|
Industrial iqtisodiyot
|
bet | 84/122 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,61 Mb. | | #259972 |
Bog'liq китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotniFc = Av./Q
Fond sig‘imi kapital qo‘yilmalari (investitsiyalar)ni tejash yoki ko‘paytirish bilan uzviy ravishda bog‘liq bo‘ladi. Masalan, mahsulot fond sig‘imi pasayib, uning ishlab chiqarish hajmi doimiy yoki o‘suvchi bo‘lganda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish sharoitlari yaxshilanadi, demak, kapital qo‘yilmalarini tejash uchun imkoniyat tug‘iladi. Uni topish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
Abdukarimov I.T. va boshqalar. Korxona iqtisodiy salohiyati tahlili. - T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi, 2015, - 256 b.
Tk = Fc.o‘z x Q
Bu yerda:
Tk - kapital qo’yilmalarni tejash, so‘m;
Fc.o’z - hisobot yilida mahsulot fond sig’imining o’tgan yildagiga nisbatan o‘zgarishi, so‘m.
Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlari va ularni
oshirish yo’nalishlari.
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalarning asosiy vositalari bilan yetarli darajada ta’minlanganligini o'rganish bilan bir qatorda, ularning samaradorlik ko'rsatkichlarini o'rganish asosiy o'rinda turadi. Chunki, asosiy vositalar bilan yetarli darajada ta’minlangan bo‘lsa-yu, lekin ulardan samarali foydalanmasak, u holda korxonaning samaradorligi pasayib ketadi.
Asosiy vositalarning samaradorlik kursatkichlari korxona xo'jalik faoliyatiga baho berishning muhim ko‘rsatkichlaridan biri sifatida olinadi.
Asosiy vositalardan (Av) foydalanish samaradorligi darajasidan umuman ishlab chiqarish samaradorligi kelib chiqadi. Asosiy vositalardan qanchalik ko‘p foydalansa, shunchalik ko‘p mahsulot chiqariladi, uning tannarxi arzonlashadi, mehnat samaradorligi, foyda va rentabellik yuqori bo‘ladi.
Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarga: Av mahsuldorligi, Av daromadliligi, Av rentabelligi, mashina va uskunalar quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti kiradi (9.7-jadval).
9.7-jadval
Asosiy vositalar samaradorligini ifodalovchi ko'rsatkichlar1
|
| |