• Amortizatsiya
  • Me2 = (Uyangi- Ueski)/ Uyangi




    Download 1,61 Mb.
    bet77/122
    Sana04.06.2024
    Hajmi1,61 Mb.
    #259972
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   122
    Bog'liq
    китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni

    Me2 = (Uyangi- Ueski)/ Uyangi
    Bu yerda:Avb - asosiy vositalarning to‘liq boshlang‘ich qiymati;
    Avtq - asosiy vositalarning tiklanish qiymati;
    Uyangi - yangi texnikaning unumdorligi;
    Ueski - eski texnikaning unumdorligi.
    Asosiy vositalarni qayta ishlab chiqarish, ya’ni jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirgan asosiy vositalarning o‘rnini iqtisodiy to‘ldirish uchun korxona bu vositalar qiymatidan amortizatsiya ajratmalarni ayirib tashlaydi hamda bu ajratmalar xarajatlar sifatida mahsulot tannarxiga kiritiladi.
    Amortizatsiya bu - foydali xizmat muddati mobaynida aktivning
    144
    amortizatsiyalanadigan qiymatini asosiy vositalarning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam taqsimlash va o‘tkazish ko‘rinishida eskirishning qiymat shaklidagi ifodasidir;
    Asosiy vositalar ob’ekti bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur ob’ekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning dastlabki sanasidan boshlanadi hamda mazkur ob’ektning amortizatsiyalanadigan qiymati to‘liq so‘ndirilgunga qadar yoki bu ob’ektni balansdan hisobdan chiqarilguncha amalga oshiriladi.
    Yer uchastkalariga amortizatsiya hisoblanmaydi. Shuningdek quyidagi asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya hisoblanmaydi:

    1. mahsuldor qoramollar;

    2. kutubxona fondlari;

    v) hokimiyatlarga bo‘ysunadigan obodonlashtirish inshootlari;
    g) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga o‘tkazilgan fondlar;

    1. muzey qimmatliklari;

    2. arxitektura va san’at yodgorliklari;

    j) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari;
    z) to‘liq amortizatsiyalangan asosiy vositalar.
    Amortizatsiya ajratmalari asosiy vositalarning balans qiymati va foydali xizmat muddatini hisobga olgan holda belgilanadigan yillik amortizatsiya me’yoriga nisbatan hisoblanadi. Amortizatsiya miqdorini hisoblashga quyidagi omillar hisobga olinadi:

    • asosiy vositaning boshlang‘ich balans qiymati;

    • asosiy vositaning qoldiq qiymati;

    • asosiy vositaning xizmat muddati;

    • o‘rnatilgan amortizatsiya me’yori.

    Amortizatsiya quyidagi usullarni qo‘llash orqali hisoblanadi:

    1. Amortizatsiyani teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash.

    2. Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amortizatsiyani hisoblash (ishlab chiqarish usuli).

    3. Jadallashtirilgan usulda amortizatsiya hisoblash:

    1. ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli;

    2. yillar summasi usuli (kumulyativ usul).

    1. Amortizatsiyani teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash.

    Amortizatsiyani teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulida amortizatsiya teng maromda, asosiy vositalarni foydali ishlatish muddati mobaynida ularning amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib chiqqan holda teng ulushlarda hisoblanadi.
    Mazkur usulga ko‘ra asosiy vositalar ob’ektining amortizatsiyalanadigan qiymati uning xizmat muddati davomida tegishli xarajatlarga teng maromda hisobdan chiqariladi (taqsimlanadi). Usul amortizatsiya me’yori foydali xizmat muddatining faoliyatiga bog‘liqligiga asoslangan. Har bir davr uchun amortizatsiya ajratmalari summasi amortizatsiyalanadigan qiymatni ob’ektdan foydalanilgan hisobot davrlaridagi soniga bo‘lish yo‘li bilan hisoblanadi.
    Amortizatsiyani teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulida amortizatsiya
    145
    ajratmalarining yillik summasi asosiy vositalar ob’ektining boshlang‘ich (tiklash) qiymatidan kelib chiqib, mazkur ob’ektning tugatish qiymatini va foydali ishlatish muddatini ayirgan holda, belgilanadi;

    Download 1,61 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   122




    Download 1,61 Mb.