• Uskunadan integral foydalanish koeffitsiyenti
  • 9.5.Ishlab chiqarish quvvati va ulardan foydalanishni yaxshilash yo‘llari
  • ishlab chiqarish quvvati
  • boshlang‘ich
  • Industrial iqtisodiyot




    Download 1,61 Mb.
    bet88/122
    Sana04.06.2024
    Hajmi1,61 Mb.
    #259972
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   122
    Bog'liq
    китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni

    Kinten= Qxaq/ Qrej
    Bu yerda: Qxaq - vaqt birligida uskunada ishlab chiqarilgan haqaqiy mahsulot miqdori;
    Qrej - vaqt birligida uskunada texnik jihatdan asoslangan mahsulot ishlab chiqarish normasi.
    Misol. Pasport ma’lumotlari bo‘yicha dastgohda bir soatda 100 ta buyum yasash mumkin, amalda esa shu vaqt ichida faqat 80 ta buyum tayyorlandi. U holda Kint=0,8 (80:100), ya’ni dastgohdan quvvat bo‘yicha foydalanish 80 foizni tashkil qildi.
    Uskunadan integral foydalanish koeffitsiyenti uskunadan ekstensiv va intensiv foydalanish koeffitsiyentlarining ko‘paytmasi orqali aniqlanib, uning vaqt va quvvat bo‘yicha band bo‘lishini (foydalanilishini) kompleks xarakterlaydi.
    Kinteg= Keks* Kinten
    Har bir korxona o‘z tasarrufidagi asosiy ishlab chiqarish fondlaridan iloji boricha unumli foydalanishga intilishi lozim. Bunga fondlarni ish bilan ta’minlashni yaxshilash tufayli ishlab chiqarish va mahsulotlarni sotish hajmini oshirish, nisbiy xarajatlarni kamaytirish, foydani oshirishdan tashqari asosiy vositalarda jamiyatning o‘tmishda narsa holiga aylangan mehnati mujassamlanganligi ham zaruriyat tug‘diradi.
    Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligiga turli omillar ta’sir qiladi. Ular qatoriga quyidagilarni kiriish mumkin:

    • ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi;

    • asosiy vositalar o’rtacha yillik summasi;

    • ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlar mehnatining samaradorligi;

    • asosiy asosiylarning tarkibiy tuzilishi;

    • asosiy vositalar alohida turlaridan foydalanish samaradorligi.

    9.5.Ishlab chiqarish quvvati va ulardan foydalanishni
    yaxshilash yo‘llari

    Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy yo‘llaridan biri mavjud ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilashdir. Ishlab chiqarish quvvatlaridan qanchalik to‘la va unumli foydalanilsa, ko‘proq mahsulot ishlab chiqariladi, mahsulotning tannarxi kamayadi, korxonaning foydasi va samaradorligi oshadi.
    Korxonaning ishlab chiqarish quvvati vaqt birligi ichida belgilangan assortiment va nomenklatura, mavjud dastgohlar, ishlab chikarish maydonlaridan to‘liq foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini ifodalaydi.
    Korxonaning ishlab chiqarish quvvati natura birligida o ‘lchanadi. Masalan, metallurgiya sanoatida ishlab chiqarish quvvati tonnada, to ‘qimachilikda yigirilgan ip tonnada, gazlamalar metrda, avtotraktor tarmoqlarida avtomobillar va traktorlar donalab o ‘lchanadi.
    Ishlab chiqarish quvvati korxonaning texnik darajasi, unumdorligi, kadrlar malakasi, xomashyolarning sifati va mahsulotlarning assortimentiga qarab o‘zgarib boradi.
    Bundan kelib chiqadiki, ishlab chiqarish quvvati - bu, ma’lum bir vaqt davomida ilg‘or texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg‘or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan mahsulotlarning maksimal darajasidir. U qoidaga ko‘ra, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining natural ko‘rinishda, ushbu korxonaning ixtisoslashganligi va mahsulotning alohida turlari o ‘rtasidagi o‘zaro nisbatiga ko‘ra aniqlanadi.
    Sanoat korxonasining ishlab chiqarish quvvati ilg‘or (asosiy) sexlar quvvati bilan, sexlar quvvati bosh uchastkalar quvvati bilan, uchastkalar quvvati esa bosh uskunalar quvvatiga asosan aniqlanadi. Korxona ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilab beruvchi ko ‘rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

    • uskunalar tarkibi va turlar bo’yicha soni;

    • uskuna, agregat va dastgohlardan foydalanishning texnik-iqtisodiy norma (normativ) lari;

    • uskunalarning ishlash vaqti fondi;

    • ishchilar soni;

    • ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va assortimenti (turlari va xilma-xilligi).

    Sanoat korxonasi ishlab chiqarish quvvatining boshlang‘ich (yil boshida), yakuniy (yil oxirida), o ‘rtacha yillik hamda loyiha quvvati turlari mavjud. Loyiha quvvati qurilish loyihasida ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Qayta tiklash, kengaytirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish davomida loyiha quvvati kattalashtirilishi mumkin. Shu sababli amaliyotda loyiha quvvati ko‘pincha korxonaning amaldagi quvvati bilan solishtiriladi. Korxonaning amaldagi quvvati korxona ishlab chiqarish dasturini tayyorlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
    Sanoat korxonasia ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda zahiradagi uskunalardan tashqari, barcha o ‘rnatilgan uskunalar hisobga olinadi. Ba’zi bir sexlarda (yig‘uv, quyuv va boshqa sexlarda) ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarish maydonlariga asosan hisoblanadi.
    Ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda mahsulot birligiga sarflanuvchi vaqt normasi yoki har bir uskunaning unumdorlik normalari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular ilg‘or hamda progressiv bo‘lishi talab qilinadi.
    Sanoat korxonasi bosh bo‘g‘inining (asosiy sexining) ishlab chiqarish quvvati quyidagi formula asosida hisoblanadi:

    Download 1,61 Mb.
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   122




    Download 1,61 Mb.