|
Aylanma mablag‘larning tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi
|
bet | 94/122 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,61 Mb. | | #259972 |
Bog'liq китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotniAylanma mablag‘larning tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi1
Aylanma fondlarning guruh va elementlari
|
Butun sanoat
|
Qora metallurg iya
|
Mashina
-sozlik
|
Energ e-tika
|
Yengil sanoat
|
Oziq- ovqat sanoati
|
1. Ishlab chiqarish zahiralari - jami
|
70,2
|
65,0
|
55,3
|
98,3
|
90,0
|
78,8
|
Jumladan: xom ashyo va asosiy materiallar, yarim tayyor mahsulotlar
|
46,2
|
23,8
|
37,5
|
-
|
76,7
|
52,2
|
Yordamchi materiallar
|
6,6
|
11,0
|
2,3
|
24,1
|
5,7
|
6,1
|
Yoqilg’i
|
1,7
|
2,0
|
0,7
|
37,4
|
0,5
|
1,6
|
Ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar
|
3,9
|
11,0
|
2,0
|
23,0
|
1,7
|
2,0
|
Qadoqlash va o'rov materiallari
|
3,0
|
0,5
|
0,6
|
0,3
|
1,2
|
11,3
|
Instrumentlar, xo'jalik asboblari va qimmat bo'lmagan, tez eskiruvchi boshqa predmetlar
|
9,8
|
16,7
|
12,2
|
19,5
|
3,2
|
5,6
|
2. Tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonada tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar
|
24,0
|
18,3
|
42,2
|
0,5
|
9,8
|
19,5
|
3. Kelgusi davr xarajatlari va boshqa mehnat predmetlari
|
5,8
|
16,7
|
2,5
|
1,2
|
0,2
|
1,7
|
Jami aylanma ishlab chiqarish fondlari
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
Korxona iqtisodiyotiga aylanma mablag‘larning tarkibi va tuzilmasidan tashqari, ularni ishlab chiqarish, takror ishlab chiqarish va muomalaning turli bosqichlarida izlab topish katta ta’sir ko‘rsatadi. Aylanma mablag‘larning to‘liq aylanishi uch bosqichdan iborat bo‘lib, bu jarayonda mahsulot ishlab chiqariladi va sotiladi.
Birinchi bosqichda aylanma mablag‘lar pul shaklidan moddiy boyliklarning ishlab chiqarish zahiralariga aylanadi, ya’ni pul - tovar (D-T).
Ikkinchi bosqich ishlab chiqarish, yani mahsulotni tayyorlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda aylanma mablag‘lar va birinchi o‘rinda aylanma fodlar tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar holiga keltirilib, tovar shaklini oladi (T).
Uchinchi bosqichda aylanma mablag‘lar tovar mahsuloti shaklida muomalaga kiritilib, sotiladi va yana pul shaklini oladi (T-P).
Shu tariqa aylanma mablag‘lar barcha bosqichlardan o‘tib, to‘liq aylanishni amalga oshirishini quyidagi tarzda aks ettirish mumkin:
1-bosqich - pul-tovar (P-T);
2-bosqich - ishlab chiqarish (I.Ch);
3-bosqich - tovar-pul (T-P).
Shuni qayd qilib o‘tish muhimki, korxonaning aylanma mablag‘lari bir vaqtning o‘zida uchala bosqichda ham pul mablag‘lari, ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ko‘rinishida mavjud bo‘lishi mumkin. Korxonaning aylanma mablag‘lari harakati ma’lum bir iqtisodiy qonunlar asosida ishlashi hamda ulardan ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida oqilona foydalanishni ko‘zda tutishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu qonunlardan va aylanma mablag‘lardan foydalanish qoidalaridan chetga chiqish aylanma mablag‘larning yetishmasligiga yoki samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin.
Aylanma mablag‘larni normalashtirish
Shakllanish manbaiga ko‘ra, aylanma mablag‘lar xususiy va qarzga olingan turlarga bo‘linadi.
Xususiy aylanma mablag‘lar doimo korxona ixtiyorida bo‘lib, xususiy resurslar, asosan foyda hisobiga shakllanadi. Korxonaning xususiy aylanma mablag‘lari qatoriga ish haqi bo‘yicha qarzlar, ta’minotchilar yoki hamkorlar qarzlari, buyurtmachilarning tayyorlangan mahsulot uchun to‘lagan pullari kabilarni kiritish mumkin. Bu mablag‘lar xususiy mablag‘larga tenglashtirilgan mablag‘lar yoki korxonaning barqaror passivlari deb ataladi.
Qarzga olingan aylanma mablag‘lar doimo harakatda bo‘lmaydi hamda korxonaning mahsulotlarni sotishdagi qiyinchiliklar, moddiy-tovar boyliklar bilan ta’minlash, mahsulot ishlab chiqarish dasturini oshirib bajarish va boshqa vaqtinchalik ehtiyojlarni qoplash uchun foydalaniladi. Ular qatoriga bank kreditlari, kreditorlik qarzlari (tijorat kreditlari) va boshqa passivlarni kiritish mumkin.
Aylanma mablag‘larni boshqarish mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonining uzluksizligini ta’minlashda aylanma mablag‘lardan iloji boricha kamroq foydalanishda ifodalanadi. Bu esa korxona aylanma mablag‘lari aylanishining barcha bosqichlarida mos ravishda minimal, lekin yetarli tarzda ratsional taqsimlanishi zarurligini anglatadi. Bu vazifa o‘z navbatida moddiy resurslar zahiralari va xarajatlarini normalashtirish tufayli muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Aylanma mablag‘larni normalashtirishXLV korxonaning uzluksiz ishlashi ta’minlaydigan moddiy boylik va boshqa resurslarning minimal, lekin yetarli zahiralarini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larini aniqlashda ifodalanadi. U ichki zahiralarni aniqlash, ishlab chiqarish sikli davomiyligini qisqartirish va tayyor mahsulotni tezroq sotish imkon yaratadi.
Biroq amaliyotda korxonalarning barcha aylanma mablag‘lari ham normalashtirilmaydi. Shu sababli aylanma mablag‘lar normalashtiriluvchi va normalashtirilmaydigan turlarga taqsimlanadi va ular hozirgi bozor munosabatlari sharoitlarida ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Normalashtiriluvchi aylanma mablag‘lar qatoriga korxona omborlaridagi ishlab chiqarish zahiralari (xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, unchalik qimmat bo‘lmagan predmetlar va jihozlar), tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari va ombordagi tayyor mahsulotlar kiritiladi.
Normalashtirilmaydigan aylanma mablag’lar, bu - xaridorlarga berib
yuborilgan tayyor mahsulot yoki tovarlar, hisob raqamidagi pul mablag‘laridir.
Korxonalar faoliyatida barcha aylanma mablag‘lar salmog‘ida 70-80%ni tashkil qiluvchi normalashtiriluvchi aylanma mablag‘lar asosiy o‘rin tutadi. Aylanma mablag‘larni normalashtirish tejamkorlik rejimiga rioya qilish va resurslardan oqilona foydalanish imkonini yaratadi.
Resurslarni normalashtirish jarayonida aylanma mablag‘larning norma va normativlari belgilanadi.
Aylanma mablag‘larning normasi, korxona moddiy-tovar boyliklarining minimal zahiralarini tavsiflaydi hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi pul o‘lchovida, zahira kunlari va zahira normalarida hisoblanadi.
Aylanma mablag‘larning normativi aylanma mablag‘lar normasini, normasi aniqlangan ko‘rsatkichga ko‘paytirishni ifodalaydi hamda qoidaga ko‘ra, pul ko‘rinishida o‘lchanadi. U quyidagi formula asosida hisoblanishi mumkin:
|
| |