|
Amortizatsiya hisoblashning sonlar yig‘indisi-kumulyativ usul, (ming s
|
bet | 80/122 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,61 Mb. | | #259972 |
Bog'liq китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotniAmortizatsiya hisoblashning sonlar yig‘indisi-kumulyativ usul, (ming so’mda).
|
Boshlang’ic h qiymat
|
Yillik amortizatsiya summasi
|
Amortizatsiya summasi
|
Balans qiymati
|
Sotib olish sanasi
|
10 000
|
-
|
-
|
10 000
|
1-yil oxirida
|
10 000
|
(5/15 x 9 000) = 3 000
|
3 000
|
7 000
|
2-yil oxirida
|
10 000
|
(4/15 x 9 000) = 2 400
|
5 400
|
4 600
|
3 -yil oxirida
|
10 000
|
(3/15 x 9 000) = 1 800
|
7 200
|
2 800
|
4 -yil oxirida
|
10 000
|
(2/15 x 9 000) = 1 200
|
8 400
|
1 600
|
5 -yil oxirida
|
10 000
|
(1/15 x 9 000) = 600
|
9 000
|
1 000
|
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, birinchi yilda amortizatsiya summasining eng katta qismi hisoblanadi va keyingi yillarda bu miqdor kamayib borish xususiyatiga ega.
Soliq solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida (144- modda) har yillik amortizatsiya me’yorlari xarajatlarga teng maromda hisobdan chiqariladigan asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymatiga nisbatan foizlarda belgilangan (9.4-jadval).
Ishlab chiqarish jarayonida asosiy vositalar asta-sekinlik bilan eskirishi sababli, ularning ish qobiliyatini ta’mirlash orqali tiklash zaruriyati tug‘iladi. O‘z vaqtida ta’mirlash asosiy vositalar muddatidan oldin ishdan chiqishining oldini oladi hamda ularning xizmat qilish muddati va unumdorligini oshiradi. Asosiy vositalarni ta’mirlash kapital, o‘rta va joriy turlarga bo‘linadi. Bino va inshootlarni ta’mirlash o‘z mazmuni, talab qilinuvchi muddat va mablag‘larga ko‘ra, mashina va uskunalarni ta’mirlashdan farq qiladi.
Uskunalar va transport vositalarini kapital ta’mirlash - agregatni to‘liq ajratib yig‘ish amalga oshiriladigan ta’mirlashdir, bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan detallar va uzellarni almashtirish yoki tiklash hamda agregatni yig‘ish, sozlash va sinab ko‘rishdir.
Asosiy vositalarning amortizatsiya me’yorlari
Guruhlar tartib raqami
|
Asosiy vositalarning nomi
|
Amortizatsiyaning yillik eng yuqori normasi, foizlarda
|
I
|
Binolar, imoratlar va inshootlar
|
|
|
Binolar, imoratlar
|
3
|
|
Neft va gaz quduqlari; Neft-gaz omborlari; Kema qatnaydigan kanallar, suv kanallari; Dambalar, to’g’onlar; Daryo va dengiz prichal inshootlari; Korxonalarning temir yo’llari; Qirg’oqni mustahkamlovchi, qirg’oqni himoyalovchi inshootlar; Rezervuarlar, sisternalar, baklar va boshqa sig’imlar; Yopiq kollektor-drenaj tarmog’i; Havo kemalarining uchish-qo’nish yo’llari, yo’laklari, to’xtash joylari; Bog’larning va hayvonot bog’larining inshootlari; Sport-sog’lomlashtirish inshootlari; Issiqxonalar va parniklar; Boshqa inshootlar.
|
5
|
II
|
Uzatish qurilmalari: Elektr uzatish hamda aloqa qurilmalari va liniyalari; Ichki gaz quvurlari va quvurlar; Vodoprovod, kanalizatsiya va issiqlik tarmoqlari; Magistral quvurlar; Boshqalar.
|
8
|
III
|
Kuch-quvvat beradigan mashinalar va uskunalar: Issiqlik texnika uskunalari; Turbina uskunalari va gaz turbinalari qurilmalari; Elektr dvigatellari va dizel-generatorlar; Kompleks qurilmalar; Boshqa kuch-quvvat beradigan mashinalar va uskunalar (harakatlanuvchi transportdan tashqari).
|
8
|
IV
|
Faoliyat turlari bo’yicha ish mashinalari va uskunalar (harakatlanuvchi transportdan tashqari)
|
15
|
V
|
Harakatlanuvchan transport: Temir yo’lning harakatdagi tarkibi; Dengiz, daryo kemalari, baliqchilik sanoati kemalari; Havo transporti;
|
4
|
|
Harakatlanuvchan transport: Avtomobil transportining harakatdagi tarkibi, ishlab chiqarish transporti; Yengil avtomobillar; Sanoat traktorlari.
|
20
|
|
Harakatlanuvchan transport: Kommunal transport; Maxsus vaxta vagonlari.
|
10
|
|
Harakatlanuvchan transport: Boshqa transport vositalari
|
20
|
VI
|
Kompyuter, periferiya qurilmalari, ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari
|
20
|
VII
|
Boshqa guruhlarga kiritilmagan asosiy vositalar
|
|
|
Ko‘p yillik dov-daraxtlar
|
10
|
|
Boshqalar
|
15
|
Binolar va inshootlarni kapital ta’mirlash - bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan konstruksiyalarning detallari va uzellarini almashtirish yoki tiklash amalga oshiriladigan ta’mirlashdir.
Uskunalarni ikki marta kapital ta’mirlash orasidagi muddat ta’mirlash sikli deb ataladi. Mashina va uskunalar, qoidaga ko‘ra, maxsus zavodlarda ta’mirlanadi.
149
O‘rtacha ta’mirlash texnik mazmuni, murakkabligi, bajariladigan ish hajmi va davriyligiga ko‘ra, kapital ta’mirlashdan farq qiladi hamda sarflanuvchi mablag‘, vaqt va kuchni nisbatan kamroq talab etadi. Joriy ta’mirlash kabi u ham mashina yoki uskunadan foydalanuvchi korxonaning o‘zida amalga oshirilishi mumkin. O‘rtacha ta’mirlashda ta’mirlanayotgan agregatni qisman ajratish va detallarning qismlarini tiklash yoki almashtirish amalga oshiriladi.
Joriy ta’mirlash - asosiy vositalar ob’ektini ishchi holatida saqlab turish maqsadida amalga oshiriladigan ta’mirlashdir.
Joriy ta’mirlashda asosan asbob-uskunalar tozalanadi, moylanadi, tekshiriladi, mayda kamchiliklari bartaraf qilinadi, ya’ni uskunalarning foydalanishga doimiy tayyorligi ta’minlanadi.
Asosiy vositalarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish majmuasi rejali-oldini oluvchi ta’mirlash tizimiga (ROOT) birlashtiriladi va korxona bosh mexanigi tomonidan boshqariladi. Deyarli har bir korxonada ROOT o‘tkazilishini qayd qilish jurnallari mavjud bo‘lib, ularda profilaktika va ta’mirlash tadbirlarini o‘tkazish tartibi va grafigi belgilab qo‘yiladi.
Ta’mirlash ishlari tufayli korxona asosiy vositalarning joriy ekspluatatsiyaga tayyorligini ta’minlaydi. Biroq shu bilan bir qatorda korxona asosiy vositalarni yaratish, foydalanish, amortizatsiya, qayta tiklash kabi bosqichlarni o‘z ichiga oluvchi takror ishlab chiqarish amallarini doimiy ravishda bajarishga intilishi lozim.
Takror ishlab chiqarish siklida asosiy vositalarni yaratish jarayoni korxonadan tashqarida amalga oshiriladi hamda asosan qurilish sohasi, mashinasozlik, asbobsozlik hamda asosiy vositalarni yaratish bilan shug‘ullanuvchi boshqa sohalar bilan bog‘liq bo‘ladi. Asosiy vositalarni takror ishlab chiqarishning qolgan bosqichlari korxona hududida amalga oshiriladi. Biroq barcha hollarda ham asosiy vositalarni takror ishlab chiqarish tufayli korxonalar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hamda rivojlanib borayotgan bozor munosabatlari sharoitlarida iqtisodiy va texnik barqarorlikka erishishlarini ta’minlaydi.
Sanoat korxonalari asosiy vositalarining xolati va ta’minlanganligi
ko‘rsatkichlari
Asosiy vositalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar iqtisodiy salohiyat ko‘rsatkichlari ichida ma’lum darajada o‘z o‘rniga ega. Ushbu vositalarga xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ancha mablag‘i jalb qilingan bo‘ladi. Mazkur mablag‘larning qaytimi asosiy vositalardan samarali foydalanish evaziga amalga oshiriladiXXXIX.
Asosiy vositalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni uch guruhga bo‘linadi: asosiy vositalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar; asosiy vositalar bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar; asosiy vositalar samaradorligini ifodalovchi
ko‘rsatkichlar. Ularni aniqlash yo‘llari quyida jadvalda keltirilgan ( 8-jadval)
|
| |