• Asosiy vositalar (Av.) bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi korsatkichlar
  • Asosiy vositalar tuzilmasi




    Download 1,61 Mb.
    bet82/122
    Sana04.06.2024
    Hajmi1,61 Mb.
    #259972
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   122
    Bog'liq
    китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni

    Asosiy vositalar tuzilmasi tarmoq ixtisosligidan kelib chiqib aniqlanadi va korxonaning ishlab chiqarish va texnik ta’minoti xususiyatlarini aks ettiradi. U korxona asosiy vositalari umumiy summasida va noishlab chiqarish, aktiv vapassiv qismining hajmiga hamda ularning yil mobaynidagi o‘zgarishlari va dinamikasiga bog‘liqdir.
    Mazkur ko‘rsatkichlar asosida korxona tuzilmalari bo‘yicha asosiy vositalar samaradorligi, texnik jihozanishning darajasi, qo‘l mehnati kamayishi va ishlab chiqarish samaradorligi oshishi haqida hulosalar chiqarish mumkin. Asosiy vositalar tuzilmasini hisob-kitob qilish uchun 3-shakldagi «Asosiy vositalar harakati haqidagi hisobot» ma’lumotlari qo‘llaniladi. Bu ko‘rsatkichlarni asosiy vositalar holatining yaxshilanish (yomonlashish) sabablarini aniqlagan holda dinamikasini o‘rganib, hisob-kitob qilish zarur.
    Asosiy vositalar boshlang‘ich qiymatining qoldiq qiymatiga nisbatan keskin o‘sishi koeffitsiyentlarda eskirish ko‘payganligi va ular yaroqliligi kamayganligini, ya’ni holati yomonlashganini ko‘rsatadi.
    Qoldiq qiymatining boshlang‘ich qiymatga nisbatan keskin o‘sishi asosiy vositalar yangilangan, ularning eskirishi qisqargandan dalolat beradi. Eskirishni kamaytirish, ya’ni asosiy vositalar holatini yaxshilash usullaridan biri o‘z vaqtida kapital ta’mirlash, yangilarini xarid qilish, shuningdek, ma’naviy va jismoniy eskirgan uskunalarni hisobdan chiqarishdan iboratdir. Bu tadbirga erkin raqobat hukm surib turgan bozor munosabatlari sharoitida ahamiyat berish lozim.
    Asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik korxonaning texnik jihatdan ta’minlanganligini, mehnat va ishlarning mexanizatsiyalashganligi va avtomatlashganligini koeffitsiyent orqali ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichlar orqali har bir korxonaning moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash mumkin. Shu tufayli ushbu ko‘rsatkichlar asosiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi (9.6- jadval).
    Asosiy vositalar (Av.) bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko'rsatkichlar1


    Download 1,61 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   122




    Download 1,61 Mb.