|
Tugallanmagan ishlab chiqarishni normalashtirish
|
bet | 98/122 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,61 Mb. | | #259972 |
Bog'liq китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotniTugallanmagan ishlab chiqarishni normalashtirish. Tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha aylanma mablag‘lar normativini aniqlash korxona faoliyatidagi eng murakkab va ko‘p mehnat talab qiluvchi jarayon hisoblanadi. Tugallanmagan ishlab chiqarish sifatida ishlab chiqarishning turli bosqichlarida - xom ashyoni texnik nazorat bo‘limi (TNB) tomonidan qabul qilishdan to tayyor mahsulot omboriga topshirgunga qadar ishlov berilayotgan mahsulotlarni ko‘rsatshi mumkin.
Tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha aylanma mablag‘lar normativi miqdori quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:
.Mahsulot ishlab chiqarish hajmi.
.Mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanuvchi joriy xarajatlar, ya’ni tannarx.
.Xom ashyo va materiallarni ishlab chiqarishga kiritish vaqtidan to tayyor mahsulot chiqishigacha bo‘lgan ishlab chiqarish siklining davomiyligi. Ishlab chiqarish siklining davomiyligini topishda quyidagi formuladan foydalaniladi:
Tich.ts= ttexn+ ttan+ ttrans+ tkontr
Bu yerda:
texn - mahsulot ishlab chiqarishdagi barcha operatsiyalarga sarflanuvchi vaqti;
tan - operatsiyalar oralig‘idagi vaqt (tanaffuslar);
ttrans - transportda tashish vaqti;
tkontr - mahsulotni yig‘ish, qabul qilish va TNBga topshirish vaqti.
Tugallanmagan ishlab chiqarishga jalb qilingan aylanma mablag‘larning o‘sishi xom ashyo va materiallarni ishlab chiqarishga kiritish bilan boshlanadi hamda 184
ishlab chiqarish sikli yakunida (tayyor mahsulot omborga topshirilganda) eng yuqori nuqtasiga chiqadi. Tugallanmagan ishlab chiqarish normativini hisoblashda ishlab chiqarish sikli kunlarda belgilanadi hamda bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
|
| |