• K sm = MS/ KO
  • uskunalardan intensiv foydalanish koeffitsiyentidan
  • Industrial iqtisodiyot




    Download 1,61 Mb.
    bet87/122
    Sana04.06.2024
    Hajmi1,61 Mb.
    #259972
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   122
    Bog'liq
    китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni

    Keks= txaq/ trej
    Bu yerda: txaq - uskunalardan haqiqiy foydalanilgan vaqt, soatlar;
    trej - uskunalarning normaga asosan foydalanish muddati, soatlar.
    Misol. Agar 8 soatlik smena mobaynida ta’mirlash uchun 1 soat rejalashtirilib, amalda 5 soat sarflangan bo‘lsa, u holda ekstensiv foydalanish koeffitsiyenti 0,71 (5/(8-1)) ni tashkil qiladi. Bu esa asbob-uskunalardan smena davomida faqat 71 % foydalanilganligini anglatadi.
    Korxonalarda bunday uskunalarning bir emas, bir nechta - o‘nta yoki yuztasidan foydalaniladi. Shu munosabat bilan uskunalarning smenalik koeffitsiyenti - sutka davomida mashina-smenalarning o‘rnatilgan uskunalarning umumiy soni yoki ishchi o‘rinlariga nisbatini aniqlash zaruriyati tug‘iladi. Bu holda smenalilik koeffitsiyenti quyidagi formula asosida aniqlanadi:
    Ksm= MS/ KO
    Bu yerda: MS - sutka davomida haqiqiy ishlangan mashina-smenalar yig‘indisi;
    KO - o‘rnatilgan asbob-uskunalarning umumiy soni.
    Uskunalarni yuklanish koeffitsiyenti ham uskunalardan vaqt bo‘yicha foydalanishni tavsiflaydi. Smenalilik koeffitsiyentidan farqli ravishda, u mahsulotning mehnat sig‘imini hisobga oladi. U mazkur uskunada tayyorlangan barcha mahsulotlar mehnat sig‘imining uning ishlash vaqti fondiga nisbati orqali aniqlanadi.
    Korxonada asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni to‘liq baholash uchun ekstensiv ko‘rsatkichlardan tashqari, ularning quvvat bo‘yicha yuklanish tabiatini o‘rganish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yerda yuqorida aytib o‘tilganidek, texnologik uskunalar amaldagi unumdorligining, ya’ni texnik asoslangan progressiv unumdorlikning normativ unumdorlikka nisbati asosida, ya’ni uskunalardan intensiv foydalanish koeffitsiyentidan foydalanish, uni quyidagi formula bo‘yicha hisoblash mumkin:

    Download 1,61 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   122




    Download 1,61 Mb.