• Ms.d=D/Ms. Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish
  • kasbiy
  • Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
  • Mehnatga haq to‘lashning funksiyalari va tamoyillari
  • Mehnat salohiyatining rentabelligi




    Download 1,61 Mb.
    bet70/122
    Sana04.06.2024
    Hajmi1,61 Mb.
    #259972
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   122
    Bog'liq
    китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni

    Mehnat salohiyatining rentabelligi (Ms.r) har bir mehnat salohiyati birligiga to‘g‘ri keladigan foyda (F) miqdorini ifodalaydi. Uni aniqlash uchun foyda summasining mehnat salohiyatiga (Ms) nisbati olinadi:
    Ms.r=F/Ms.
    Mehnat salohiyatining daromadliligi (Ms.d) ham uning samaradorligini ifodalovchi muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Uni aniqlash uchun yalpi daromad summasini (D) mehnat salohiyati miqdoriga (Ms) bo‘linadi:
    Ms.d=D/Ms.

      1. Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish

    Kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qo‘yish, ulardan oqilona foydalanish va tarbiyalash masalasi kadrlar siyosatining, umumiy iqtisodiyotning, shu jumladan, makro va mikroiqtisodiyotning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi.
    Kadrlarni tanlashda, joy-joyiga qo‘yish va tarbiyalashda, ulardan foydalanish quyidagi tamoyillarga alohida e’tibor berish kerak:

    • aql-idrok, did va farosat;

    • qat’iylik, matonatlilik, prinsipiallik, o‘z vazifasiga puxtalik;

    • rahbarlik sohasini juda yaxshi bilish;

    • o‘z eliga, yurtiga, Vataniga sadoqatli bo‘lish.

    Kadrlar siyosatining eng muhim masalalaridan biri ularni attestatsiya qilish masalasidir.
    Kadrlar attestatsiyasi — bu, xodimlarning malakasini bilim va ko‘nikmalari darajasini, faoliyatining samaradorligini, ishdagi, xizmatdagi va boshqa sohalardagi fazilatlari, egallab turgan lavozimiga to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligini aniqlab olish bo‘yicha bajariladigan jarayon va ish tartibidir.
    Kadrlar attestatsiyasi xodimlarning sifat tarkibini yaxshilash, ularni oqilona joy- joyiga qo‘yish, xodimlarni topshirilgan ish uchun javobgarligini kuchaytirishga qaratiladi. Attestatsiya xodimlar egallab tutgan lavozimlariga qanchalik munosib ekanligini aniqlaishing asosiy vositasi sifatida xizmat qiladi.
    Respublikada bozor iqtisodiyoti davrida kadrlar tayyorlash borasida bir qator yangi talablar yuzaga keldi. Ular orasida eng muhimlari quyidagilardir:

    • ijtimoiy-psixologik diagnostika;

    • kadrlarni boshqarish tizimini axborot bilan ta’minlash;

    • bandlikni boshqarish;

    • zaruriy bo‘sh lavozimlarga nomzodlar tanlash;

    • kadrlar salohiyati va xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlarni taxlil etish;

    • kadrlar marketingini belgilash;

    • xizmat martabasini rejalashtirish va nazorat kilish;

    • xodimlarning kasbiy va psixologik moslashuvi, ko‘nikishi:

    -mehnat-huquqiy munosabatlar masalalari;

    • mehnat etikasi va estetikasi.

    Boshqaruvning barcha darajalarida inson rolining ortib borishi, iqtisodiyotda, shu jumladan, sanoatda keng qamrovli tarkibiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi va raqobat darajasining o‘sishi kadrlarni boshqarishga yondashuvni o‘zgartirishni taqozo etadi. Bunday yondashuvlar quyidagilardan iborat:

    • xodimlarning samarali ishlashlarini, faoliyat ko‘rsatishlarini tashkil etish;

    • lavozimlar darajasini optimallashtirish, zaruriy mahorat va malakalar tizimini yaratish;

    • ishlab chiqarish madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish;

    • instituksional maqsadlarga erishish;

    • o‘z jamoasi va xodimlarining manfaat va ehtiyojlarini to’laroq qondirish.

      1. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash

    Sanoatda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxassislarning bilim va ilm darajasini ko‘tarish, kasb mahorati va ko‘nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratilgan. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tarmoq va korxonalarda bu borada olib borilgan faoliyat natijalariga ko‘ra, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikat topshiriladi.
    Sanoatda kadrlar malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilar zarur:

    • kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi faoliyatida yangicha tarkib, mazmun hamda bu tizimni boshqarishni shakllantirish;

    • yuqori malakali o‘kituvchi - mutaxassis kadrlar tayyorlash va sohani ular bilan to‘ldirib borishni ta’minlash;

    • kadrlar malakasini oshirish va ularni kayta tayyorlash tizimining bu sohada raqobatga asoslangan muhitini shakllantirish va samarali faoliyat olib borishni ta’minlovchi normativ bazasini yaratish;

    • kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini davlat attestatsiyasi va akkreditakiyasidan o‘tkazish tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

    • iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari, mulkchilikning turli shaklidagi tashkilot va muassasalarning talab-extiyojlariga muvofiq kadrlar va mutaxassislarni

    ildam kayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlovchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish va rivojlantirishga ko‘maklashish;

    • professional treningning ilg‘or texnologiya va uskunalarini, shuningdek, murakkab, fan yutuqlarini talab qiluvchi texnologiya jarayonlari imitatorlarini ishlab chiqish, yaratish va amaliy o‘zlashtirib olish.

    Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida halqaro hamkorlik alohida ahamiyat kasb etadi.

      1. Mehnatga haq to‘lashning funksiyalari va tamoyillari

    Mehnat har bir shaxs va umuman, jamiyat ehtiyojlarini kondirish uchun zarur bo‘ladigan moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish sohasidagi maqsadga muvofiq faoliyatdir.
    Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2017 yil yanvar-dekabr oylarida O’zbekiston Respublikasida o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 453,2 ming so’mni (ish haqiga ustama, mukofot, rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to’lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig’i, ijtimoiy sug’urta va kasaba uyushmasiga to’lovlar ham mavjud) tashkil etib, 2016 yilning mos davriga nisbatan 12,3 % ga o’sgan.



      1. Download 1,61 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   122




    Download 1,61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mehnat salohiyatining rentabelligi

    Download 1,61 Mb.