|
Industrial iqtisodiyot
|
bet | 79/122 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,61 Mb. | | #259972 |
Bog'liq китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni10 000
|
30 000
|
3 000
|
5 000
|
5 000
|
3 -yil oxirida
|
10 000
|
10 000
|
1 000
|
6 000
|
4 000
|
4 -yil oxirida
|
10 000
|
20 000
|
2 000
|
8 000
|
2 000
|
5 -yil oxirida
|
10 000
|
10 000
|
1 000
|
9 000
|
1 000
|
Jadallashtirilgan usulda amortizatsiya hisoblash. Asosiy vositalardan intensiv foydalanilganda, shuningdek ilmiy-texnikaviy jarayonning katta ta’sirida asosiy vositalar amortizatsiyasi quyidagi usullarda hisoblanadigan jadallashtirilgan amortizatsiya yo‘li bilan ifodalanadi:
ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli;
146
Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli amortizatsiyani hisoblash davrida amortizatsiyalanadigan aktiv qiymatining kamayishini anglatadi.
Mazkur usulga ko‘ra teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulidan ikki baravar amortizatsiya me’yori mazkur hisobot davridagi asosiy vositaning tegishli qoldiq qiymatiga ko‘paytiriladi. Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli bo‘yicha amortizatsiyani hisoblashda faraz qilinayotgan tugatish qiymati boshlang‘ich (tiklash) qiymatidan chegirilmaydi.
Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usulida yillik amortizatsiya ajratmalari summasi hisobot yili boshidagi asosiy vositalar ob’ektining qoldiq qiymatidan va mazkur ob’ektni foydali ishlatish muddatiga bog‘liq holda hisoblangan amortizatsiyaning ikki baravar me’yoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Misol. Yuk avtomobilining foydali xizmat muddati 5 yil.
Qiymatni bir tekisda taqsimlash (to‘g‘ri chiziqli) usulda hisoblangan amortizatsiya me’yori 20% (100% / 5).
Ikki baravar stavka bilan qoldiqni kamaytirish usulida amortizatsiya normasi 40% ga teng bo ‘ladi (2 x 20%).
So‘ngra bu stavka har yilning oxirida ob’ektning balans qiymatiga ko‘paytirilib amortizatsiya summasi topiladi. Bu usulda amortizatsiya hisoblashda ob’ektning qoldiq qiymati hisoblashda e’tiborga olinmaydi. Ammo, oxirgi yilda uning balans qiymatini qoldiq qiymatigacha yetkazish davrida hisobga olinadi.
9.2-jadval
Amortizatsiya hisoblashning qoldiqni kamaytirish usuli (ming so’mda).
|
Boshlang‘ic h qiymat
|
Yillik amortizatsiya summasi
|
Amortizatsiya summasi
|
Balans qiymati
|
Sotib olish sanasi
|
10 000
|
-
|
-
|
10 000
|
1-yil oxirida
|
10 000
|
(40% x 10 000) = 4 000
|
4 000
|
6 000
|
2-yil oxirida
|
10 000
|
(40% x 6 000) = 2 400
|
6 400
|
3 600
|
3 -yil oxirida
|
10 000
|
(40% x 3 600) = 1 440
|
7 840
|
2 160
|
4 -yil oxirida
|
10 000
|
(40% x 2 160) = 864
|
8 704
|
1 296
|
5 -yil oxirida
|
10 000
|
296
|
9 000
|
1 000
|
yillar summasi usuli (kumulyativ usul).
Yillar summasi usuliga (kumulyativ usulga) ko‘ra har yili amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddati oxiriga qadar qoladigan amortizatsiyalanadigan qiymatga ulush sifatida aniqlanadi. Ulush amortizatsiya ajratmalari tugaguniga qadar qoladigan to‘liq yillar sonini amortizatsiya muddatini tashkil qiladigan yillar tartib sonlari summasiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Yillar summasi usulida (kumulyativ usulda) amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi asosiy vositalar ob’ektining tugatish qiymati ayirilgan holda boshlang‘ich (tiklash) qiymatidan hamda suratida ob’ektni foydali ishlatish muddatining oxiriga qadar qoladigan yillar soni, maxrajida esa - ob’ektni foydali ishlatish muddati yillari soni summasining nisbatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Masalan, yuk avtomobilining kutilayotgan xizmat ko‘rsatish muddati 5 yilga teng. Ekspluatatsiya muddatida yil sonlari yig‘indisi - 15 ga teng (kumulyativ son):
1 + 2 + 3 + 4 + 5 = 15
So‘ngra teskari tartibda har bir xizmat yilini kumulyativ songa bo‘lish orqali hisoblash koeffitsentlari topiladi:
5/15, 4/15, 3/15, 2/15, 1/15.
Bu koeffitsentlarni ob’ektning har yillik qoldiq qiymatiga bo‘lish orqali amortizatsiya summasi topiladi: 9 000 000 (10 000 000 - 1 000 000).
9.3-jadval
|
| |