• lizing
  • ekspluatatsiya qilinayotgan asosiy vositalarning yoshi
  • Sanoat korxonalarida asosiy vositalarni baholash, ularni eskirishi
  • boshlang‘ich
  • Industrial iqtisodiyot




    Download 1,61 Mb.
    bet74/122
    Sana04.06.2024
    Hajmi1,61 Mb.
    #259972
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   122
    Bog'liq
    китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni

    Asosiy vositalar korxona ishlab chiqarish vositalarining bir qismi bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishtirok etada va o‘zining natural-moddiy holatini yo‘qotmaydi hamda o‘z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotlarga qismlab o‘tkazib beradi. Asosiy vositalar qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga o‘tkazish jarayoni amortzitsiya deb, ushbu jarayonda to‘plangan mablag‘lar esa amortizatsiya ajratmalari deb ataladi.
    O‘zbekiston respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartiga (5-son BHMS “Asosiy vositalar”) ko‘ra asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi:

    1. bir yildan ortiq xizmat qilish muddati;

    2. bir birlik (to‘plam) uchun qiymati O‘zbekiston Respublikasi (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lgan buyumlar.

    Korxona rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashga haqli.
    Xizmat muddati va qiymatidan qat’i nazar, quyidagilar asosiy vositalar
    138
    tarkibiga kiritilmaydi:

    1. maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumlab va yoppasiga ishlab chiqarish uchun yoki yakka tartibdagi buyurtmalarni tayyorlash uchun mo ‘ljallangan, maqsadli yo ‘naltirilgan asboblar va moslamalar);

    2. maxsus va sanitariya kiyim-kechaklari, maxsus poyabzallar;

    v) ko‘rpa-to ‘shak anjomlari;

    1. yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo ‘yiladigan asboblar va boshqalar);

    2. oshxona anjomlari, shuningdek oshxona uchun dasturxon-sochiqlar;

    3. tiklanishi bo‘yicha xarajatlar qurilish-montaj ishlari tannarxiga

    kiritiladigan vaqtinchalik (notitul inshootlar) moslamalar va qurilmalar;
    j) kamida bir yillik foydalanish muddatiga ega bo ‘lgan almashtiriladigan uskunalar;
    z) ov qurollari (trallar, to ‘rlar, qarmoqlar, matraplar, merejalar va boshqalar).
    Asosiy vositalar tarkibida qonun hujjatlariga muvofiq korxona mulkiga o ‘tkazilgan yer uchastkalari ham hisobga olinadi.
    Iqtisodiy maqsadlariga ko‘ra, asosiy vositalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlariga taqsimlanadi. Ishlab chiqarish asosiy vositalari o‘z mohiyatiga ko‘ra, korxonaning ishlab chiqarish potensialini tashkil qilib, ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:

    • ishlab chiqarish binolari va inshoatlari;

    • uzatish qurilmalari;

    • quvvat mashinalari va uskunalari;

    • ishchi mashinalar va uskunalar;

    • transport vositalari;

    • o ‘lchov va tartibga solish asboblari va qurilmalari;

    • foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lmagan va qonunchilikda belgilab qo‘yilgan qiymatlardagi asboblar va ishlab chiqarish inventari.

    Asosiy vositalar ishlab chiqarishda band bo ‘lgan barcha mutaxassis va xodimlar soni bilan birgalikda, sanoat korxonasining ishlab chiqarish apparati deb ataladi.
    Noishlab chiqarish asosiy vositalari korxona asosiy vositalarining ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etmaydigan qismi bo ‘lib, shu sababli o‘z qiymatini tayyor mahsulotga o ‘tkazmaydi. Bular qatoriga asosan korxona balansida turuvchi turarjoy (uy-joy fondi), oshxona, profilaktoriya, klub, bolalar bog‘chasi va yaslilar, sport-sog ‘lomlashtirish va boshqa ob’ektlar kiritiladi. Madaniy- maishiy va sog‘lomlashtirish yo‘nalishidagi noishlab chiqarish asosiy vositalari ishlab chiqarish asosiy vositalari bilan foydalanish muddati, natural shaklning saqlanishi, o‘z qiymatini sekin-asta yo ‘qotishi kabi ko‘p jihatlari bilan o ‘xshashdir.
    Mehnat predmetiga o ‘tkazuvchi ta’siriga ko‘ra, asosiy ishlab chiqarish fondlari aktiv va passiv turlarga bo‘linadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining passiv turiga bino va inshoatlar, aktiv turiga esa quvvat mashina va uskunalari, ishchi mashina va uskunalar, transport vositalari, texnologik liniyalar, ya’ni biron-bir turdagi mahsulot yaratishda foydalaniluvchi mehnat qurollari kiritiladi.
    Sanoat korxonasining aktiv asosiy ishlab chiqarish fondlari eng harakatchan va ahamiyatli hisoblanadi. Fan-texnika taraqqiyoti davomida ko‘plab korxonalarda aktiv ishlab chiqarish fondlarining salmog‘i ortadi, ularning tarkibi va ko ‘rinishi o‘zgaradi, asosiy vositalar guruh va turlarining ma’naviy eskirish tufayli almashinish sur’ati tezlashadi.
    Ishlab chiqarish miqyosining o ‘sishi va boshqa ijobiy o‘zgarishlar sharoitlarida, ba’zan korxonaning asosiy vositalari, jumladan, ishchi mashinalar va uskunalar, ishlab chiqarish binolari, qurilmalar va hokazolar yetmay qoladi. Bunday hollar ro‘y berganda korxona shartnoma asosida o‘ziga kerakli bo‘lgan asosiy vositalarni yollaydi va ular ijaraga olingan hisoblanadi. Ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o ‘rtasida yuzaga keluvchi mulk munosabatlari lizing deb ataladi (ingl. Lease - ijara).
    Asosiy vositalarning umumiy hajmida alohida guruhlarining qiymat bo‘yicha o‘zaro nisbati asosiy vositalarning turlar bo‘yicha tuzilmasini aks ettiradi hamda amaliyotda foizlarda o ‘lchanadi. Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlari tuzilmasining, birinchi o ‘rinda uning aktiv qismini - mashina va asbob- uskunalarni ko‘paytirishga yo ‘naltirilgan takomillashtirishdan manfaatdor bo‘lishi lozim. Ularning ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori shunchalik katta bo‘ladi va aksincha.
    Sanoat korxonasi asosiy vositalarining turlar bo‘yicha tuzilmasi, ko‘p jihatdan kapital qo ‘yilmalarning texnologik tuzilmasi orqali, jumladan, ularning yangi qurilish va qayta ta’mirlash, amaldagi ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta qurollantirish bilan avvaldan belgilab qo ‘yilgan bo‘ladi. Asosiy vositalarning turlar bo‘yicha tuzilmasiga ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentratsiya qilish darajasi ham katta ta’sir o ‘tkazadi. Yirik korxonalar, ishlab chiqarishni fondlar bilan ta’minlashda va fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan keng foydalanishda kichik va o‘rta korxonalarga qaraganda ko‘proq imkoniyatga ega. Biroq kichik korxonalar harakatchanroq, ularning boshqaruvi
    moslashuvchanroq bo‘lib, natijada ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish osonroq kechadi.
    Korxona iqtisodiyotiga ekspluatatsiya qilinayotgan asosiy vositalarning yoshi, birinchi o ‘rinda mashina va asbob-uskunalarning yoshi katta ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi paytda mashina va sanoat uskunalarini yosh bo‘yicha guruhlashda taxminan quyidagi muddatlardan kelib chiqiladi: 5 yilgacha, 5 yildan 10 yilgacha, 10 yildan 15 yilgacha, 15 yildan 20 yilgacha, 20 yildan 25 yilgacha va hokazo. Mashina va uskunalarning ekspluatatsiya muddati qanchalik yuqori bo‘lsa, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari shunchalik past bo‘ladi, mahsulotlar sifati pasayadi, bekor turib qolish va talofatlar ko‘payadi hamda aksincha. Bundan tashqari, korxona asbob-uskunalaridan uzoq vaqt mobaynida foydalanilganida ta’mirlash uchun ham ko‘p xarajatlar sarflanadi.

      1. Sanoat korxonalarida asosiy vositalarni baholash, ularni eskirishi

    Xo‘jalik amaliyotida asosiy vositalar natural va qiymat ko‘rinishida hisobga olinadi. Agar asosiy vositalarni natural baholash-ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish va zamonaviylashtirish masalalarini hal qilish, asbob-uskunalarni ta’mirlash uchun ularning guruh va turlari bo‘yicha grafiklar tuzish, shuningdek, ta’mirlash vositalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash imkonini bersa, qiymat bo‘yicha baholash esa, asosiy vositalarni qayta ishlab chiqarishni rejalashtirish, ularning mavjud hajmini aniqlash, amortizatsiya hajmini belgilash, asosiy vositalar va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini tahlil qilish va hokazolarda muhim ahamiyat kasb etadi.
    Asosiy vositalarni baholashning quyidagi usullari mavjud: boshlang‘ich

    Download 1,61 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   122




    Download 1,61 Mb.