|
rasm. O’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi miqdori va o’sish sur’ati
|
bet | 71/122 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,61 Mb. | | #259972 |
Bog'liq китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotnirasm. O’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi miqdori va o’sish sur’ati (2017 yil yanvar-dekabr, qishloq xo’jaligi va kichik tadbirkorlik sub’ektlaridan tashqari)1
Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi eng yuqori moliyaviy va sug’urta faoliyatida 2 694,1 ming so’mni (respublikadagi o’rtacha oylik ish haqiga nisbatan 85,4 % ga ko’p), axborot va aloqada 2 498,5 ming so’mni (71,9 %), sanoatda 2 091,7 ming so’mni (43,9 %), tashish va saqlashda 1 945,8 ming so’mni (33,9 %), qurilishda 1 808,4 ming so’mni (24,4 %) tashkil etgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha 2016 yilga nisbatan o’rtacha oylik ish haqining yuqori o’sish sur’atlari moliyaviy va sug’urta faoliyatida (25,9 %), axborot va aloqada (22,3 %), yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlarda (13,3 %) kuzatildi.
Ish haqining mohiyati uning ijtimoiy ishlab chiqarish bosqichlari bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish, uni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishda bajaradigan funksiyalari (vazifalari)da namoyon bo‘ladi:
Takror hosil qilish funksiyasi.
Rag‘batlantiruvchi funksiya.
O‘lchov - taqsimlash funksiyasi.
Resurslarni joylashtirish funksiyasi.
Aholining to‘lovga qodir talabini shakllantirish funksiyasi
yuqorida aytib o‘tilgan funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi eng muhim tamoyillarga rioya qilinishi zarur:
Ishlab chiqarish va mehnat samaradorligi yuksalib borgan sari real ish haqining ortib borishi.
Mehnat unumdorligi o‘sishini o‘rtacha ish haqining o‘sish sur’atlaridan ilgarilovchi sur’atlarini ta’minlash (yoki mahsulot ishlab chiqarish hajmlari sur’atining nste’mol fondlari o‘sishi sur’atlaridan ortib ketishi).
Xodimning korxona faoliyati natijalariga qo‘shgan mehnat xissasiga, mehnat mazmuni va sharoitlariga, korxona joylashgan mintaqaga, uning qaysi tarmoqqa mansubligiga qarab ish haqini tabaqalashtirish.
Barobar (teng) mehnat uchun barobar haq to‘lash.
Mehnatga haq to‘lashni davlat yo‘li bilan boshqarish va tartibga solib turish.
Mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlarining oddiyligi, mantiqiyligi va qulayligi.
Ish haqini tashkil etishning qayta qurilishi bozor talablariga muvofiq quyidagi vazifalar hal etilishini nazarda tutadi:
har bir xodimning o‘z mehnati samaradorligi rezervlarini aniqlash va foydalanishdan manfaatdorligini oshirish, ishlamasdan pul mablag‘lariga ega bo‘lish imkoniyatlariga barham berishini;
mehnatga haq to‘lashda tekischilik hollarini bartaraf etish, ish haqining ham yakka tartibdagi, ham jamoa mehnati natijalariga bevosita bog‘liqligiga erishishni;
turli toifadagi va kasb-malakali guruhlarga mansub bo‘lgan xodimlar mehnatiga haq to‘lash nisbatlarini optimallashtirish, bunda bajariladigan ishlarning murakkabligini, kasblarning noyobligini e’tiborga oladigan mehnat sharoitlari, shuningdek, pirovard natijalarga erishishga intilayotgan turli xodimlar guruxlari va ishlab chiqarish raqobatbardoshligining ta’sirini hisobga olishni.
|
| |