.
    Er ostidan qazib olinadigan mineral birikmalar mineral xom ashyolar deyiladi. Ular uch turga bo'linadi: a) rudali; b) rudasiz; v) yonuvchi mineral xom ashyolar. Bu minerallarning ko'pi qattiq holda bo'ladi. Suyuq mineral boyliklarga faqat neft hamda tuz eritmalari, gaz holdagisiga esa tabiiy gaz kiradi.
    Rudali mineral xom ashyolar foydali jinslar bo'lib, metallar olish uchun asosiy manbadir.
    Rudasiz mineral xom ashyolar ham tog’ jinslaridir. Ular metall olish uchun ishlatilmaydi. Bunday mineral xom ashyolar kimyoviy qayta ishlanmasdan to'g’ridan-to'g’ri xalq xo'jaligida yoki metalsiz ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Rudasiz minerallar shartli ravishda quyidagi turlarga bo'linadi:

    • qurilish materiallari — to'g’ridan-to'g’ri yoki fizik-kimyoviy qayta ishlangandan so'ng qurilish ishlarida ishlatiladigan mineral xom ashyo;

    • industriya xom ashyolari — kimyoviy qayta ishlanmasdan sanoatning turli tarmoqlarida ishlatiladigan xom ashyo;

    • kimyoviy mineral xom ashyolar — kimyoviy qayta ishlash uchun ishlatiladigan minerallar;

    • qimmatbaho va rudasiz minerallar — tabiiy holda yoki mexanik qayta ishlangandan so'ng bezak uchun ishlatiladigan minerallar.

    YOnuvchi mineral xom ashyolar yoqilg’i sifatida ishlatiladigan foydali qazilma boyliklardir. Bularga toshko'mir va qo'ng’ir ko'mir, torf, yonuvchi slanetslar, neft hamda tabiiy yonuvchi gazlar kiradi. YOnuvchi gazlar, neft va ko'mir eng arzon hamda foydalanish uchun qulay yoqilg’igina bo'lmay, balki kimyo sanoatida qimmatbaho xom ashyo hamdir.
    O'simlik va hayvonot xom ashyolariga yog’och, zig’ir, kanop, yog’lar, o'simlik moylari, hayvonot terilari va shunga o'xshashlar kiradi. Bular xalq xo'jagigida 164
    ishlatilishiga ko'ra, ozuqabop va texnik xom ashyolarga bo'linadi. Ozuqabop xom ashyolarga ozuqa sifatida ishlatiladigan birikmalar — o'rmonchilik, baliqchilik va qishloq xo'jaligi mahsulotlari kiradi.
    O'simlik va hayvonlardan olinadigan texnik xom ashyolarga yuqorida ko'rsatilgan xalq xo'jaligi tarmoqlarining oziq uchun yaramaydigan mahsulotlari kiradi. Ularni mexanik va kimyoviy qayta ishlab, ulardan turmushda va sanoat ishlab chiqarishida ishlatiladigan xom ashyolar olinadi.
    Bunday xom ashyo turlarini kimyoviy qayta ishlab, turli mahsulotlar olish mumkin. Manbalari ko'pligi, amaliy jihatdan bitmas-tuganmas zahiraga egaligi ular asosida ko'pgina yangi kimyoviy korxonalar tashkil etishga imkon beradi.
    Umuman, ilm-fan, texnika va texnologiyaning nihoyatda tezlik bilan rivojlanishi yangidan-yangi materiallarni, shuningdek, yangi xom ashyo materiallarini qidirib topish masalasini dolzarblashtirmoqda. Bu masala asosan olti yo'l bilan amalga oshiriladi:

    • iloji boricha arzon xom ashyolarni qidirib topish va ishlatish;

    • xom ashyodan kompleks foydalanish;

    • konsentrlangan xom ashyo va mahsulotlar ishlatish;

    • juda toza mahsulotlar ishlatish;

    • texnika maqsadlari uchun ishlatiladigan ozu qabop xom ashyolarni noozuqabop xom ashyo bilan almashtirish;

    • iloji boricha mahalliy xom ashyolardan foydalanish.

    Hozirgi vaqtda kimyo va kimyoviy texnologiya yutuqlari muhim texnika-xo'jalik mahsulotlarini noozuqabop xom ashyolardan olishga imkon beradi. Bunday xom ashyolar sifatida tosh-ko'mir, torf, slanets, neft, tabiiy gaz, yog’och, o'simlik va qishloq xo'jaligi mahsulotlarining chiqindilari ishlatilmoqda. Masalan, sovun yuvuvchi mahsulotlar, izolyatorlar ishlab chiqarishda, to'qimachilik sanoatida, rezina mahsulotlari ishlab chiqarishda, charm sanoatida, korroziyaga qarshi kurashishda, betonlarni suv o'tkazmaydigan qilishda, metallarni silliqlashda, qirqishda sovutgichlar sifatida har yili bir necha ming tonnalab qimmatbaho ozuqabop moylar ishlatiladi.
    Sanoatning ko'pgina tarmoqlarida keng miqyosda ishlatiladigan etil spirti ishlab chiqarish uchun ham juda ko'p miqdorda yuqori sifatli don va kartoshka ishlatiladi. Un, kraxmal, sut kabi mahsulotlardan texnik maqsadlar uchun foydalaniladi. Masalan, kazein-oqsil modda sutda bo'ladi, kazein elim ishlab chiqarishda, qog’oz va charm sanoatida bo'yoqchilikda hamda muqovalar qilishda asosiy mahsulot sifatida ishlatiladi. Bu maqsadda kazein ishlab chiqarish uchun har yili bir necha yuz ming tonna yog’sizlangan sut sarflanadi.
    Kraxmal to'qimachilik sanoatida, rezina va kimyo sanoatida, gugurt sanoatida, elektrodlar olishda keng qo'llaniladi. Hozir sanoatda kraxmal poliakrilamid hamda sellyulozaning suvda eruvchan efirlari — karboksilmetil sellyuloza (KMK) bilan muvafaqqiyatli almashtirilgan. Shu bilan birga KMK ko'p miqdorda kraxmal o'rnida to'qimachilik, qog’oz va gugurt sanoatlarida esa ozuqabop un o'rnida ishlatilmoqda.
    Hozir etilendan va yog’ochdan olinayotgan sintetik etil spirt tarkibi va sifati jihatidan ozuqabop xom ashyolardan olinadigan etil spirtdan farq qilmaydi va ancha arzon hisoblanadi. Shuning uchun xalq xo'jaligining ko'p tarmoqlarida bunday etil 165
    spirt ko'p ishlatilmoqda. Shuningdek, gaz va neftni qayta ishlash mahsulotlaridan sirka kislota, glitserin va yog’lar ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlarni bu yo'l bilan ishlab chiqarishda ko'p miqdorda ozuqabop xom ashyolar tejab qolinadi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi birmuncha arzonlashadi.
    Sanoatni yanada rivojlantirish, texnika taraqqiyoti sur'atlarini jadallashtirish va sanoat mahsulotlarining turlarini ko'paytirish vazifalari sun'iy materiallar ishlab chi- qarishni intensiv rivojlantirishni taqozo etadi.
    Sun'iy materiallar ishlab chiqarish va ularni sanoatda qo'llash quyidagi hollarda iqtisodiy samarali hisoblanadi:

    1. sun'iy material yagona xom ashyo bo'lgan tarmoqda ishlab chiqarishning jadal sur'atlari bilan va keng ko'lamda rivojlantirishga;

    2. qayta ishlovchi tarmoqlar texnika bazasining mukammallashuviga;

    v) iste'molchi tarmoqlar mahsulotining sifatini yaxshilashga va assortimentni kengaytirishga;
    g) qayta ishlash tarmoqlarida texnologik jarayonlarni jadallashtirishga va uskunalarni mukammallashtirishga;
    d) tayyor sanoat mahsuloti ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xarajatlarni kamaytirishga sabab bo'lsa;
    s) sun'iy materiallardan ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxini kamaytirsa.
    Sun'iy materiallar ishlab chiqarish va qo'llashning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda vaqt omilini, ya'ni qisqa vaqt ichida kerakli miqdorda sanoat mahsuloti ishlab chiqarishga erishish mumkinligini e'tiborga olmoq lozim.
    Bu o'rinda ta'kidlash kerakki, sun'iy materiallar behad afzalliklarga ega, chunki tabiiy xom ashyo bo'lgan paxta, jun, teri va boshqalarni ishlab chiqarishga oylab vaqt ketsa, sun'iy materiallarni ishlab chiqarishga atiga bir necha kun va soat kifoya qiladi.
    Sun'iy materiallar ishlab chiqarishga tabiiy materiallarga nisbatan ancha kam ijtimoiy mehnat sarflanadi. Masalan, 1 tonna yuvilgan jun ishlab chiqarishga 7000 kishi/soat sarflansa, sintetik tolaga 225-1400 kishi/soat sarf etiladi.
    Sun'iy materiallar sanoatning qo'shimcha xom ashyo ba'zasi bo'lib xizmat qiladi. Ular ishlab chiqarishda jarayonlarni kimyolashtirish, ayniqsa, organik sintezni rivojlantirish katta rol o'ynaydi. Turli tarmoqlarda kimyoviy usullarni qo'llash tabiatda ko'p tarqalgan mahsulotlardan sifati tabiiy materiallarnikidan ancha ustun bo'lgan juda ko'p yangi tur sun'iy materiallar ishlab chiqarish imkonini beradi.
    Zamonaviy texnika sintetik materiallarga turlicha talablar qo'yadi. Ular o'ziga xos qator afzalliklarga ega: uzoq vaqt o'ta yuqori va o'ta past haroratga, yuqori bosim va juda katta elektr kuchlanishlariga chidamli. Sun'iy materiallar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar, shu jumladan sanoatni rivojlantirish va sanoat xom ashyo bazasini kengaytirishning asosiy vositalaridan biridir.
    Sanoatni rivojlantirishda plastmassalar, sintetik kauchuk, sun'iy va sintetik tolalar, sun'iy charmlar va charm o'rnini bosuvchi materiallar, sintetik yuvish vositalari va ozuqa xom ashyosi o'rnini bosuvchi sun'iy materiallar muhim rol o'ynamoqda.
    Plastmassalar — keng nomenklaturaga ega bo'lgan sun'iy polimer
    mahsulotlardir. Ular sifat jihatidan tabiiy materiallar bilan tenglashibgina qolmay, 166
    balki ko'p hollarda ulardan ustunlik ham qiladi: o'ta mustahkamlik, elektr o'tkazmaslik, engillik, qattiqlik, egiluvchanlik, tiniqlik, korroziyaga, kislotaga, issiqlikka chidamlilik, kam ediruvchanlik kabi sifatlarga ega va mexaniq ishlashning turli usullariga engil moslashadi.
    Mamlakatimiz plastmassalar ishlab chiqarish uchun keng xom ashyo resurslariga ega, chunki plastmassalar uchun tabiiy va neft gazi, neftni qayta ishlash va koksokimyo sanoati chiqindilari, yog’ochni kimyoviy ishlash mahsulotlari, engil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo'jaligining turli xid chiqindilari xom ashyo bo'lib xizmat qiladi.
    Sun'iy va sintetik tolalar sanoatning xom ashyo bazasini kengaytirish bilan birga, turli texnik va kiyim-kechak gazlamalari, elektr izolyasiya materiallari, kabellar va kanatlar, baliq tutish to'rlari va boshqa buyumlar ishlab chiqarishda keng qo'llaniladi.
    Iqtisodiyotda charm o'rnini bosuvchi sun'iy materiallar katta ahamiyatga ega. Poyabzal sanoatining o'sish sur'atlarini amalga oshirish uchun tabiiy charm resurslari etarli bo'lmagan sharoitda bu juda ham muhim. Sun'iy charm va charm o'rnini bosuvchi materiallardan poyabzalning ayrim bo'laklarini ishlab chiqarish mumkin.
    10.2. Sanoat ishlab chiqarishning mineral xom ashyo manbai
    Mineral xom ashyo — konlardan qazib chiqariluvchi turli foydali qazilmalardir.
    O'zbekistonning er qa'ri foydali qazilma turlariga juda boy. Hozirgacha saqlangan ko'xna konlar va ularning qoldiqlari O'zbekison hududida konchilik qadimdan rivojlanganidan dalolat beradiXL.
    Hozirgi kungacha mamlakatda 3000 dan ortiq foydali qazilma koni aniqlangan bo'lib, ularning 1100 tasi qazib olishga tayyor, xususan olganda, ularning 50tasi asl, 41tasi rangli, nodir radioaktiv va qora metallar, 187tasi yoqilg’i-energetika, 19tasi kon-kimyo, 45tasi konchilik xom ashyosi, shuningdek, qurilish materiallari, er osti suvlari va boshqa foydali qazilma konlaridan iborat1.
    O'zbekiston er osti boyliklari istiqboli juda ulkan. Respublika hududining faqat 20-25% maydonida geologik qidiruv ishlari olib borilgan.
    O'zbekiston xududida sanoat axamiyatiga ega 90 ga yaqin neft konlari ochilgan bo'lib, ulardan 36 tasi neft, 24 tasi neft-gaz va gaz-neft, 26 tasi neft-gaz kondensat konlari toifasiga kiradi. Mamalakatda neft va gaz Farg’ona, Surxondaryo, Hisor, Buxoro, Xiva va Orol-Ustyurt regionlarida topilgan.
    Asl metallarga oltin, kumush, ruteniy, radiy palladiy, osmiy, iridiy va platinalar kiradi. O'zbekistonda shulardan faqat oltin va kumush toza holda qazib olinadi, boshqalari esa turli rudalardan ajratib olinadi.
    Aniqlangan oltin zahiralari bo'yicha O'zbekiston jahonda to'rtinchi, qazib olish darajasi bo'yicha to'qqizinchi o'rinda turadi. Bu erda oltinning 50 dan ortiq konlari qidirib topilgan. Uning asosiy zahiralari Markaziy Qizilqumdagi Muruntov oltin koni butun evroosiyo qit'asida ma'lum va mashhur. Uning rudasi tarkibida oltin miqdori yuqori hisoblanadi.
    Keyingi yillarda Toshkent, Samarqand viloyatlarida yangi oltin ruda konlari qidirib topildi. O'zbekistondagi hozirgacha qidirib topilgan oltin zahiralari 4 ming tonnadan oshadi.
    Respublikada umuman olganda 26ta kumush koni aniqlangan. Ular asosan Qizilqum va Chotqol-Qurama tog’lari hududlarida to'plangan.
    Rangli metallarning eng muhim turlari hisoblangan uran va mis zahiralari bo'yicha O'zbekiston jahonda ettinchi o'rinni egallaydi. Uranning razvedka qilingan zahiralari aniqlangan, vulkonogen jinslarda topilgan bo'lib, mezozoyning qumtoshli tipiga mansub.
    Uran bilan yo'ldosh reniy, skandiy va boshqa metallar uchraydi. Shuningdek, mis, qo'rg’oshin, qalay, volfram va litiy kabi muhim strategik ahamiyatga ega nodir va rangli metallarning yirik konlari bor.
    Respublikamizda har yili 90 ming tonnaga yaqin mis ishlab chiqariladi. Amaldagi ishlab turgan konlar misni yana 40-50 yil, qo'rg’oshin va qalayni 100 mobaynida ishlab chiqarishni ta'minlashga qodir.
    Rangli metallar zahiralari asosan Olmaliq kon rayonida joylashgan. Qalmoqqir mis koni noyob hisoblanadi. Bu konning rudasini qayta ishlash mamalakatdagi eng yirik korxonalardan biri Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshiriladi. Shuningdek, bu sanoat rayonida mis, molibden, oltin, kumush, reniy, tellur, selen va boshqa katta zahiralarga ega bo'lgan Dalniy koni bor.
    Mamlakat xududida 100dan ortiq qo'rg’oshin va rux konlari mavjud bo'lib, ular asosan Olmaliqdagi Qo'rg’oshinkon, Jizzax viloyatidagi Uchquloch va Surxondaryo viloyatidagi Xondiza konlaridan olinadi. Bu konlarda yana yo'ldosh metallar - mis, kumush, kamdiy, selen, oltin va indiy ham uchraydi. O'zbekistonda molibdenli formatsiyalar ham bor. Chotqol-Qurama tog’lari vismutga boy. Janubiy Farg’ona belbog’ining o'zidan 100dan ortiq simob va 10dan ortiq surma rudalanishlar aniqlangan.
    Respublika nodir metallarning eng muhim turi hisoblanadigan volframning 7ta koni va 200 dan ziyod ruda belgilari mavjud erlari aniqlangan. Volfram ob'ektlari Toshkent oldi, Samarqand va Qizilqum hududlarida to'plangan.
    Qora metallardan eng ko'p tarqalganlari temir, titan, marganets, magniy, xrom va boshqalardir. Temirning bir necha konlari va ruda ko'rinishlari aniqlangan. Ular orasida muhimi Qoraqalpog’iston Respublikasida Tebinbuloq titan-magniy koni hisoblanadi. Marganets konlari Zarafshon, Qoratepa, Lolabuloq va boshqa joylarda mavjud. Magmatik xrom Qizilqumda, Farg’onada, ayniqsa, Tomditov va Sulton Uvaysda ko'plab uchraydi.
    O'zbekistonda nometall xom ashyo — glaukonit, dala shpati, vallastonit, grafit, asbest, talk, talk toshi, abrazivlar, qimmatbaho va ishlov beriladigan toshlar konlari ko'p. Vollastonitning 5ga yaqin ko'rinishi va konlari aniqlangan. Grafitning 30 dan ortiq ruda — rudalanishi va konlari ma'lum. Qimmatbaho va ishlov beriladigan toshlardan topaz, feruza, ametist, tog’ xrustali, xalsedon, yashma, nefrit, lazurit, amazonit, rodonit, agalmatalit, marmar oniksi va boshqalarning ancha yirik zahiralari qayd etilgan.
    Geologik tadqiqotlar natijasida Buxoro-Qarshi, Surxondaryo, Ustyurt va Farg’ona artezian xavsazining er osti suvlarida yod, brom, litiy, seziy, stratsy va 168
    boshqa sanoat kontsentratsiyalari aniqlangan. 2005 yildan boshlab Kruk konida yod olinmoqda.
    O'zbekiston xududida 500 dan ziyod g’isht, sement, gips, ahoktosh, beton to'ldiruvchiliklari va boshqa qurilish materiallari konlari razvedka qilingan va ulardan keng foydalanish yo'lga qo'yilgan.
    Potensial resurslardan oqilona foydalanish va foydali qazilmalarni qazib olishning iqtisodiy samarali usullarini qo'llash uchun konlar zahirasining miqdorini iqtisodiy jihatdan to'g’ri aniqlash va sanoat ko'lamida ekspluatatsiya qilish navbatini belgilash alohida ahamiyatga ega.
    Zahiralarni o'rganish va aniqlash geologiya-qidiruv ishlari davlat rejasi asosida olib boriladi. Sanoatning mineral xom ashyoga bo'lgan talabini aniqlashda konlarning o'rganilganlik darajasi muhim o'rin tutadi.
    Mineral xom ashyo zahiralarni qidirish va sanoat ekspluatatsiyasiga tayyorlik darajalari bo'yicha bir necha kategoriyalarga bo'linadi.
    Ular ma'lum bir davr uchun texnik - iqtisodiy jihatidan foydalanish mumkinligi darajasiga qarab balansdagi va balansdan tashqaridagi zahiralarga bo'linadi.
    Balansdagi zahiralarga sanoat talablariga va foydalanishning texnik shartlariga javob beruvchi va hozirgi kunda ularni qazib chiqarish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo'lgan zahiralar kiradi. Balansdan tashqari, zahiralarga esa tarkibida foydali komponentlari, qazilmalar miqdori kam bo'lgan yoki ekspluatatsiya sharoitlari og’ir bo'lgan, xom ashyosini sanoat usullari bilan qayta ishlash h ozircha mumkin bo'lmagan zahiralar kiradi.
    Korxona faoliyatini maqsadga muvofiq tashkil etish va rejalashtirish ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish va uni tashkil etishning turli norma va normativlarini tuzishga asoslanadi. Norma va normativlar asosida ishlab chiqarishga kerakli xom ashyo va materiallar, jihoz va asbob-uskunalar miqdori aniqlanadi, ishlab chiqarish jarayonida xodimlar joylashtiriladi va ishlab chiqarish resurslarining ratsional zahiralari rejalashtiriladi. Mahsulot sifati bo'yicha qo'yiladigan shartlar ham normalarning bir turi hisoblanadi.
    Sanoat ishlab chiqarishida xom ashyo va materiallarni tejashning asosiy yo'llari quyidagilardan iborat:

    • mashina va mahsulotlar konstruktsiyasini yaxshilash;

    • yangi texnika va progressiv texnologiyani joriy etish;

    • texnologik jarayonlarni yaxshilash;

    • xom ashyoni kompleks qayta ishlash usullarini rivojlantirish;

    -ishlab chiqarishni tashkil etishni yaxshilash.
    Istiqlol va bozor iqtisodiyotiga kirib borish mamlakatning xom ashyo resurslarini ko'paytirishga va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga keng yo'l ochdi. Davlatning respublika sanoati xom ashyo bazasi borasidagi xo'jalik siyosati qayta ishlovchi sanoat tarmoqlarining yuqori sur'atlar bilan taraqqiy etishini ta'minlovchi xom ashyo resurslarining jadallashtirilgan rivojlanishini ta'minlashdir.
    Sanoat xom ashyo bazasi rivojining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

    • yangi xom ashyo manbalarini aniqlash bo'yicha geologik-qidiruv ishlarini kengaytirish;

    • undiruvchi sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik

    169
    jihatdan qayta jihozlash;

    • qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining sanoat uchun etarli darajada mahsulot etishtirishini va uning tovardorlik qobiliyatini kuchaytirish;

    • sun'iy materiallar va ular o'rnini bosuvchi turli xil buyumlari yaratish va h.k.lar.

      1. Resurslar tejamkorligi strategiyasi va taktikasi

    Hozirgi kunda ko‘plab olimlar tomonidan iqtisodiy fan asoschilaridan deb tan olina boshlagan Sharq mutafakkiri Ibn Xoldun Abdurahmon Abu Zayd (1332-1405 y.) o‘zining “Kitob-ul-ibar” nomli asarida shunday deydi: “Xarajatlaring daromadlaringdan hech qachon oshib ketmasin”. Bu bilan u har qanday iqtisodiy faoliyat negizida tejamkorlik yotishiga ishora qiladi. Shuningdek, u hunarmandchilik, fan va san’atning rivoji bevosita mehnat unumdorligining o‘sishi, mahsulot ishlab chiqarishga sarflanayotgan vaqt va resurslardan samarali foydalanishga bog‘liq, deb ko‘rsatadi. Ibn Xoldun tejamkorlikning mazmunini tovar ishlab chiqarish jarayonida mahsulotga sarflanadigan mehnatning qisqarishi orqali tushuntirib beradi. U “oddiy” va “murakkab” mehnatni farqlab, mehnat unumdorligini o‘stirishda va, demakki, mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarflanayotgan vaqtning tejalishida murakkab mehnatning ahamiyatini isbotlab beradi.XLI
    Ta’kidlash joizki, eng yaxshi jahon ko‘rsatkichlari bilan taqqoslaganda, milliy daromad bir birligiga bizda nisbatan ko‘p xom ashyo va energiya sarflanmoqda. Sobiq Ittifoq davridan qolgan ko‘plab mashina va uskunalar yuqori material sig‘imga ega bo‘lib, qator buyumlarni ishlab chiqarishga materiallar jami xarajatlari yuqoriligicha qolmoqda. Barcha joylarda ham resurslarni tejovchi texnologik jarayonlardan foydalanilmayapti. Ishlab chiqarish va saqlash jarayonida metall, yoqilg‘i, yog‘och, sement, mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jaligi va boshqa mahsulotlarning katta yo‘qotishlariga yo‘l qo‘yilmoqda. Transport xarajatlari va tannarxi ham ortmoqda. Bunday sharoitda ehtiyojlarni resurslar bilan ta’minlashda ekstensiv omillarning ustunligi tendensiyasi saqlanib qolmoqda.
    Resurslar tejamkorligi muammosining muhimligini hisobga olib, milliy daromadning material sig‘imi, metall sig‘imi va energiya sig‘imining pasayish sur’atlarini o‘stirish zarurligi yuzaga kelmoqda. Bunga erishish iqtisodiyotning yoqilg‘i, energiya, xom ashyo va materiallarga bo‘lgan o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish manbai bo‘lib hisoblanadi.
    Mamlakatimiz rahbari ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning material va energiya sarfi yuqori darajada saqlanib qolayotganligiga e’tibor qaratdilar.
    Ayni paytda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan 1 dollarlik YaIMga to‘g‘ri keladigan iste’mol qilingan energoresurslar va xomashyo materiallari miqdori rivojlangan davlatlardagi shunday ko‘rsatkichdan ancha yuqoridir.
    Ma’lumki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan yoqilg’i - energiya resurslari miqdorini kamaytirish bu mahsulotlar tannarxining pasayishiga, ularning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligi ortishiga olib keladi, bu resurslarni kelajak avlodlar uchun tejash imkoniyatini yaratadi.
    Mamlaktimizda yoqilg‘i-energetika resurlaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun quyidagi yo‘nalishlarda chora-tadbirlar amalga oshirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda1:

    • muqobil energiya resurslarini izlash va joriy etish ishlarini jadallashtirish (bunda asosiy e’tibor shamol va quyosh energiyasidan foydalanish, tabiiy metan hosil qilish hamda undan foydalanish, shamol generatorlari va quyosh elementarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalariga qaratilmoqda);

    • ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirish, energiya tejamkor, xomashyo va materiallarning ortiqcha sarfini kamaytirish imkonini beruvchi asbob-uskuna va texnologiyalarni joriy qilish;

    • gaz, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv yetkazib berish va saqlash tizimini modernizatsiya qilish orqali bu resurslarimizning texnik yo‘qotilishi miqdorini kamaytirish;

    • maishiy yoritish vositalarining tejamkor, zamonaviy turlaridan foydalanishni targ‘ib qilish va rag‘batlantirish, ularni ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, narxini asossiz o‘sib ketishini cheklash choralarini ko‘rish;

    • energiya resurslaridan maishiy sohada foydalanishga bozor mexanizmini joriy etishni jadallashtirish. Jumladan, zavonaviy o‘lchash asboblarini o‘rnatish, hisob-kitobning kredit tizimini keng joriy etish;

    • gaz, neft, ko‘mir qazib chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish, Issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish, ulardagi energiya hosil qiluvchi va uzatuvchi qurilmalarni zamonaviylari bilan yangilash, kichik

    gidroelektrostansiyalarni qurish va yagona energotizimga ulash asosida energiya resurslari hajmini oshirish va tannarxini kamaytirish;
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Ushbu Harakatlar strategiyasidagi iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarida “2017 yilda sanoat tarmoqlaridagi yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxini o‘rtacha 8 foizga qisqartirish va raqobatdoshligini oshirishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. Shu jumladan, ma’nan va jismonan eskirgan uskunalarni yangilash hamda modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishda energiya samaradorligini oshirish, texnologik jarayonlarni optimallashtirish” alohida muhim o‘rin egallaydiXLII XLIII.
    Ma'lumki, har bir davlat va xo'jalik yurituvchi sub'ekt uchun resurslar tekin emas. Ular o'z maqsadlariga erishishda strategiya va taktikadan foydalanadilar. Bundan ko'zlangan maqsad, ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xom ashyo xarajatlarini kamaytirish va shu orqali foydani ko'paytirishdir. Izlanishlar qo'llanilgan strategiya va taktikaning xom ashyo xarajatlarini kamaytirishdagi so'nggi bosqichi va muqobil yo'li resurslar tejamkorligi ekanligini ko'rsatmoqda.
    Resurslarni tanlash muqobilligi undan foydalangan sohalarda quyidagi vazifalarni hal qiladi:

    • xarajatlarning kamayishi va ishlab chiqarilgan mahsulot sifatining oshishi;

    • alohida tovarlar va mahsulotlar assortimenti bilan bozorga kirib borish va o'z o'rnini egallash;

    • mahsulot sifatida aniq ustunlikka erishish;

    • iqtisodiyotdagi kabi texnologiyada ham peshqadamlik mavqeining o'sishiga intilish;

    • dinamikani hisobga olgan holda mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish va xo'jalik faoliyatidan foyda olish.

    Muqobillik (bir-biriga zid ikki yo'ldan birini - yo unisini, yo bunisini tanlab olish zaruriyati) shuningdek, resurslardan foydalanish strategiyasi va taktikasining tarkibiy qismi hisoblanib, ishlab chiqarishda iqtisodiy tejamkorlik va samaradorlik oshishiga olib keladi.
    Modomiki, strategiya va taktika har qanday ishda, shuningdek, moddiy, moliyaviy va boshqa resurslardan foydalanishda birinchi navbatda, xodimlardan tegishli bilim va ish malakani, resurslardan foylanishda mas'ullikni, bozor iqtisodiyoti sharoiti shartlarini va fan-texnika yangiliklaridan voqiflikni, ilmiy tadqiqot va ularning echimlarini teran anglashni talab qiladi.
    Rejali iqtisodiyot sharoitida resurslar davlatga qarashli bo'lib, ularni bepul va qaytarib olmaslik qoidasi asosida hududlarga, tarmoqlarga va korxonalarga taqsimlanardi. Bozor iqtisodiyoti sharoiti resurslarga va ulardan foydalanishga bo'lgan talab kuchayayotganligi bois bunday vositalarni tejamkorlik bilan ishlatishni taqozo etmoqda.
    Sobiq ittifoqda barcha resurslar davlat tomonidan bepul taqsimlanganligi uchun resurslar amaliyotda emas, balki hujjatlarda «tejalardi». endilikda bu masala oldingidek, “yuqori”ning ko'rsatmasi bilan emas, har bir xo'jalik yurituvchi sub'ektning samaradorlikni oshirishga bo'lgan qiziqishi asosida hal etilmoqda.
    Hozirgi sharoitda qaysi mahsulotni, qancha va kimga ishlab chiqarishgina emas, shu bilan birga bu mahsulotni ishlab chiqarishga qancha resurs va mablag’ talab qilinishi ham ko'pgina korxonalar uchun asosiy masalaga aylanmoqda. Bu har bir korxonani bir tomondan, talabni qondirish, ikkinchi tomondan esa, resurslar xarajatining kam chiqimli yo'llarini axtarishga undaydi. Bulardan tashqari, har bir korxona uchun xarakterli bo'lgan normalashtirish va resurslarning pulliligi ham aynan shuni taqazo etadi.
    Xom ashyodan ratsional foydalanish — sanoat xom ashyo bazasini kengaytirish va mustahkamlashning muhim manbaidir. Iqtisodiy nuqtai nazardan xom ashyodan maqsadga muvofiq va ratsional foydalanishda ko'p jihatdan qayta ishlovchi sanoat tarmog’i yoki korxona uchun xom ashyoni to'g’ri tanlash katta ahamiyatga ega.
    172
    Xom ashyo mahsulot xususiyatini va sifatli texnologik jarayonni tanlashga va uning progressivlik darajasiga, mashinalardan va vaqtdan foydalanish darajasiga, ishlab chiqarish siklining uzunligi va umuman ishlab chiqarishning barcha texnik- iqtisodiy ko'rsatkichlariga ta'sir ko'rsatadi.
    Hozirgi paytda har bir sanoat tarmog’ida bir necha turdagi xom ashyo qo'llaniladi. Ayrim tarmoq uchun qaysi xom ashyoni tanlash maqsadga muvofiq ekanligini aniqlash uchun turli xom ashyolarni quyidagi ko'rsatkichlar bo'yicha solishtirmoq zarur: solishtirma kapital xarajatlari; mehnat unumdorligi; mahsulot tannarxi; mahsulot sifati; mahalliy xom ashyodan maksimal foydalanish; kamyob bo'lmagan xom ashyodan foydalanish; ishlatilmaydigan chiqindilardan foydalanish mumkinligi; sun'iy materiallardan foydalanish mumkinligi; xom ashyoning progressiv texnologiya talablariga javob berishi; xom ashyoning bo'lg’usi tayyor mahsulot sifat ko'rsatkichlariga javob berishi; ma'lum davrda muayyan tarmoqda qo'llashning iqtisodiyot nuqtai nazaridan maqsadga muvofiqligi; ayrim hududlarning o'ziga xos xususiyatlari; ayrim tarmoqlardagi texnika taraqqiyoti va innavatsion faoliyat.
    Xom ashyodan to'liq va xar tomonlama foydalanib, uning turli qismlaridan turli xil mahsulotlar olish uchun undan kompleks foydalanmoq kerak.
    Xom ashyo resurslarini kengaytirish va tejashning yana bir yo'li — xom ashyo va materaillardan qayta foydalanishdir. Masalan, edirilgan mashinalar, binolar va eski texnikalarning metall qismlari, qog’oz materiallari va boshqalardan sanoatda qayta foydalanish mumkin.
    O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev tomonidan qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g’risida”gi Farmonida tasdiqlangan 2017 — 2021 yillarda O'zbekiston
    Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida «yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo'shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o'tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish» ga alohida muhim o'rin berilganXLIV.
    Iqtisodiyot tizimining raqobatbardoshligini yanada oshirish, aholi farovonligini yuksaltirish, birinchi navbatda, xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, elektr va energiya resurslaridan tejamli foydalanilishiga bog’liqdir.
    Tejamli ishlab chiqarishga o‘tishda elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste’molini kamaytirish va energiya tejamining samarali tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish”[2] ham o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Bunga elektr energiyasi ta’minoti tizimiga xususiy operatorlarni joriy qilish, elektr energiyasi uchun hisob-kitob tizimini takomillashtirish, iste’molchilar hisob-kitobini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish hamda iste’mol davrida elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirish orqali erishib boriladi.
    Umuman olganda tejamkorlik multiplikator samarasini ifodalaydi. Agar uy xo‘jaliklarining doiraviy aylanishlar oqimidan jamg‘armalarini oshirib borishi investitsiyalarning o‘sishi bilan birga bormasa bu YaIM ning sezilarli kamayishiga olib kelishi mumkin. Ularning shaxsiy daromadida iste’mol sarflarini cheklashga qaratilgan hatti harakati natijasida tejalgan mablag‘ kelgusi davrda investitsion maqsadlarda ishlatilmasa iqtisodiy o‘sishga qarshi ta’sir ko‘rsatish kuchiga ega bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilarning investitsion faolligining pasayishi ham uy xo‘jaliklari omili daromadlari kamayishiga va pirovard natijada ular tamonidan YaIM ning iste’mol tovarlardan iborat qismining kamroq sotib olinishi orqali iqtisodiy o‘sishga to‘siq bo‘lishi mumkin. Bunda muqobilidan birini tanlash muammosi yuzaga keladi: joriy iste’molni nisbatan cheklash orqali kelgusida iqtisodiy o‘siga erishib borish yohud iste’moldagi cheklanishlardan voz kechib, uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish sharoitlarini yomonlashtirish.
    Shunga asoslanib tejamli ishlab chiqarish konsepsiyasiga asoslanadigan beshta muhim prinsiplarni ajratib ko‘rsatish mumkin.

    1. Zahiralarni eng kam darajaga keltirish. Zahiralarni qisqartirish nafaqat ularga xizmat ko‘rsatish va saqlashga ketadigan xarajatlarni kamaytiradi, balki ishlab chiqarish siklini qisqartiradi, aylanma vositalar aylanishini tezlashtiradi va sifatsiz mahsulot chiqarishni kamaytiradi.

    2. Har bir davrda iste’molchiga kerakli bo‘lgan tovar (xizmat) larni eng qisqa muddatlarda ishlab chiqarish. Buning uchun ishlab chiqarish kam partiyalarda yetkazib berishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarurki, shundagina ishlab chiqarish va texnologiyalarni har bir davrda iste’molchi “buyurtmasiga” moslashtirib o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘linadi.

    3. Tovar (xizmat) qadr qiymatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydigan unumsiz mehnat sarflarini maksimal darajada qisqartirish. Masalan, uskunalarni o‘rnatish, xom ashyolarni tayyorlash juda muhim ish hisoblansada, ular pirovard natijalar qiymatini umuman ko‘paytirmaydi. Shu sababli bunday operatsiyalarga ketadigan vaqt eng minimum darajaga keltirilishi zarur.

    4. Mahsulot sifatini to‘xtovsiz yaxshilab borishga intilish. Bu qismni yuqorida qayd qilingan prinsiplar bilan o‘zaro to‘qnash keladi: kam partiyalarda ishlab chiqarish va zahiralarni kamaytirish, sifatsiz mahsulot miqdorini tez qisqartirish imkonini beradi, ishlab chiqarishning bir me’yorliligi va tanlangan texnologik operatsiyalar esa chiqarilayotgan mahsulot xususiyatining barqarorligini kafolatlaydi.

    5. Takror ishlab chiqarishning barcha jarayonlarini doimiy takomillashtirib borish. Bu vaqt omilini qisqartirish orqali, resurslar sarfini kamaytirish imkonini beradi. Albatta, bular tejamli ishlab chiqarishni tavsiflaydigan barcha belgilar emas. Shu bilan birga boshqa belgilar yuqorida qayd qilingan beshta asosiy prinsipdan kelib chiqadi.

    Agar ishlab chiqarishga iste’molchiga hech qanday qimmatliklar keltirmaydigan jarayonlar nuqtai nazardan qaralsa, unga tovarlarni yuklash, saqlash, nazorat qilish, kutish va boshqa shu kabilar hech qanday qadr-qimmatga va ahamiyata ega emas. Biroq bu jarayonlarni ishlab chiqarish texnologiyasidan butunlay olib tashlash oddiy ish emas. Agar bu jarayonlarning ulushini asta sekin kamaytirib borishga erishilsa shu orqali tejamli ishlab chiqarishga o‘tib boriladi. Ayni vaqtda mazkur jarayonlar 174
    iste’molchiga qo‘shimchi qimmatliklar keltirmaydi yoki uni kamaytirmaydi. Ularni shartli ravishda quydagi jarayonlarga ajratish mumkin:
    Ortiqcha ishlab chiqarishga olib keluvchi jarayonlar;
    Kutish jarayonlari
    Ortiqcha ortish-tushirish jarayonlari
    Ortiqcha ishlov berish jarayonlari
    Zahiralar ortiqchaligiga olib keluvchi jarayonlar
    Ortiqcha harakatlarni taqoza qiliuvchi jarayonlar
    Kamchilik (deffektlar) ni keltirib chiqaruvchi jarayonlar
    Qisqacha xulosalar
    Xom ashyo resurslaridan foydalanishda tejamkorlik tamoyilidan to‘la-to‘kis foydalanish hozirgi davrning eng muhim muammosi hisoblanadi. Shu sababli, xom ashyodan oqilona foydalanish maqsadida uni qayta ishlash jarayonida tegishli sanoat tarmog‘i uchun maqsadga muvofiqligini aniqlash, xom ashyo materiallarini dastlabki qayta ishlash va boyitish, xom ashyodan kompleks foydalanish, materiallardan ikkinchi marta foydalanish bo‘yicha tadbir-choralar amalga oshirilishi zarur. Bu chora - tadbirlarni amalga oshirishda fan-texnika taraqqiyoti, ayniqsa, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, kimyolashtirish va yangi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, tashkilotchilik, tejamkorlik va uni rag‘batlantirish alohida ahamiyat kasb etadi.
    Nazorat va muhokama uchun savollar

    1. Xom ashyo tushunchasi va uni guruhlash.

    2. O‘zbekiston sanoatining xom ashyo bazasi va uning rivoji.

    3. Mineral xom ashyo konlarini iqtisodiy baholash.

    4. Sun’iy materiallar ishlab chiqarishning rivoji.

    5. Sanoat xom ashyosidan foydalanishning oqilona usullari.

    6. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tejamkorlik tamoyili va uning talablari.

    7. Sanoat xom ashyo bazasini mustahkamlashda xorijiy hamkorlikning roli.

    Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro'yxati:

    1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida» gi №PF-4947 sonli Farmoni. //Xalq so’zi. 2017 yil 8 fevral.

    2. M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak . Tashkent : O‘zbekiston, 2017 y.,104 b.

    3. Razzoqov A., Toshmatov Sh., O’rmonov N. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. - Toshkent: Moliya, 1997. - B. 46.

    4. Ortiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik.-T.:”Sano-standart”, 2014.-304 b.

    5. O'zbekiston milliy entsiklopediyasi, 12 - jild. - T.: Davlat ilmiy nashriyoti. 2006 yil. 17 - bet

    6. www.webofscience.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi

    7. www.search.ebscohost.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi


    Download 1,61 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   122




    Download 1,61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -BOB. SANOATNING XOM ASHYO MANBAI VA TEJAMKORLIK STRATEGIYASI

    Download 1,61 Mb.