|
Industrial iqtisodiyot
|
bet | 73/122 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,61 Mb. | | #259972 |
Bog'liq китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotniTarif koeffitsientlari
|
Mehnatga haq to'lash razryadlari
|
Tarif koeffitsientlari
|
1
|
2,476
|
12
|
6,115
|
2
|
2,725
|
13
|
6,503
|
3
|
2,998
|
14
|
6,893
|
4
|
3,297
|
15
|
7,292
|
5
|
3,612
|
16
|
7,697
|
6
|
3,941
|
17
|
8,106
|
7
|
4,284
|
18
|
8,522
|
8
|
4,640
|
19
|
8,943
|
9
|
4,997
|
20
|
9,371
|
10
|
5,362
|
21
|
9,804
|
11
|
5,733
|
22
|
10,240
|
12
|
6,115
|
|
|
Tarif tizimining asosiy elementlariga tarif setkalari, tarif stavkalari, tarif-malaka ma’lumotnomalari, lavozim maoshlari, xizmatchilar lavozimlarining tarif
ma’lumotnomalari, tarif stavkalariga ustama va qo‘shimcha haqlar, ish haqiga doir mintaqaviy malaka koeffitsientlari kiradi.
Tarif setkasi - razryadlar shkalasidan iborat bo‘lib, ularning har biriga o‘z tarif koeffitsienti berilgan .
Tarif stavkasi - ish vaqti birligi hisobiga mehnatga haq to‘lashning pul bilan ifodalangan mutlaq miqdoridir.
Tarif setkasi yoki tarif tizimi shunday tizimki, unda kasblar va lavozimlarning razryadiga qarab lavozim maoshini hisoblash uchun miqdorlar, koeffitsientlar keltirilgan bo‘ladi. Butun respublikada shunday turdagi va bir xil razryaddagi kasb, lavozim uchun mehnat haqi miqdori shu tarif setkadan kelib chiqib hisoblanadi.
Tarif koeffitsienti tegishli razryaddagi kasb yoki lavozimga to‘lanadigan mehnat haqining eng kam oylik ish haqiga nisbatini bildiradi. Masalan, 15-razryaddagi kasb yoki lavozimning koeffitsienti 7,292 ekan. Demak, bu kasb yoki lavozimga eng kam oylik ish haqining 7,292 baravari miqdorida haq to’lanishi kerak.
Mamlakatimizda barcha kasblar Yagona klassifikatorga keltirilgan bo’lib, bu klassifikator Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 iyundagi 164-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Unda har bir kasbning tegishli razryadi belgilangan. Masalan, o‘rash mashinasi operatori (klassifikatordagi tartib raqami: 3088) kasbi uchun tarif razryadi 4 ga teng.
8.4-rasm. Hududlar bo’yicha o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi (2017 yil yanvar-dekabr, respublikadagi o’rtacha oylik ish haqiga nisbatan, % da)1
O’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko’rsatkichini respublika hududlari bo’yicha ko’radigan bo’lsak, ya’ni o’rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Toshkent shahrida 1 986,5 ming so’mni (respublikadagi o’rtacha oylik ish haqiga nisbatan 136,7 %), Navoiy viloyatida 1 926,5 ming so’mni (132,6 %) va Toshkent viloyatida 1 559,7 ming so’mni (107,3 %) tashkil etgan bo’lsa, Namangan viloyatida 1 140,5 ming so’mni (78,5 %), Samarqand viloyatida 1 157,3 ming so’mni (79,6 %) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan kam miqdorga ega bo’lmoqda.
Qisqacha xulosalar
Sanoat iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i sifatida yuqori malakali, kadrlar jamoasini o‘zida mujassamlashtiradi.
Kadrlarning bilimi, ilmi va malaka darajasi mamlakat ishlab chiqarish kuchlarining eng muhim elementi, ya’ni unsuri hisoblanadi.
Shu sababli iqtisodiyot sohasidagi barcha muammolarning yechimini topish va sanoat ishlab-chiqarishni oldiga qo‘yilgan vazifalarni oqilona hal etish kadrlarga bog‘liq ekanligi Respublika Prezidentining asarlarida qayta va qayta ta’kidlanadi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston sanoatida kadrlar tarkibi va tuzilmasi miqdor va sifat jihatidan sezilarli darajada o‘zgardi.
Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va kayta tayyorlash masalasiga alohida e’tibor berilishi tufayli sanoatning izchil va barqaror rivojlanishiga erishildi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
.Davlatning kadrlar siyosati: moxiyati, ahamiyati va mazmuni.
.Sanoat ishlab chiqarishi va kadrlar. Ularni guruhlarga bo‘lish.
.Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va ularni tarbiyalash.
.Kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash.
.Kadrlar sonini bashorat qilish va ulardan oqilona foydalanish muammolari.
.«Mehnat» tushunchasining, mohiyati, ahamiyati.
.Mehnatga haq to‘lash tamoyillari va shakllari.
.Tarif tizimi va uning unsurlari.
.Ish haqining bozor iqtisodiyotiga mos turlari.
10.Mehnatga haq to‘lashni erkinlashtirish masalalari.
Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro'yxati:
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi //www.lex.uz
O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi qonuni.// www.lex.uz
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida» gi №PF-4947 sonli Farmoni. //Xalq so’zi. 2017 yil 8 fevral.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.//Xalq so‘zi, 23 dekabr, 2017 yil
Church J., and R.Ware. (CW) Industrial Organization. A Strategic Approach. Irwin. 2000.
Abdurahmonov Q.X., Xolmo’minov Sh.R., Bakieva I.A., Qurbonov S.P. Mehnat iqtisodiyoti (o’quv qo’llanma) - T.: TDIU, 2016. -105-108 bet.
Abdukarimov I.T. va boshqalar. Когхопл iqtisodiy salohiyati tahlili. - T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi, 2015, - 256 b.
Ortiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik.- T.:”Sano-standart”, 2014.-304 b.
www.webofscience.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi
www.search.ebscohost.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi
9-BOB. SANOAT ISHLAB CHIQARISHINING ASOSIY FONDLARI VA
ISHLAB CHIQARISH QUVVATLARI
Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati,
tarkibi va tuzilishi
Mamlakatning qudrati, iqtisodiy - ijtimoiy rivojlanishi, jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish shu mamlakat resurslari, ayniqsa, asosiy va aylanma fondlarining miqdori va sifati bilan belgilanadi. Mamlakat va uning sanoati, boshqa tarmoqlari, korxonalari qanchalik ko‘p resurslarga ega bo‘lsa, u shunchalik qudratli va rivojlangan bo‘ladi. Agar u ana shu resurslardan to‘la - to‘kis, oqilona foydalana olsa, albatta, buyuk davlatga aylanadi.
Sanoat ishlab chiqarishi faoliyatida asosiy fondlarning alohida o‘rni bor. Chunki ularsiz birorta ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish va mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas.
Iqtisodiyotning globallashuvi hamda hisob va hisobotlarning mukammallashuvi, jumladan, milliy hisob standartlarining jahon standartlari talablari darajasiga keltirilishi tufayli, garchi asosiy vositalar, asosiy vositalarning pul ko‘rinishidagi ifodasi sifatida avvaldan qo‘llanib kelgan bo‘lsada, hayotimizga “asosiy kapital”, “asosiy vositalar” kabi atamalar endilikda keng ravishda kirib kelmoqda.
Zamonaviy iqtisodiyot fani asosiy vositalarni ma’lum bir iste’mol qiymati ko‘rinishida ijtimoiy mehnat asosida yaratiluvchi, ishlab chiqarishning moddiy- buyumlashgan material omillari qatoriga kiritadi. Hozirgi bozor sharoitlarida korxona kuchi va vositalari yordamida yaratilgan (fond)lar ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirish va ulardan foydalanishga faol ravishda ta’sir ko‘rsatuvchi mulk hisoblanadi. Butun iqtisodiyot miqyosida asosiy vosita (fond)lar mamlakatning milliy boyligini tashkil qiladi. Korxonaning asosiy vositalari atamasi amaliyotda va ko‘plab adabiyotlarda “asosiy vositalar” yoki “asosiy kapital” atamasi bilan ham qo‘llanilishi mumkin.
|
| |