• Asosiy vositalar (Av.) holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar
  • Ko’rsatkichlarning nomi Nimani ifodalashi (mazmuni) Aniqlanish formulasi
  • Kyar = Av.qq/Av.bq
  • Kyang = Av.yang/ Avdo.b.q
  • Kh.ch = Av.chiq./ Avdb.b.q
  • Asosiy vositalar holatini




    Download 1,61 Mb.
    bet81/122
    Sana04.06.2024
    Hajmi1,61 Mb.
    #259972
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   122
    Bog'liq
    китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni

    Asosiy vositalar holatini tahlil qilishda ularni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni hisoblash lozim. Uni tahlil qilish uchun biznes-reja hisob va hisobot ma’lumotlaridan foydalaniladi. Unda biznes-rejadagi ma’lumotlari haqiqiy ma’lumotlar bilan taqqoslanib, o‘zgarishlarning yaxshilanganligi yoki yomonlashish sabablari aniqlanadi.
    Asosiy vositalar iqtisodiy tuzilishini va holatini ifodalash uchun ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi.
    9.5-jadval
    Asosiy vositalar (Av.) holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar1

    Ko’rsatkichlarning nomi

    Nimani ifodalashi (mazmuni)

    Aniqlanish formulasi

    l.Asosiy vositalarning
    umumiy mablag‘lardagi
    hissasi

    Asosiy vositalarning umumiy
    mablag‘larda necha foiz tashkil
    qilishini ko‘rsatadi

    Av/B

    2.Asosiy vositalar faol
    qismining (Avf) tarkibiy tuzilishi

    Asosiy vositalar faol qismining
    umumiy asosiy vositalar summasida necha foiz tashkil qilishini ifodalaydi

    Avf/ Av

    3.Asosiy vositalarning
    eskirish koeffitsiyenti

    Umumiy asosiy vositalar qiymatining qancha qismi eskirish summasiga tengligini ko‘rsatadi

    Av.es/Av.bq

    4.Asosiy vositalarning
    yangilanish koeffitsiyenti

    Shu hisobot davrida yangidan ishga tushirilgan asosiy vositalar qismining umumiy yil oxiridagi asosiy
    vositalardagi hissasini ifodalaydi

    Av.yang/ Avdo.b.q

    5.Asosiy vositalarning
    yaroqlilik koeffitsiyenti

    Umumiy asosiy vositalar qiymatining qancha qismi qoldiq qiymatda
    ekanligini ifodalaydi

    (Av-Av.es.)/Av

    6.Asosiy vositalarning
    chiqarilish koeffitsiyenti

    Asosiy vositalarning qancha qismi hisobdan chiqarilganligini ifodalaydi

    Av.chiq./ Avdb. b.q


    Eskirish koeffitsenti (Kesk) eskirish summasining asosiy vositalar boshlang‘ich qiymatiga nisbati sifatida quyidagi formula orqali aniqlanadi:
    Kesk = Av.es/Av.bq
    Bunda:A.ves - asosiy vositalar eskirish summasi;
    Avbq - asosiy vositalarninig boshlang’ichqiymati;
    F1 - 1-shakldagi “Buxgalteriya balansi»;
    010 va 011-satrlar - balans satrlari.
    Asosiy vositalar yaroqlilik koeffitsenti (Kyar) qoldiq qiymatining (eskirish chegirilgan holdagi) boshlang‘ich qiymatga nisbati sifatida quyidagi formula orqali aniqlanadi:
    Kyar = Av.qq/Av.bq
    bunda:Avq.q - asosiy vositalarning qoldiq qiymati.
    Asosiy vositalar yangilanish koeffitsenti (Kyang) yil mobaynida yangi kelgan asosiy vositalarning yil oxiridagi ular qoldig‘iga nisbatisifatida quyidagi formula orqali aniqlanadi:
    Kyang = Av.yang/ Avdo.b.q
    bunda:Avya.k-yangi kelgan asosiy vositalar summasi;
    Avdo.b.q - asosiy vositalarning davr oxiridagi boshlang’ich qiymati;
    Hisobdan chiqarish koeffitsenti (Kh.ch) yil mobaynida hisobdan chiqarilgan asosiy vositalarning yil boshidagi qiymatiga nisbati sifatida quyidagi formula orqali aniqlanadi:
    Kh.ch = Av.chiq./ Avdb.b.q
    bunda:
    Avdb.b.q - asosiy vositalarning davr boshidagi boshlang‘ich qiymati;
    Avh.ch - hisobot davrida hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar.
    Mazkur koeffitsentlar barcha asosiy vositalar hamda ularning alohida turlari va guruhlari bbiyicha hisoblanadi, qator yillar mobaynidagi bizgarishi ko’rib chiqiladi va tegishli xulosalarga kelinadi.

    Download 1,61 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   122




    Download 1,61 Mb.