|
Industrial iqtisodiyot
|
bet | 85/122 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,61 Mb. | | #259972 |
Bog'liq китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotniKo'rsatkichlarning nomi
|
Nimani ifodalashi (mazmuni)
|
Aniqlanish formulasi
|
1. Asosiy vositalar rentabelligi
|
Asosiy vositalarlar o‘rtacha qiymatiga nisbatan sof foydaning ulushini ifodalaydi.
|
SF*100/ Av
|
2 Asosiy vositalar daromadliligi
|
Asosiy vositalar o‘rtacha qiymatiga necha foiz daromad to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi
|
D*100/Av
|
3. Asosiy vositalar natijaviyligi (fond
qaytimi)
|
1 so‘m asosiy vositalar o‘rtacha qiymatiga qancha miqdorda natijaviy ko‘rsatkichning (sotilgan mahsulot, tovar mahsuloti, tovar oboroti va h.k.) to‘g‘ri kelishini ifodalaydi
|
Q/Av
|
Av. rentabelligi asosiy vositalarning 1 so‘miga to‘g‘ri keladigan foyda summasini ifodalaydi. U sof foydaning asosiy vositalar o‘rtacha yillik qiymatiga nisbati bilan quyidagicha aniqlanadi:
Raf = SF*100 / Av
1 Abdukarimov I.T. va boshqalar. Korxona iqtisodiy salohiyati tahlili. - T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi, 2015, - 256 b.
bunda:Raf - asosiy vositalar rentabelligi;
SF - soffoyda.
Asosiy vositalar daromadliligi
Av.d = D*100/Av
Asosiy vositalar natijaviyligi(fond qaytimi). Asosiy vositalar mahsuldorligi tahlil qilinayotgan davrda (odatda, bir yilda) ishlab chiqarilgan (sotilgan) mahsulotning Av o‘rtacha yillik qiymatiga nisbati shaklida quyidagi formula orqali topiladi:
Avm= Q /Av
bunda:Avm - asosiy vositalar natijaviyligi;
Q - tahlil qilingan davrda ishlab chiqarilgan (sotilgan) mahsulot hajmi;
Av - asosiy vositalar o‘rtacha yillik qiymati.
Bozor munosabatlari sharoitida sotilgan mahsulot hajmi xo‘jalik faoliyatini to‘la hajmda aks ettiradi. Foyda va rentabellik kabi korxonaning moliyaviy holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar ham ushbu ko‘rsatkichlarga bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun Av. mahsuldorligini ishlab chiqarilgan mahsulot bo‘yicha emas sotilgan mahsulot hajmi bo‘yicha aniqlash to‘g‘ri bo‘ladi. Buning uchun quyidagi formula tavsiya etiladi:
Avm = S/Av
bunda:S - sotilgan mahsulot hajmi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning turli xil ko‘rsatkichlari mavjud bo‘lib, ularni shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin:
|
| |