Industrial iqtisodiyot




Download 1,61 Mb.
bet89/122
Sana04.06.2024
Hajmi1,61 Mb.
#259972
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   122
Bog'liq
китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni

Quvvat= n* Fmaks/ Mt
Bu yerda: Quvvat - sanoat korxonasi sexining yoki uchaskaning qabul qilingan o ‘lchov birligidagi ishlab chiqarish quvvati;
n - sanoat korxonasi sexining yoki uchastkadagi ilg‘or uskunalar soni;
Fmaks -bosh uskunadan foydalanish mumkin bo’lgan maksimal muddat, soat;
Mt -bosh uskunada mahsulot tayyorlashning progressiv mehnat sig‘imi, soat.
Amaliyotda ishlab chiqarish quvvati va uskunalarning yuklanishini hisoblashda ba’zida xatolar, ular o ‘rtasidagi farqni sezmaslik hollari ham uchrab turadi. Korxona quvvati asosiy ishlab chiqarish fondlari, yangi texnika va aniqlangan zahiralardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan maksimal darajani tavsiflaydi, uskunalarning yuklanishni hisoblash natijalari esa, ushbu quvvatlardan rejadagi davrda foydalanishning darajasini aniqlaydi.
Demak, ular o ‘rtasidagi prinsipial farq shundaki, birinchi holatda korxona ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarning maksimal darajasi aniqlansa, ikkinchi holda mazkur davr mobaynida uskunalardan qanchalik foydalanilishi
aniqlanadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilash bilan bog‘liq bo‘lgan mazkur chora-tadbirlar, ko ‘pincha ishlab chiqarish quvvatlari balansini tuzish yo‘li bilan amalga oshirilib, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari va ularni ta’minlash manbalariga bo‘lgan ehtiyoji aniqlanadi.
Sanoat korxonasida ishlab chiqarish quvvatini hisoblash uchun quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim:

  1. mavjud uskunalar va agregatlarning soniga ta’mirlashdagi uskunalar, rejalashtirish davrida yangidan kiritilgan uskunalar qo ‘shiladi. Lekin jismoniy va tabiiy sharoit ta’sirida yemirilgan uskunalar hisobga kiritilmaydi;

  2. korxonalar va sexlarning ishlab chiqarish maydonlari haqidagi ma’lumot;

  1. korxonalarning ish rejimi, ya’ni smenalar soni (ta’mirlashga to‘xtash vaqtisiz), ish vaqti fondi;

g) uskunalar, agregatlarning unumdorlik normasi.
Ishlab chiqarishda turli uskunalardan foydalanish, korxonaning kuvvati asosiy texnologik jarayonlarni bajaradigan yetakchi sexlar, bo ‘linmalar yoki agregatlarning quvvatlariga binoan xisoblanadi.
Turli korxonalar (birlashmalar)ning ishlab chiqarish quvvatini hisoblashda ularning xususiyatlari inobatga olinadi va quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Q=Ds*Du*Div
Bu yerda: Q korxonaning ishlab chiqarish quvvati;
Ds bir turdagi dastgohlar soni;
Du vaqt birligidagi bir dona dastgohning unumdorligi;
Div dastgohlarning ishlash vaqti.
Ayrim tarmoqlarning korxona va sexlarida yig‘uv, quyuv, mebel, konserva ishlab chiqarish quvvati, maydon bo‘yicha quyidagi formulaga asosan hisoblanadi:

Download 1,61 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   122




Download 1,61 Mb.